Kontent qismiga oʻtish

Ziradoshlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2013-yil 29-mart, 13:02 dagi CoderSIBot (munozara | hissa) versiyasi
(farq) ←Avvalgi koʻrinishi | Hozirgi koʻrinishi (farq) | Yangiroq koʻrinishi→ (farq)

Ziradoshlar, soyabonguldoshlar (Apiaceae) — ikki urugʻpallalilar yoki magnoliyasimonlar sinfiga mansub oʻsimliklar oilasi. Asosan, bir yillik yoki koʻp yillik oʻtlardan iborat. Tropik va subtropik mamlakatlarda oʻsadigan ayrim turlari buta. Poyasi, asosan, tik usadi. Kupchiligining barglari murakkab, turli darajada qirqilgan. Gullari mayda, oq, koʻkishsariq yoki och qizil rangli, koʻpincha murakkab soyabonsimon toʻpgullarga yigʻilgan. Soyaboni oddiy yoki murakkab, uz. 1 m gacha yetadi. Har bir soyabonda bir nechtadan gul oʻrnashadi. Pishgan mevasi 2 ta mevachaga ajralib, mevabandda osilib turadigan qoʻsh pistachadan iborat. Asosan, Yer yuzining quruq mintaqalarida tarqalgan. 300 ga yaqin turkumi, 3000 dan ortiqturi bor. Oʻzbekistonda 69 turkumi va 198 turi usadi. Z.ning ayrim turlari (mas, zira, kashnich, sabzi, sumbul, shivit, kovrak, arpabodiyon, alkor va b.) tarkibida (koʻpincha, meva va barglarida) hilmaxil efir moylari boʻlganligi uchun ulardan qadimdan foydalanib kelinadi. 3. tibbiyot, parfyumeriya va oziqovqat sanoatida ishlatiladi. Baʼzi turlari (mas, sassiqalaf) zaharli, baʼzilari ekinlar orasida begona oʻt sifatida usadi[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil