Pleystotsen
Pleystotsen (yun. pleistos — eng kat-ta, eng koʻp, kainos—yangi)— toʻrtlamchi sistema (davr)nnnt quyi, eng koʻp (1 mln. yil chamasida) davom etgan boʻlimi. P. umumiy geoxronologiyada. yarus yoki zonaga teng boʻlib, koʻpchilik min-taqalarda oʻz navbatida quyi, oʻrta va yuqori boʻlimlarga ajratiladi. P.da Yerning iqlimi sovuqlashgan va oʻrta kengliklarda muzliklar vujudga kelgan. Bu davrda qitʼalarning 27% yuzasi muzlik bilan qoplangan. Baʼzi tadqi-qotchilar P. boshlarini alohida epoxa (zamon) — eopleystotsenga ajratadilar va unga boshqa olimlar neogenga kiritgan yuqori (kechki) pliotsenni ham qoʻshadilar. P. mobaynida hayvonot va oʻsimliklar olamida muhim oʻzgarishlar roʻy bergan, eng qad. odamlar (ar-xantroplar) paydo boʻlgan. "P." termi-nini ingliz olimi Ch. Layel kiritgan (1832 y.). Oʻzbekistonda P.ning umumiy qabul qilingan yaruslari yoʻq. Har bir region uchun oʻziga xos majmua, svita va qatlar ajratilgan. [1]
Manbalar
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |