Shivit
Ukrop, shivit (Anethum) — soyabongullilar oilasiga mansub bir yillik, baʼzan ikki yillik oʻtsimon oʻsimlik; sabzavot ekini. Osiyo va Afrikada 4 turi usadi. Bir yillik xushboʻy U. (A. graveolens) turi Yevrosiyo, Amerika va Afrikada, Oʻrta Osiyoda keng Tapkalgan. Oʻzbekistonda U. qadimiy ekin hisoblanadi. Ildizi oʻq ildiz, yer ustki qismi oʻrtacha shoxlangan, bal. 18 — 36 sm, 6 —12 ta tik turuvchi sochma barglardan iborat. Guli soyabon, ikki jinsli. Urugi mayda, och va toʻq jigarrang . U. sovuqka chidamli, yerugsevar, dastlabki rivojlanish paytida namlikka ayniqsa talabchan. Barglari tarkibida S, V,, V2, RR, R vitaminlari, karotin, folat kislota, temir, kaliy, kaltsiy, fosfor tuzlari, efir moylari mavjud. U. kundalik oziq-ovqat isteʼmolida, bodring , pomidor va b. sabzavotlarni tuzlashda ishlatiladi, tibbiyotda turli dorilar tayyorlanadi, sanoatda U. yogʻi olinadi. Urugʻi 7 —20 kunda unib chiqadi, 30 —40 kunda oʻriladi, 60 —70 kunda toʻliq gullaydi. Oʻsuv davri qisqa boʻlganligi uchun U.ni bir necha marta ekib, hosil olish mumkin. Qishda issiqxonalarda, ochiq dalaga erta bahorda ekiladi. Ekish chuq. 2 —3 sm. Oʻzbekistonda U.ning Oʻzbekiston243 va Orom navlari ekiladi.
Adabiyot
- Hakimov S. A., Hakimov A. S, Toshmuhamedov A. A., Ukrop, sabzavot va poliz ekinlari urugchiligi, T., 2003.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |