Kontent qismiga oʻtish

Vladimir Drinfeld

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vladimir Drinfeld
Tavalludi 14-fevral 1954-yil (1954-02-14) (70 yosh)
Xarkov, Ukraina SSR, Sovet Ittifoqi
Fuqaroligi Ukraina, SSSR va AQSh
Sohasi Matematika
Institutlar Chicago universiteti
Taʼlimi Moskva davlat universiteti
Akademik rahbarlari Yuriy Manin
Mukofotlari Fields medali (1990)
Wolf mukofoti (2018)

Vladimir Gershonovich Drinfeld (ukraincha: Володи́мир Ге́ршонович Дрінфельд; ruscha: Влади́мир Ге́ршонович Дри́нфельд) (1954-yil 14-fevralda tugʻilgan) — ukrainalik-amerikalik matematik. Drinfeld algebraik geometriya, sonlar nazariyasi hamda matematik fizika sohalarida ishlari bilan tanilgan. Hozirda Chicago universitetida ishlaydi.

Drinfeld ishlari chekli maydonlar boʻyicha algebraik geometriyani sonlar nazariyasi bilan bogʻladi, kvant guruhlari tushunchasini taklif qildi. Bu tushunchani Michio Jimbo ham Drinfelddan mustaqil kashf etgan.

Drinfeld Ukraina Fanlar akademiyasining muxbir-aʼzosi (1992) hamda AQSH Milliy fanlar akademiyasi aʼzosidir (2016). 1990-yil Fields medali bilan taqdirlangan. 2018-yil esa Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.