Kontent qismiga oʻtish

UzAutoMotors

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

UzAutoMotors (1996-2008 yillarda UzDaewooAuto, 2008-2019 yillarda GM Uzbekistan) — Janubiy Koreyaning „Daewoo“ va Oʻzbekistonning „OʻzAvtoSanoat“ kompaniyasi hamkorligida ochilgan qoʻshma kompaniyadir. 1996-yildan boshlab Andijon viloyatining Asaka shahridagi oʻz zavodida yengil avtomobillar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan. Zavodning yillik quvvati 200,000 avtomobilni tashkil etadi.[1][2].

Rahbariyat

Bugun.uz nashrining keltirishicha, „O‘zavtosanoat“ Bo Anderssonni o‘zining eng yirik korxonalari — „UzAutoMotors“ va „UzAutoMotors Powertrain“larning bosh direktori etib tayinladi[3]. qayd etilishicha, u Shvetsiya Harbiy Akademiyasi hamda Garvard universitetining oliy menejment programmasi bitiruvchisi. Stokgolm universitetining biznes boshqaruvi bakalavr diplomini olgan. Bo Andersson avtomobilsozlik sohasidagi top-menejer bo‘lib, sohasidagi faoliyatini 1987-yildan Shvetsiyaning „Saab Automobile AB“ kompaniyasida boshlagan.

1993-yildan 2009-yilgacha xarid yo‘nalishida turli raxbar lavozimlarni egallagan va 2001–2009 yillarda „General Motors“ning global xarid bo‘linmasiga rahbarlik qilgan. 2009-yildan 2013-yilgacha „Gruppa GAZ“ korxonasiga prezidentlik qilgan. Bu davrda Andersson «Gruppa GAZ» biznesini zarardan barqaror foydaga olib chiqa olgan. 2014-yildan 2016-yilgacha „AvtoVAZ“ prezidenti etib tayinlangan. „Gruppa GAZ“da bo‘lgani kabi Andersson „AvtoVAZ“da ham to‘liq transformasiyani amalga oshirgan. U „AvtoVAZ“ni tark etgach, eng yirik avtomobil butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchilaridan biri bo‘lgan „Yazaki Europe, Africa, North & South America“ korporasiyasiga 4 yil rahbarlik qilgan.

Boga qadar „UzAutoMotors“ bosh direktori etib Rustam Rajabov tayinlangandi[4]. U kompaniyaning 2021-yildagi natijalari ko‘rib chiqilgunga qadar, biroq 2022-yil 30-iyundan kech bo‘lmagan, bir yillik muddatga tayinlangandi.

Modellar

Yillar Model
1996—h.v Daewoo Damas
1996—2004 Daewoo Labo
1996—2003 Daewoo Tico
2001—2017 Daewoo Matiz
1996—yildan Daewoo Nexia
2003—yildan Daewoo Lacetti
2007—h.v Chevrolet Captiva
2007—2012 Chevrolet Epica
2008—2009 Chevrolet Tacuma
2010—h.v Chevrolet Spark
2012—h.v Chevrolet Malibu
2013—h.v Chevrolet Cobalt
2013—h.v Chevrolet Orlando
2013—h.v Daewoo Gentra
2016—yildan Chevrolet Nexia
2018—yildan Chevrolet Tracker
2019—yildan Chevrolet TrailBlazer
2019-yildan Chevrolet Equinox
2019-yildan Chevrolet Traverse[5]

UzDaewoo (GM Uzbekistan) avtomobillari

Manbalar