Kontent qismiga oʻtish

Tolibon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tolibon
pushtucha: طالبان

Tolibon harakatining bayrogʻi
Mafkurasi islomchilik, panislomizm
Etnik mansubligi asosan pushtunlar, undan tashqari arablar, tojiklar, hazoralar, balujlar, panjobilar va b.
Diniy mansubligi islom
Shiori Allohdan oʻzga iloh yoʻqdir, Muhammad uning elchisidir
Liderlari Axtar Mansur[1]
Abdul Gʻani Birodar
Shtab-kvartirasi Afgʻoniston Afgʻoniston
Pokiston Pokiston
Faoliyat hududi Afgʻoniston Afgʻoniston
Pokiston Pokiston
Tuzilgan vaqti 1994-yil
Hamkorlari Al-Qoida Al-Qoida
Vaziriston Vaziriston
Oʻzbekiston islomiy harakati
Sharqiy Turkiston islomiy harakati Sharqiy Turkiston islomiy harakati
Tehrik-e Taliban Pakistan Tehrik-e Taliban Pakistan
Islom jihodi ittifoqi
Lashkari Toyiba
Pokiston Pokiston (1996—2001-yillar)
Dushmanlari Afgʻoniston Shimoliy ittifoq
Iroq va Shom islom davlati Iroq va Shom islom davlati (2015-yildan)[2][3][4]
2001-yildan:
Afgʻoniston Afgʻoniston
Pokiston Pokiston
NATO NATO
Qoʻshma Shtatlar AQSh
Aʼzolari soni 52—60 ming atrofida (2014-yilgi ma'lumot)[5][6]
Ishtirok etgan nizolari Afgʻonistondagi fuqarolar urushi (1992—1996)
2001-yildan beri davom etayotgan Afgʻonistondagi urush
Vaziriston urushi
Suriyadagi fuqarolar urushi[7]
Ikkinchi chechen urushi
Sayti shahamat.info
2020-yil 16-aprel holatiga koʻra Tolibon qoʻl ostidagi hududlar oq rangda koʻrsatilgan

Tolibon, Toliblar (pushtucha: طالبان — oʻquvchilar, dars oluvchilar) — 1994-yilda Afgʻoniston pushtunlari tomonidan tuzilgan va 1996—2001-yillar Afgʻonistonni ("Afgʻoniston islom amirligi") hamda 2004-yildan Pokistonning shimoliy qismidagi Vaziriston hududini boshqargan va 2021-yil 15-avgustdan buyon Afgʻonistonni boshqarayotgan[8] (Afgʻoniston islom amirligi[9]) islomchilik harakati. Toliblar boshqaruvidagi Afgʻoniston islom amirligi oʻz vaqtida Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni va Pokiston tomonidan rasman tan olingan[10]. 2003-yildan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xavfsizlik Kengashi tomonidan terroristik tashkilotlar roʻyxatiga kiritilgan[11]. 2021-yil bahorda AQSh harbiy kuchlari Afgʻonistondan chiqarilishi eʼlon qilinganidan soʻng „Tolibon“ harakati birin-ketin hujumlar uyushtirib, Afgʻoniston hududlarini egallab bordi. Avgust oyida Afgʻoniston hududining katta qismi „Tolibon“ qoʻl ostida edi, 15-avgustda Tolibon poytaxt Kobulni egalladi, prezident Ashraf Gʻani mamlakatdan qochishga majbur boʻldi.

Etimologiyasi

„Tolibon“ (pushtucha: طالبان [ṭālibān]) soʻzi pushtu tilidan oʻzbekchaga tarjima qilinganida „oʻquvchilar“ degan maʼnoni anglatib, u „tolib“ (oʻquvchi) soʻzining koʻplik shaklidir. Bu soʻz arabcha „tolib“ (arabcha: طالب [ṭālib] — «oʻquvchi», «talaba») va forscha „on“ koʻplik qoʻshimchasini qoʻshish orqali yasalgan. Arabchada „tolibon“ soʻzi „oʻquvchilar“ emas, „ikkita oʻquvchi“ maʼnosini beradi. Shu sababli Tolibon haqidagi maqolalarni arabchaga tarjima qilganda biroz tushunmovchilik yuz beradi. Ingliz tilida Tolibon harakatining bir aʼzosi haqidagi gapda ham „tolib“ emas, „tolibon“ soʻzi ishlatiladi. Masalan, John Walker Lindh „amerikalik tolib“ emas, „amerikalik tolibon“ deb yoziladi. Pokistonning ingliz tilida chiqadigan gazetalarida Tolibonning bir emas, bir nechta aʼzosi haqida gap ketayotgan boʻlsa „Tolibonlar“ (inglizcha: Talibans) shaklida yoziladi.

Tarixi

  • 1995-yil BAA tomonidan moliyalashtirilishi taxmin qilingan[12] toliblar Afgʻonistonning Helmand viloyatini qoʻlga kiritadilar, Hikmatyor Gulbiddin askarlari ustidan gʻalaba qozonadilar ammo Ahmadshoh Masʼud diviziyasi tomonidan Kobul ostonasida toʻxtatiladilar. Ular Afgʻonistonning uchdan bir qismini (janubi-sharqini) boshqaradilar.
  • 1996-yil 27-sentabrda toliblar Kobulni jangsiz egallaydilar va Afgʻoniston Islom Amirligiga asos soladilar. Oʻz qoʻl ostilaridagi yerlarda shariat qonunlarini joriy etadilar. Tolibon tuzumiga qarshi Ahmadshoh Masʼud va Burhoniddin Rabboniy boshchiligidagi, asosan tojiklardan tarkib topgan Shimoliy ittifoq hamda Abdul Rashid Doʻstum boshchiligidagi oʻzbeklar qarshi chiqadilar. Terrorchi Usoma bin Lodinning yashirinishiga yordam berganliklari va Bomiyondagi Budda haykallarini portlatishganidan soʻng jahon hamjamiyati ularni terorchi sifatida taniy boshladi.
  • 2001-yil 11-sentabrda AQSHda sodir etilgan terrorchilikdan soʻng, AQSH Afgʻoniston Islom Amirligiga qarshi aksilterror harakatlarini boshlab yubordi va Shimoliy ittifoq harakati yordamida Tolibon tuzumini agʻdardi. Toliblar togʻlarga va Pokistonning Vaziriston provinsiyasiga chekindilar va Hoji Umar boshchiligida qayta birlashdilar. 2000-yillardan boshlab Vaziriston Tolibon harakatining markazi hisoblanadi.
  • 2006-yil 14-fevralda Tolibon Shimoliy Vaziriston hududini Pokistondan mustaqil deb, u yerda Vaziriston Islom Amirligi tuzilganini eʼlon qildilar. Keyinroq, Pokiston armiyasining qarshi kurashlariga qaramay, ular Janubiy Vaziristonni ham egallab, oʻz hududlarini kengaytirdilar.
  • 2007-yil 17-dekabrda pokiston toliblari Tehrik-e Taliban Pakistan guruhi bilan qoʻshildilar. Tehrik-e Taliban Pakistanga vaziristonlik pushtunlardan Maxsud Baytulla boshliq boʻldi[13].
  • 2009-yil fevralda toliblar Pokistonning Svat vodiysida 30 nafar Pokiston politsiyasi va harbiylarini asirga oldilar[14] va Pokiston hukumatidan Svat vodiysida shariat qonunlari oʻrnatilishini talab qildilar, hukumat bunga rozi boʻldi. Keyinroq toliblar Buner okrugini ham qoʻlga kiritdilar[15].
  • 2013-yil 1-noyabrda harbiy dron tomonidan berilgan zarbadan soʻng Maxsud Baytulla vafot etgani haqida Pokiston maxsus xizmati vakili maʼlumot berdi[16].
  • „Islom jihodi ittifoqi“ islomchi guruhi amiri Horun abu Muhammadning soʻzlariga koʻra 2014-yil soʻngiga kelib, Tolibon Afgʻonistonning qariyb 70 % hududini boshqargan, jumladan, Helmand, Qandahor, Paktiya, O‘ruzgon, Nuriston, Kunar, Badaxshon, Zobul, Gʻazni va b[17].
  • 2014-yil 31-may kuni Tolibon soʻnggi amerikalik asir Bowe Bergdahlni Guantanamoda saqlanayotgan va avval Amirlikda yuqori lavozimlarni egallagan 5 nafar maxbusga almashdi[18]. Обмен вызвал неоднозначную реакцию по всему миру[19].
  • Germaniya Federativ Respublikasining sobiq stats sekretari Andreas von Bülow 2012-yil 13-yanvarda „Der Tagesspiegel“ nashriga bergan intervyusida Tolibon harakati AQSH Markaziy Razvedka Boshqarmasi ishtirokida tuzilgani haqida gapirdi[20]:

    AQSH maxsus xizmatlarining salmoqli yordami bilan Afgʻoniston va Pokistonda 30 mingdan kam boʻlmagan musulmon jangarilari maxsus tayyorgarlik koʻrdi, ular orasida oʻz vatanini va gʻoyasini har qanday yoʻl bilan himoya qilishga tayyor boʻlgan fanatiklar guruhi ham bor edi.
    Va ulardan biri Usoma bin Lodin edi. Bir necha yil avval shunday yozgandim: „MRBning bu yaratigʻidan Afgʻonistonda Tolibon yetishib chiqdi, ularni amerikaliklar va saudiyaliklar puliga maktablarda Qurʼon yodlatib tayyorladilar“.

AQSHning Afgʻonistonda SSSRga qarshi kurashish uchun 80-yilldarda tayyorlagan jangarilari, jumladan, toliblar haqida matbuotda ayrim iddaolar keltilgan[21][22] ammo aytib oʻtish kerak-ki, 80-yillarda Tolibon harakati hali mavjud emas edi.

2016-yil 21-mayda Tolibon lideri Mansur Axtar boʻlganligi taxmin qilingan avtomobilga dron yordamida raketa zarbasi berdi. 22-may kuni Tolibonning yuqori lavozimdagi qoʻmondonlaridan biri mulla Abdul Rauf va Afgʻoniston bosh vaziri Abdulla Abdulla Mansur Axtarning oʻlganligi haqidagi xabarni tasdiqladilar. Raketa zarbasi Afgʻoniston va Pokiston chegara hududida amalga oshirilgan.

2017-yil avgustda Tolibon AQSH prezidenti Donald Trumpga AQSH harbiylarini Afgʻonistondan olib chiqib ketish haqida maktub yoʻlladi[23].

2018-yil 9-iyunda Tolibon va Afgʻoniston hukumati vaqtinchalik yarashuv eʼlon qildilar. Bu yarashuv 15-iyunga qadar davom etdi[24]. 22-iyun tunida toliblar birinchi boʻlib Afgʻoniston harbiylariga qarata oʻq uzdilar[25].

2019-yil avgust oyida Tolibon harakatining mulla Barodar Oxund boshchiligidagi delegatsiyasi Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish doirasida Toshkentda uchrashuv oʻtkazishdi[26]. Tolibon delegatsiyasining Oʻzbekistondagi safari 5 kun davom etgan, mulla Barodar boshliq guruh Samarqand va Buxoroga ham borishgan. Ularni viloyat hokimlari tantanali ravishda kutib olishgan[27].

2019-yil soʻngida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Tolibon harakati vakillari Rossiyada Afgʻoniston bilan yarashuv doirasidagi uchrashuvlardan birini oʻtkazishdi. 14 kishilik toliblar delegatsiyasiga mulla Barodar Oxund boshchilik qildi[28].

Mafkurasi

Tolibonning rasmiy dini islomning ash'ariylik yoʻnalishidir. Unga koʻra bu mafkuraga qarshi chiquvchi har qanday kuch (vosita, inson) — adashgan va sazoyi qilinishi kerak. Tolibon oʻz qoʻl ostidagi hududlarda shariat qonunlarini oʻrnatadi va amal qilinishini qatʼiy nazoratga oladi. Toliblar televideniye, musiqa va musiqiy asboblar, rassomlik sanʼati, alkogol, kompyuter va internet, shaxmat, oq rangli oyoq kiyim (Tolibon bayrogʻi oq rangda), jinsiy aloqaga oid ochiq mulohazalar va b. koʻplab narsalarni taqiqlaydilar[29]. Erkaklar belgilangan uzunlikda soqol oʻstirishlari kerak. Ayollarga ishlash, erkak shifokor qabulida davolanish, jamoat joyida va begona erkaklarning oldida yuzlarini ochib yurish, erlari yoki erkak jinsli qarindoshlari hamrohligisiz jamoat joylarida yurish taqiqlanadi. Ayollarning taʼlim olishiga ham keskin qarshilik qilingan (2001-yilda toliblar qoʻl ostidagi hududlarda maktabga boradigan qizlar 1 % ni tashkil etgan).

2001-yil 26-fevralda mulla Umar mamlakatdagi barcha g‘ayriislomiy yodgorliklarni yo‘q qilish to‘g‘risida farmon chiqardi[30]. Farmonga muvofiq, o‘sha yilning mart oyida Toliblar III va VI asrlarga oid Bomiyon qoyalariga o‘yib ishlangan ikki ulkan Budda haykalini portlatdilar. Bu esa Tolibonning dunyo hamjamiyati tomonidan qoralanishiga sabab bo‘ldi[31]. Tolibonning bu harakatlari bir qator musulmon mamlakatlarida ham jamoatchilik tomonidan qoralangan[32]. Toliblar ayollarning ta'lim olishini taqiqlash tarafdori. Ko‘pincha maktablar toliblar nishoniga aylanadi. Hukumatning mahalliy yuqori lavozimli mulozimi Shavkat Yusayzayning so‘zlariga ko‘ra, 2008-yilda Pokistonning shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan Svat vodiysida ular 170 dan ortiq maktablarni vayron qilgan. Qayd etilishicha, ushbu maktablarda 55 mingga yaqin o‘g‘il va qiz ta’lim olib kelgan[33].

Tashqi siyosat

Rossiya bilan aloqalar

Tolibon rahbariyati 1999-yil kuzida Ikkinchi chechen urushi paytida Rossiya federal kuchlariga qarshi kurashayotgan chechen jangchilariga 4 million dollar va 24 ta ko‘chma zenit-raketa tizimlarini yuborishga qaror qildi[34]. 2000-yil yanvar oyida Tolibonning Pokistondagi vakili Checheniston mustaqilligini tan olishini va Aslan Masxadov hukumati bilan diplomatik aloqalar o‘rnatishini e'lon qildi[35]. 2000-yil fevral oyida Tolibonning rasmiy gazetasi „Shariat“, musulmon davlatlarini Rossiyaga qarshi urush (jihod) e'lon qilishga chaqirib, „Islomiy mamlakatlar haq yo‘ldagilarning Chechenistonda jihodda qatnashishiga imkon berishi kerak“, – deb yozdi[36].

2001-yil kuzida AQSH va Buyuk Britaniya Tolibonga qarshi harbiy amaliyotlarni boshlab yuborganlaridan keyin Tolibon vakillari Tojikistonning Afg’oniston bilan chegarasini qo’riqlayotgan Rossiya harbiylariga mulla Umar nomidan muloqotga chiqib, rasmiy Moskva bilan kelishgan holda Amerika agressiyasiga qarshi kurashish taklifini berishdi. Rossiya bunga ijobiy javob qaytarmadi[37].

O‘zbekiston rasmiylarining munosabati

O‘zbekiston hukumati doim Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish tarafdori ekanligini bildirgan[38][39][40]. Shu maqsadda Toshkentda Tolibon va Afg‘oniston hukumati o‘rtasida bir necha raunddan iborat tinchlik kelishuvlari amalga oshirilgan. Xususan, 2018-yil mart oyida Toshkentda Afg‘oniston hukumati va Tolibon harakati o‘rtasida tinchlik o‘rnatish maqsadida deklaratsiya imzolangan[41]. Oʻzbekiston Tolibon guruhi oldiga oʻzaro munosabatlarda ayrim shartlarni qoʻygan. Oʻzbekiston prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Ismatilla Irgashevning soʻzlariga koʻra, Tolibonning qoʻshni mamlakatlarga tahdid qilmasligi, Tolibon Afgʻoniston hududida xalqaro terrorchi tashkilotlarga oʻrin (joy) bermasligi va ularni kaltaklamasligi, ularga yordam bermasligi – bular asosiy shartlardan hisoblanadi[42]. 2021-yil 25-iyunda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Tolibon harakatini terrorchi tashkilot deb hisoblamasligi haqida ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Tolibon o‘z mamlakati hududidan tashqarida hech qanday terroristik akt uyushtirmagan[43].

2021-yil. Qayta kuchayish

2021-yilda AQSH va Buyuk Britaniya harbiylari Afgʻonistondan toʻliq olib chiqilishi eʼlon qilindi. Afgʻoniston hukumati va mintaqa mamlakatlari bu xabar ularni xavotirga solayotganini yashirmadilar. Afgʻonistondan tinchlikparvar kuchlar chiqarilishi ortidan Tolibon harakati kuchayib bordi. Xususan, ular Afgʻonistonning asosan turkmanlar va oʻzbeklar yashaydigan shimoliy viloyatlariga hujumlarni amalga oshira boshladilar.

Voqaelar xronologiyasi

  • 24-fevral kuni Afgʻonistonning Gʻazni viloyatida joylashgan harbiy bazada kuchli portlash sodir etildi. Guvohlar bu ishni Tolibon harakati uyushtirganini aytishgan, ular harbiy bazagacha yer ostidan tunnel qazib, u yerga portlovchi moddalarni joylashtirgan. Portlash toʻlqinidan baza yaqinida joylashgan uylar ham vayronaga aylangan[44].
  • 1-aprel kuni Helmand viloyatining Vashir tumanida Afgʻoniston harbiy vertolyoti qulab tushdi. Tolibon vakili Qori Muhammad Yusuf vertolyotning qulatilishida Tolibonning ishtiroki borligini aytdi. Voqea oqibatida bir necha kishi halok boʻlgani aytildi[45].
  • 3-aprel kuni Foryob viloyatida Afgʻoniston harbiylari tomonidan Tolibon harakatining 3 nafar qoʻmondoni oʻldirildi[46].
  • 3-may kuni Tolibon Farax viloyatining Bala-Baluk tumanidagi harbiy bazaga maxsus qazilgan tunnel orqali borib, portlash sodir etdi, portlash oqibatida 20 nafar askar halok boʻldi[47].
  • 5-may kuni Tolibon Bagʻlon viloyatidagi Burqa tumanini egalladi[48].
  • 12-may kuni Tolibon Qobul yaqinidagi Narx tumanini egalladi[48].
  • 19-may kuni Afgʻoniston harbiylari 12 ta provinsiyada maxsus operatsiya oʻtkazib, Tolibonning 251 nafar janchisini oʻldirdi, 193 kishi jarohatlandi. Harbiylar shuningdek, yoʻllarda oʻrnatilgan 67 ta qoʻlbola portlovchi moddani zararsizlantirdi[49].
  • 21-may kuni Tolibon Lagʻmon viloyatidagi Davlat-shox tumanini egalladi[48].
  • 25-may kuni Afgʻoniston harbiylari Nangarhor, Zabul, Qandahor viloyatlarida maxsus operatsiya uyushtirib, Tolibonning 140 nafar jangchisini oʻldirdi, 75 nafar jangchini yaraladi[50].
  • 3-iyun kuni Tolibonning 222 jangchisi oʻldirildi, 126 aʼzosi jarohatlandi[51].
  • 7-iyun kuni Tolibon Afgʻonistondagi Gʻor viloyatining Shahrek tumanini va Oʻruzgan viloyatidagi Gizob tumanini qoʻlga kiritdi[52].
  • 8-iyun kuni Faryob viloyatidagi Davlatobod tumani ham Tolibon jangarilari tomonidan bosib olindi[53].
  • 12-iyun kuni Tolibon Gʻor viloyatidagi Toʻlak tumanini qoʻlga kiritdi[54].
  • 14-iyun kuni Tolibon Farro viloyatining Lashjuan tumanini qoʻlga kiritdi[55]. Shuningdek, Saripul viloyatining Sancharak va Gusfandi tumanlarini qamal qildi[56].
  • 15-iyun kuni Afgʻoniston harbiylari Qunduz viloyatining Xonobod va Taxor viloyatining Chaxi-Ab tumanlarini Tolibon nazoratidan qaytarib olishdi[57]. Yana, shu kuni Qunduz, Taxor, Nangarhar, Qandahor, Faryob, Nimroz va Badahshon viloyatlarida bo'lgan janglarda Tolibonning 160 nafar jangchisi oʻldirildi, 108 nafari yaralandi[58].
  • 17-iyun kuni Afgʻonistonning Zabul viloyatida joylashgan Shinki tumani oqsoqollar vositachiligi bilan Tolibon qoʻliga jangsiz topshirildi[59].
  • 18-iyun kuni Faryob viloyatining Davlatobod va Shirin Tagab tumanlari Tolibon jangchilaridan butunlay tozalandi[60].
  • 22-iyun kuni Tolibon harakati tezkor hujumlar qilib Afgʻonistondagi 17 ta tumanni qoʻlga kiritdi[61]. Shu kuni Sherxon-Bandar tumaniga qilingan hujumlar oqibatida 134 nafar afgʻonistonlik harbiy Tolibondan qochib Tojikiston hududiga oʻtdi[62].
  • 24-iyun kuni Hirot viloyatida Tolibonning 130 lishidan iborat guruhi hukumat qoʻshinlariga taslim boʻldi va Tolibon harakatiga qarshi kurashishini maʼlum qildi[63].
  • 28-iyun kuni Tolibon Balx viloyatining Tojikiston bilan chegara hududini egalladi. 17 nafar afgʻonistonlik harbiy Tojikistonga qochib oʻtdi[64].
  • 29-iyun kuni Balx viloyatining Kaldor tumani Tolibon harakatidan ozod qilindi[65].
  • 4-iyul kuni Tolibon harakatining hujumlari oqibatida 300 harbiy Tojikistonga qochib oʻtdi, Tojikiston chegarachilari ularning chegaradan oʻtishiga qarshilik qilmadi va Tojikiston hukumati ularni qoʻllab-quvvatlashini aytdi[66].
  • 4-iyul kuni harakat jangarilari so‘nggi 24 soat ichida Afg‘onistonning 13 ta hududini o‘z nazorati ostiga oldi. Iyul holatiga ko‘ra, mamlakatning 370 ta tumanidan 110 tasi «Tolibon» nazoratuga o‘tgan.[67].
  • 5-iyul kuni Afg‘onistonning «Tolibon» harakati vakili Suhayl Shohin mamlakatda bo‘lgan barcha chet el qo‘shinlari belgilangan muddatgacha Afg‘onistonni tark etishi kerakligini aytdi va mamlakatda qolgan xorijiy harbiy kontingentlarning bosqinchi sifatida qabul qilinishini ta’kidladi[68].
  • 6-iyul kuni Afg‘onistonning Bog‘lon viloyatida «Tolibon» harakati Bog‘lon texnika va kasb-hunar institutini yoqib yubordi[69].
  • 8-iyul kuni Tolibon harakati Afg‘onistonning Badg‘is viloyati Qalʼai Nav shahridagi qamoqxonaga hujum qilib, barcha mahbuslarni ozod qildi[70].
  • 8-iyul kuni Tolibon harakati jangarilari Panj daryosi orqali Tojikiston va Afg‘onistonni bog‘laydigan ko‘prik ustiga o‘z bayrog‘ini o‘rnatdi[71].
  • 9-iyul kuni Afg‘onistonning Taxor viloyatidagi Tolibon har bir oila bitta qizini harakat aʼzolariga nikohlab berishi kerakligini maʼlum qildi[72].
  • 12-iyul kuni Tolibon harakati 11 iyul', yakshanba kuni Afg‘onistondagi O‘zbekiston bilan chegaradosh hudud — Balx viloyatida joylashgan Hayraton shahriga hujum qildi[73].
  • 13-iyul kun Tolibon harakati i Afg‘onistonda bo‘lib turgan turk askarlari yuzasidan bayonot bilan chiqdi[74].
  • 13-iyul kuni Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari «Tolibon» harakatining bosh qo‘mondonlaridan biri Pasha (Pacha) nomi bilan tanilgan jangarini yo‘q qildi[75].
  • 16-iyul kuni Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I Tolibon harakatiga murojaat qilib, uni barcha terroristik guruhlar bilan aloqalarni uzishga chaqirdi[76].
  • 19-iyul kuni Qatarda bo‘lib o‘tgan Afg‘onistonaro muzokaralarda Afg‘oniston hukumati va «Tolibon» harakati vakillari butun Afg‘oniston bo‘ylab koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq holda virusga qarshi emlanayotgan shaxslarning xavfsizligini ta'minlash uchun barcha zarur choralar ko‘rishga kelshib oldi[77].
  • 23-iyul. Tolibon Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish uchun mamlakatda yangi hukumat tuzish kerakligi va prezident Ashraf G‘ani iste'foga chiqishi zarurligini aytdi[78].
  • 23-iyul. Hirot viloyatining Karrux tumanida xavfsizlik va mudofaa kuchlari tomonidan o‘tkazilgan qo‘shma operatsiya natijasida Tolibonning 25 nafar jangchisi o‘ldirildi, 10 nafari esa yaralandi[79].
  • 28-iyul.Afg‘onistonning Hirot shahri atrofida afg‘on xavfsizlik kuchlari va Tolibon o‘rtasida to‘qnashuvlar kuchaydi[80].
  • 31-iyul. Germaniya hukumati vakillari Dohada Tolibon harakati aʼzolari bilan yashirin uchrashuv o‘tkazdi[81].
  • 2-avgust.Mamlakat prezidenti Ashraf G‘ani parlamentdagi chiqishi chog‘ida Tolibon harakati avvalgidan ko‘ra ko‘proq zo‘ravonga aylanganini aytganidan soʻng Tolibon harakati Ashraf G‘anining „vaqti tugagani“ni aytdi[82].
  • 3-avgust.AQSh harbiy kuchlari Hilmand viloyati markazi Lashkargohda Tolibon harakatini bombardimon qildi[83].
  • 3-avgust. Afg‘oniston harbiylari 15 ta viloyatda o‘tkazilgan operatsiyalar davomida rekord miqdordagi Tolibon harakati aʼzolarini o‘ldirdi. Ular 455 nafar Tolibon harakati aʼzosini o‘ldirgan[84].
  • 4-avgust. Afg‘onistonning Gilmand viloyatida yuz bergan mamlakat harbiylari va Tolibon harakati o‘rtasidagi to‘qnashuv oqibatida 40 nafar tinch aholi halok bo‘ldi, 118 kishi yaralandi[85].
  • 4-avgust. Afg‘oniston hukumati 2020-yil AQSh bosimi ostida qo‘lga olingan Tolibon harakatining 5 ming a'zosini, jumladan, Afg‘onistonning Gilmand viloyati poytaxti Lashkargohga hujum uyushtirayotgan Tolibon harakati liderini ozod qilgan. tinchlik sulhiga ko‘ra ozod qilingan «Tolibon» harakati qo‘mondonlaridan biri Mavlaviy Tolib yana minglab mahbuslar bilan Tolibon tarafida jang qila boshlagan[86].
  • 4-avgust.AQSh kuchlari Tolibon harakatining qurol-yarog‘lari va avtomobillar omboriga hujum qilgan. Havo hujumi harakatning Gilmand viloyati markazi Lashkargohdagi omboriga qarata uyushtirilgan[87].
  • 6-avgust. „Tolibon“ harakati Afg‘onistonning sobiq vitse-prezidenti va marshal Do‘stumning uyini yoqib yubordi[88].
  • 6-iyul. Kobulda Аfg‘oniston hukumatining axborot va media markazi rahbari Davaxan Minapal o‘ldirildi[89].
  • 6-avgust. Tolibon harakati jangarilari Afg‘oniston shimolidagi Juzjon viloyati poytaxti Shibergan shahridagi jang paytida shahardagi marshal va sobiq vise-prezident Abdul Rashid Do‘stumning uyini yoqib yubordi[90].
  • 7-avgust. Hukumat qoʻshinlari bilan janglarda 14 terrorchi bilan birga Qunduz viloyatining Dasht Аrchi tumanida Tolibon harakati gubernatori oʻldirild.[91].
  • 7-avgust kuni Tolibon harakati jangarilari Juzjon viloyati markazi Shibargan shahrini egallab oldi[92].
  • 8-avgust kuni АQSh Аfgʻonistonga Tolibon harakatiga qarshi kurashish uchun „B-52 Stratofortress“ bombardimonchi samolyotlarini yubordi[93].
  • 8-avgust. Tolibon harakati Afg‘onistonning eng yirik shaharlaridan biri bo‘lgan Qunduz shahrini egallab oldi[94]
  • 8-avgust kuni Tolibon harakati Afg‘onistondagi o‘zbeklar jamiyati yetakchisi, marshal Abdul Rashid Do‘stumning Juzjon viloyatidagi uyiga bostirib kirib, barcha qurollarini tolon-toroj qilgan[95].
  • 9-avgustAfg‘onistonning Kobul shahrida afg‘on „Paktiya Gag“ radiostansiyasi rahbari To‘fan Omar o‘ldirilib, mamlakat janubidagi Gilmand viloyatida jurnalist o‘g‘irlab ketildi. Mahalliy hukumat vakillari mazkur voqeada Tolibon harakati jangarilarini ayblagan[96].
  • 11-avgust. Tolibon harakati Afg‘onistonning Farah shahrini qo‘lga kiritdi[97].
  • 11-avgust. Afg‘onistonning Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralari Tolibon nazoratiga oʻtdi. Tolibon yetakchilari harakatning qo‘shni davlatlarga hujum qilmasligiga vaʼda bergan[98].
  • 11-avgust. Afg‘onistonning sobiq vise-prezidenti, Afg‘onistondagi o‘zbeklar jamiyati yetakchisi marshal Abdul Rashid Do‘stum Tolibon harakatiga qarshi kurashish uchun Kobuldan Balx viloyati markazi Mozori Sharifga maxsus samolyotda uchib ketdi[99].
  • 11-avgust. Afg‘onistonning moliya vaziri Xolid Painda Tolibon harakatining hujumi fonida lavozimidan ketib, mamlakatni tark etdi. 2021-yil fevral oyida ish boshlagan Painda rasmiy tashrif doirasida mamlakatni tark etgan[100].
  • 11-avgust. Tolibon harakati Qandahor shahridagi qamoqxonani egallab olib, yuzlab mahbuslarni ozod qildi[101].
  • 12-avgust. Tolibon harakati Afg‘oniston hukumati qo‘shinlari qaytarib olgan Shiberg‘on va Farah shaharlaridagi aeroportlarni Tolibon qayta bosib oldi[102].
  • 12-avgust. Afg‘onistondagi o‘zbeklar jamiyati yetakchisi marshal Abdul Rashid Do‘stumning o‘g‘lini Tolibon harakati asirga olgani aytilmoqda[103].
  • 12-avgust. Tolibon harakati delegasiyasining Qatardagi siyosiy idorasi rasmiy vakili Suhayl Shohin Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Qobulovga Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilishga sodiqligini bildirdi[104].
  • 12-avgust.Tolibon harakati Afg‘onistonning ikkinchi eng yirik shahri — Qandahorni egalladi[105].
  • 12-avgust.«Tolibon» harakati Afg‘onistonning g‘arbiy qismida joylashgan Hirot shahrini o‘z nazoratiga oldi[106].
  • 13-avgust. Tolibon harakati Marshal Do‘stumning o‘g‘li, serjant Yormuhammad Do‘stumni qo‘lga olganini e'lon qilgandi. Marshal vakilining aytishicha, 7-avgustga o‘tar kechasi, Shibirg‘on shahriga hujum qilinganda Yormuhammad bu hududdan harbiy vertolyot bilan Mozori Sharifga olib ketilgan[107].
  • 13-avgust. Tolibon harakati Afg‘oniston shaharlaridan biri Hilmand viloyatining ma'muriy markazi bo‘lgan Lashkargoh shahrini egallaganini ma'lum qildi[108].
  • 13-avgust. Tolibon harakatining mamlakat poytaxti Kobulga yaqinlashdi. Jangarilar ayni paytda mamlakat poytaxtidan 50 kilometr uzoqlikda joylashgan[109].
  • 13-avgust. O‘zbekiston, Turkmaniston va Rossiya diplomatlari Qatarda «Tolibon» harakatining siyosiy masalalar bo‘yicha komissiyasi rahbari bilan muzokara o‘tkazdi[110].
  • 14-avgust. Tolibon harakati marshal Do‘stumning uyida bazm uyushtirgani tasvirlangan video eʼlon qilindi[111].
  • 14-avgust. TolibonBalx viloyati markazi Mozori Sharif shahrini egalladi. Hujum oqibatida afg‘on kuchlari O‘zbekiston bilan chegaraga qochishga majbur bo‘lgan[112].
  • 15-avgust. Marshal Abdul Rashid Do‘stumning Mozori Sharif qo‘lga olinganidan so‘ng Afg‘onistondan qochib ketgani aytildi[113].
  • 15-avgust. Tolibon harakati Afg‘oniston poytaxti Kobul shahriga hujum boshladi. Kobul shahriga kirish hududida harbiylar va Tolibonlar o‘rtasida kuchli to‘qnashuvlar boshlandi. Shuningdek, shahardagi Puli Charxiy qamoqxonasidan mahbuslar ozod qilingan[114].
  • 15-avgust. Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani yaqin orada o‘z iste'fosi haqida e'lon qilmoqchi. G‘anining lavozimni tark etishining asosiy sababi Afg‘onistondagi vaziyat ekani ta'kidlangan va prezident Tolibon harakatiga taklif qilmoqchi bo‘lgan sulh rejasi doirasida ketish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani aytilgan[115].
  • 15-avgust. Tolibon harakati Afg‘onistonning beshinchi yirik shahri Jalolobodni egallab oldi. Jalolobodda joylashgan Nangarxor viloyatidan deputat Abrarulla Murodning ma'lum qilishicha, shahar oqsoqollar buyrug‘i bilan Tolibonga taslim bo‘lgan[116].
  • 15-avgust. Afg‘oniston IIV matbuot xizmati «Tolibon» harakati Afg‘oniston poytaxti Kobulga hujum qilishni boshlaganini e'lon qildi. «Tolibon» harakati poytaxt g‘arbidagi Kobul universitetini ham o‘z nazoratiga olgan. Hamda Kobul tumanlaridan birida o‘z bayrog‘ini o‘rnatgan. Qatardagi «Tolibon» harakati yetakchisi Afg‘onistondagi «Tolibon» harakatidan Kobuldagi zo‘ravonliklardan tiyilishni, mamlakatni tark etishga qaror qilgan har bir kishiga xavfsiz o‘tishni, ayollarni qo‘riqlanadigan hududlarga borishini so‘ragan[117].
  • 15-avgust. Tolibon harakati Kobul bo‘yicha bayonot berib, shaharga harakat bostirib kirmasligi, kuch ishlatilmasligi, aksincha hokimiyat tinch yo‘l bilan o‘zgarishini ma'lum qildi. hokimiyatga o‘tish jarayonini ta'minlash uchun muzokaralar olib borilmoqda. Bu xavfsiz va ishonchli bo‘ladi, odamlarning hayoti, mol-mulki va nomusiga zarar yetkazilmaydi[118].
  • 15-avgust. Tolibon harakati 15-avgust, yakshanba kuni butun Afg‘oniston hududini nazorat qilayotganini e'lon qildi. Tolibon harakati o‘z bayonotida «mamlakat poytaxtida hech qanday jangovar harakatlar yo‘qligi, harakat butun Afg‘oniston ustidan nazorat o‘rnatganini» aytgan[8].
  • 15-avgust. O'zbekistonning Surxondaryo viloyati Sherobod tumaniga Afg'oniston havo kuchlari samolyoti qulab tushdi. 2 uchuvchi ham yarador holda kasalxonalarga yuborildi. [1]
  • 15-avgust. Afg‘on harbiylari 2ta vertolyotda O'zbekustonning Surxondaryo viloyatiga qo‘ngani aytildi.[2]

Manbalar

  1. Jibran Ahmad Afghan Taliban names a new leader, but peace talks delayed (Wayback Machine saytida 2015-11-23 sanasida arxivlangan) // Reuters, 30.07.2015
  2. "Исламское государство" объявило войну движению "Талибан" в Афганистане // ТАСС, 20.04.2015
  3. In ISIS, the Taliban Face an Insurgent Threat of Their Own // The New York Times, 05.06.2015
  4. Samuel Oakford The Taliban Tells the Islamic State to Get the Hell Out of Afghanistan // Vice News, 17.07.2015
  5. Jihadist threat not as big as you think (Opinion) // CNN, 26.09.2014
  6. Akmal Dawi Despite Massive Taliban Death Toll No Drop in Insurgency (Wayback Machine saytida 2016-08-03 sanasida arxivlangan) // Voice of America, 06.03.2014
  7. Пакистанские талибы принимают участие в конфликте в Сирии // Regnum, 14.07.2013
  8. 8,0 8,1 „«Толибон» ҳаракати Aфғонистон бутунлай ўз назоратига ўтганини маълум қилди“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
  9. „«Толибон» ҳаракати Афғонистон Ислом Амирлиги декларациясини эълон қилди“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021-yil 19-avgust.
  10. Security Council Committee established pursuant to resolution 1267 (1999) concerning Al-Qaida and the Taliban and Associated Individuals and Entities, 2007-03-14da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-06-26
  11. Барабанов В. А.. Российский ВПК: история и современность : монография. Альфа, 2002 — 238-bet. 
  12. Серенко А. Н. Талибан перед угрозой распада // Информационный портал «Афганистан.ру», 20.12.2007
  13. В Пакистане талибы захватили 30 полицейских и солдат // Интерфакс, 04.02.2009
  14. „Клинтон увидела в Пакистане «смертельную угрозу» для мира“. Lenta.ru (2009-yil 23-aprel). Qaraldi: 2010-yil 14-avgust.
  15. Американский беспилотник уничтожил лидера пакистанских талибов // Российская газета, 01.11.2013
  16. Интервью с военным амиром Иттихад исламского джихада (Wayback Machine saytida 2014-04-07 sanasida arxivlangan) // sodiqlar.info, 26.03.2014
  17. Афганистан: единственный военнопленный из США освобожден // Русская служба Би-би-си, 31.05.2014
  18. Боуман М. Законодатели требуют ответов на вопросы об освобождении Бергдала // Голос Америки, 05.06.2014
  19. „Da sind Spuren wie von einer trampelnden Elefantenherde“ (de). Der Tagesspiegel (2002-yil 13-yanvar). 2012-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 5-noyabr.
  20. Joseph Fitchett. „What About the Taliban's Stingers?“ (en). International Herald Tribune (2001-yil 26-sentyabr). 2012-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 5-noyabr.
  21. ROBERT PEAR. „Arming Afghan Guerrillas: A Huge Effort Led by U.S..“ (en). The New York Times (1988-yil 18-sentyabr). 2012-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 5-noyabr.
  22. „Талибы призвали Трампа вывести войска из Афганистана“. РИА Новости (2017-yil 15-avgust).
  23. „Талибы впервые за 17 лет объявили временное перемирие с правительством Афганистана“. Бульвар Гордона. Qaraldi: 2018-yil 20-avgust.
  24. „15 members of uprising force killed in Taliban attacks“. Pajhwok Afghan News. Qaraldi: 2018-yil 20-avgust.
  25. „BBC: “TOLIBON” HARAKATI DELEGATSIYASINING O‘ZBEKISTONGA TASHRIFI – MAMLAKAT DIPLOMATIYASI VA TASHQI SIYOSATINING JIDDIY MUVAFFAQIYATIDIR“. Oʻzbekistonning Malayziyadagi elchixonasi. Qaraldi: 2019-yil 14-avgust.
  26. „Tolibon O'zbekistonda: muzokaralar qanday o'tdi?“. Amerika ovozi. Qaraldi: 2019-yil 16-avgust.
  27. „В Москву вновь приехали талибы, они встретились с Лавровым“. svoboda.org. Радио Свобода (2019-yil 28-may). Qaraldi: 2019-yil 6-iyun.
  28. Amy Waldman. A Nation Challenged: the Law; No TV, no Chess, No Kites: Taliban’s Code, from A to Z. // New York Times, 22.11.2001
  29. * Талибы разрушат памятники «неисламских» религий // Утро.ру, 27.02.2001
  30. Khan J. (Writing by Kamran Haider; Editing by Robert Birsel and Sugita Katyal) Pakistani Taliban blow up schools in Swat // Reuters, 19.01.2009
  31. Талибы дают Чечне $4 миллиона и 24 «Стингера» // Сегодня, 02.11.1999
  32. Александр Пташкин. «Талибан» признал Чечню. Кто признаёт «Талибан»? // Труд, 18.01.2000)
  33. Талибы объявили России священную войну // Lenta.ru, 15.02.2000
  34. Павел Тарасенко. Москва отказалась дружить с талибами против США // Коммерсантъ-Online, 20.01.2012)
  35. „Karimov Afg‘oniston bo‘yicha tashabbusni qo‘lga olmoqchi“. Amerika ovozi. Qaraldi: 2009-yil 25-iyun.
  36. „Islom Karimov Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro anjumanlarda ishtirok etadi“. BBC. Qaraldi: 2011-yil 14-oktabr.
  37. „O‘zbekiston va Afg‘oniston munosabatlarida yangi sahifa“. UzA. Qaraldi: 2017-yil 5-dekabr.
  38. Malik Mansur. „Toshkent Afg‘oniston tinchlik muzokaralarining markaziga aylanmoqda“. Amerika ovozi. Qaraldi: 2018-yil 31-avgust.
  39. „Ўзбекистон «Толибон» гуруҳи олдига қандай шартлар қўйгани очиқланди“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021-yil 1-mart.
  40. YouTube logotipi TIA&TW - The New Uzbekistan - Foreign Affairs YouTubeda // ThisIsAmericaTV. 25 Jun. 2021
  41. „Афғонистон қуролли кучлари базасида кучли портлаш содир бўлди“. Bugun.uz. 2021-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 24 февраль.
  42. „Афғонистонда ҳарбий вертолёт қулаши оқибатида 3 киши ҳалок бўлди“. Bugun.uz. 2021-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 1 апрель.
  43. „Афғонистонда ҳарбий вертолёт қулаши оқибатида 3 киши ҳалок бўлди“. Bugun.uz. 2021-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 3 апрель.
  44. „«Толибон» Афғонистондаги ҳарбий базани портлатиб юборди“. Bugun.uz. 2021-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 3 май.
  45. 48,0 48,1 48,2 „«Толибон» Афғонистондаги туманлардан бирини қўлга олди“. Bugun.uz. 2021-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 21 май.
  46. „Афғонистонда бир кунда «Толибон»нинг 250 дан ортиқ аъзоси ўлдирилди“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021 йил 19 май.
  47. „Афғонистонда бир кунда «Толибон»нинг 140 нафар аъзоси ўлдирилди“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021 йил 25 май.
  48. „Афғонистонда бир кун ичида «Толибон»нинг 200 дан ортиқ аъзоси ўлдирилди“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021 йил 3 июнь.
  49. „«Толибон» Афғонистондаги яна иккита туманни қўлга олганини эълон қилди“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021 йил 7 июнь.
  50. „Афғонистонда яна бир туман «Толибон» қўлига ўтди“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021 йил 8 июнь.
  51. „«Толибон» ҳужум орқали Афғонистондаги яна бир туманни қўлга киритди“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021 йил 12 июнь.
  52. „«Толибон» Афғонистондаги яна бир туманни назорат остига олди“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021 йил 14 июнь.
  53. „«Толибон» ҳаракати Афғонистондаги икки туманни қамалга олди“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021 йил 14 июнь.
  54. „Афғонистон ҳарбийлари 2 туманни «Толибон» ҳаракатидан қайтариб олди“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021 йил 15 июнь.
  55. „Афғонистонда бир кунда «Толибон» ҳаракатининг 160 нафар аъзоси йўқ қилинди“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021 йил 15 июнь.
  56. „Афғонистондаги туманлардан бири «Толибон» ҳаракатига ҳеч қандай жангсиз топширилди“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021 йил 17 июнь.
  57. „Афғонистондаги икки туман «Толибон» ҳаракатидан бутунлай тозаланди“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021 йил 18 июнь.
  58. „Aфғонистонда «Толибон» ҳаракати бир кечада 17 та туманни қўлга олди“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021 йил 22 июнь.
  59. „«Толибон» ҳаракати билан тўқнашувдан кейин Тожикистонга қочган афғон аскарлари Афғонистонга қайтди“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021 йил 24 июнь.
  60. „Афғонистонда «Толибон»нинг бир гуруҳи таслим бўлиб, энди ҳаракатга қарши курашиши маълум қилинди — фото“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021 йил 24 июнь.
  61. „«Толибон» ҳаракати Тожикистон билан чегарадаги яна бир назорат пунктини эгаллаб олди“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021 йил 28 июнь.
  62. „Афғонистондаги туманлардан бири махсус операция орқали «Толибон» ҳаракатидан озод қилинди“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021 йил 29 июнь.
  63. „Тожикистон 300 дан ортиқ афғон аскарларини қабул қилди“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021 йил 4 июль.
  64. „«Толибон» ҳаракати 1 суткада Афғонистондаги 13 та туманни назоратга олди“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021-yil 4-iyul.
  65. „«Толибон» ҳаракати Афғонистондаги барча хорижий қўшинларга мурожаат қилди“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021-yil 5-iyul.
  66. „«Толибон» ҳаракати Aфғонистондаги институтлардан бирини ёқиб юборди“. Bugun.uz. Qaraldi: 06-07-20211.
  67. „«Толибон» ҳаракати Афғонистондаги қамоқхонани эгаллаб, барча маҳбусларни озод қилди“. Bugun.uz. Qaraldi: 08-07-20211.
  68. „«Толибон» тожик–афғон чегарасидаги кўприкка ўз байроғини ўрнатди — видео“. Bugun.uz. Qaraldi: 08-07-20211.
  69. „«Толибон» ҳар бир оила 1 та қизини ҳаракат аъзосига турмушга бериши кераклигини айтди“. Bugun.uz. Qaraldi: 09-07-20211.
  70. „«Толибон» ҳаракати Ўзбекистон билан чегарадош ҳудудга яна ҳужум қилди“. Bugun.uz. Qaraldi: 12-07-20211.
  71. „«Толибон» ҳаракати Туркияга жиддий огоҳлантириш билан мурожаат қилди“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021-yil 13-iyul.
  72. „«Толибон» ҳаракатининг бош қўмондонларидан бири йўқ қилинди“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021-yil 13-iyul.
  73. „Хитой ТИВ «Толибон» ҳаракатига мурожаат қилди“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021-yil 16-iyul.
  74. „Афғонистон ҳукумати ва «Толибон» ҳаракати бир масалада келишувга эришди“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021-yil 19-iyul.
  75. „«Толибон» ҳаракати Афғонистон президенти истеъфосини талаб қилди“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021-yil 23-iyul.
  76. „Афғонистонда қўшма операция давомида «Толибон» ҳаракатининг 20 дан ортиқ аъзоси ўлдирилди — фото“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021-yil 24-iyul.
  77. „Афғонистонда хавфсизлик кучлари ва «Толибон» ҳаракати ўртасида тўқнашувлар кучайди — видео“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021-yil 29-iyul.
  78. „Германия вакиллари Доҳада «Толибон» ҳаракати билан яширин учрашув ўтказди — ОАВ“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021-yil 2-avgust.
  79. „«Толибон» ҳаракати Афғонистон президентининг «вақти тугагани»ни айтди“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021-yil 2-avgust.
  80. „АҚШ ҳарбий кучлари «Толибон» ҳаракатини бомбардимон қилди“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021-yil 3-avgust.
  81. „Афғонистон ҳарбийлари рекорд миқдордаги «Толибон» ҳаракати аъзоларини йўқ қилди“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021-yil 3-avgust.
  82. „Афғонистонда «Толибон» ҳаракати билан тўқнашув оқибатида 40 нафар тинч аҳоли ҳалок бўлди“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021-yil 4-avgust.
  83. „Афғонистон АҚШ босими остида «Толибон» ҳаракатининг 5 минг аъзосини озод қилди — ОАВ“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021-yil 4-avgust.
  84. „АҚШ «Толибон» ҳаракатининг қурол-яроғ омборига ҳужум қилди — фото“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021-yil 5-avgust.
  85. „«Толибон» ҳаракати маршал Дўстумнинг уйини ёқиб юборди — ОАВ“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021-yil 6-avgust.
  86. „«Толибон» ҳаракати Афғонистон ҳукуматининг ахборот ва медиа маркази раҳбарини ўлдирди“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021-yil 6-avgust.
  87. „«Толибон» ҳаракати маршал Дўстумнинг уйини ёқиб юборди — ОАВ“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021-yil 6-avgust.
  88. „Афғонистонда ҳукумат қўшинлари «Толибон» ҳаракатининг яна бир раҳбарини ўлдирди“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021-yil 7-avgust.
  89. „«Толибон» ҳаракати Афғонистонда вилоят марказларидан бирини эгаллади“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021-yil 7-avgust.
  90. „АҚШ «Толибон» ҳаракатига қарши бомбардимончи самолётлар юборди“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021-yil 8-avgust.
  91. „«Толибон» ҳаракати Афғонистоннинг энг йирик шаҳарларидан бирини эгаллаб олди — видео“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021-yil 8-avgust.
  92. „«Толибон» ҳаракати маршал Дўстумнинг уйига бостириб кирди — видео“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
  93. „«Толибон» ҳаракати афғон радиостанцияси менежерини ўлдириб, журналистни ўғирлаб кетди — ОАВ“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021-yil 9-avgust.
  94. „«Толибон» ҳаракати Афғонистоннинг яна бир шаҳрини қўлга олди“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021-yil 11-avgust.
  95. „«Толибон» ҳаракати Афғонистоннинг Ўзбекистон билан чегарасини назорат қилаётгани айтилди“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021-yil 11-avgust.
  96. „Маршал Дўстум Кобулдан тўқнашув бўлаётган Мозори Шарифга учиб кетди — фото“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021-yil 11-avgust.
  97. „Афғонистон молия вазири «Толибон» ҳаракати туфайли истеъфога чиқди“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021-yil 11-avgust.
  98. „«Толибон» ҳаракати Қандаҳордаги қамоқхонани эгаллаб, маҳбусларни озод қилди — видео“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021-yil 11-avgust.
  99. „«Толибон» ҳаракати Афғонистондаги 2 та аэропортни эгаллаб олди“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021-yil 12-avgust.
  100. „«Толибон» ҳаракати маршал Дўстумнинг ўғлини асир олгани айтилмоқда“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021-yil 12-avgust.
  101. „«Толибон» ҳаракати Афғонистондаги вазиятни тинч йўл билан ҳал қилишини эълон қилди“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021-yil 12-avgust.
  102. „«Толибон» ҳаракати Афғонистоннинг иккинчи энг йирик шаҳрини эгаллади“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021-yil 12-avgust.
  103. „«Толибон» ҳаракати Ҳиротни эгаллаганини эълон қилди“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021-yil 12-avgust.
  104. „Маршал Дўстумнинг ўғли қаерда экани маълум бўлди“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021-yil 13-avgust.
  105. „«Толибон» ҳаракати Лашкаргоҳни ҳам эгаллаганини эълон қилди“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021-yil 13-avgust.
  106. „«Толибон» ҳаракатининг мамлакат пойтахтига яқинлашгани айтилди“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021-yil 13-avgust.
  107. „Ўзбекистон Қатарда «Толибон» ҳаракати билан музокара ўтказди“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021-yil 13-avgust.
  108. „«Толибон» ҳаракати маршал Дўстумнинг уйида базм уюштиргани тасвирланган видео эълон қилинди“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021-yil 14-avgust.
  109. „«Толибон» ҳаракати Ўзбекистонга чегарадош бўлган шаҳарни қўлга олди — видео“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021-yil 14-avgust.
  110. „Маршал Дўстум Ўзбекистонга қочиб ўтгани айтилмоқда — видео“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
  111. „«Толибон» ҳаракати Aфғонистон пойтахтига ҳужум бошлади — видео“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
  112. „Aфғонистон президенти истеъфога чиқиб, мамлакатни тарк этмоқчи — ОAВ“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
  113. „«Толибон» ҳаракати Aфғонистоннинг бешинчи йирик шаҳрини ўз назоратига олди — видео“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
  114. „«Толибон» ҳаракати Кобулга ҳужум бошлагани эълон қилинди — видео“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
  115. „«Толибон» ҳаракати Кобул бўйича баёнот берди“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.