Oʻzbekiston Kubogi
Oʻzbekiston Professional Futbol Ligasi logotipi | |
Davlat | Oʻzbekiston, O'zbekiston |
---|---|
Tashkil etilgan | 25-oktyabr, 1992-yil |
Jamoalar soni | 30 |
Amaldagi chempion | Nasaf Qarshi |
Eng koʻp marta chempion | Paxtakor Toshkent (13) |
TV hamkorlar | Sport TV |
Veb-sayt | pfl.uz |
Oʻzbekiston Kubogi — Oʻzbekiston Professional futbol ligasi tomonidan tashkillashtiriladigan futbol boʻyicha har yili oʻtkaziladigan milliy kubok musobaqasi. Oʻzbekiston Kubogi bahslari 1992-yildan beri tashkil etilgan boʻlib, Oʻzbek futboli miqiyosidagi eng eski musobaqalardan biridir. Sobiq Ittifoq tarkibida Oʻzbekiston SSR mahalliy kubok musobaqalari oʻtkazilishi 1939-yil yoʻlga qoʻyilgan. Mustaqil Oʻzbekistonning Birinchi Oʻzbekiston kubogi sohibi Namanganning „Navbahor“ klubi hisoblanadi.
Oʻzbeksiton Kubogi gʻoliblari OFK Chempionlar Ligasida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritadi. Agar Oʻzbekiston kubogini Superliga Chempioni qoʻlga kiritgan boʻlsa, u holda Oʻzbekiston Super ligasidagi yuqori oʻrinlardagi jamolardan biriga OFK Chempionlar Ligasida ishtirok etish imkoniyati beriladi (amaldagi kvotaga qaraladi).
„Paxtakor“ 13 marta Oʻzbekiston kubogi sohibi boʻlgan musobaqadagi eng muvaffaqiyatli klub hisoblanadi. Ikkinchi oʻrinda „Bunyodkor“ 4 ta, „Navbaxor“, „Nasaf“ va „Lokomotiv“ esa 3 ta bilan uchinchi oʻrinda.[1] „Nasaf“ klubi 2022-yilgi finalda "Navbahor"ni „Buxoro“ stadionida magʻlub etgan eng soʻnggi gʻolib hisoblanadi.
Finnallar tarixi
Qiziqarli faktlar[2]
Eng koʻp gol urilgan oʻyin: „Paxtakor“ — „Neftchi“ 6:3 (qoʻshimcha vaqtda) 2001/2002-yillar[3]
Kubok finallarida 3 marta penaltilar seriyasiga,7 bor qoʻshimcha vaqtlarga murojaat qilingan. Finallarda jami 76 marta toʻp darvozalarga kiritilgan (penaltilar seriasidan tashqari). Final uchrashuvlariga jami 287 048 tomoshabin tashrif buyurgan.[4]
Oʻzbekiston Kubogi finallari tarixidagi eng soʻnggi gol muallifi — Mateus Lima hisoblanadi („Nasaf“).
Stadionlar
Eng koʻp finalga mezbon boʻlgan stadion: "Paxtakor" markaziy stadioni — 18 marta. 2014-yildan buyon finallar boshqa stadionlarda oʻtkazilmoqda.
- Paxtakor Markaziy Stadioni — 18
- Dinamo Stadioni Samarqand — 3
- MHSK Stadioni, Toshkent — 2
- Bunyodkor „Milliy“ stadioni Toshkent — 1
- "Markaziy" Stadion Namangan — 1
- "Soʻgʻdiyona" Stadioni Jizzax — 1
- "Istiqlol" Stadioni Fargʻona — 1
- "Lokomotiv" Stadioni Toshkent — 1
- "Olmaliq" Stadioni — 1
- „Buxoro“ Stadioni
Eng koʻp tomoshabin kirgan final: „Doʻstlik“ — „Samarqand“ (30000 tomoshabin) 1999/2000-yillar
Yillar boʻyicha gʻoliblar
Oʻzbekiston Kubogi gʻoliblari |
---|
Final
Sovrindor klublar
Klublar | Chempion | Ikkinchi oʻrin | Finallar | Chempion yillar |
---|---|---|---|---|
Paxtakor Toshkent | 13 | 4 | 17 | 1993, 1997, 2001, 2002, 2003, 2004, 2005,
2006, 2007, 2009, 2011, 2019, 2020 |
Bunyodkor Toshkent | 4 | 5 | 9 | 2008, 2010, 2012, 2013 |
Nasaf Qarshi | 3 | 4 | 6 | 2015, 2021, 2022 |
Lokomotiv Toshkent | 3 | 3 | 2014, 2016, 2017 | |
Navbahor Namangan | 3 | 2 | 4 | 1992, 1995, 1998 |
Neftchi Fargʻona | 2 | 5 | 7 | 1994, 1996 |
AGMK-Olmaliq | 1 | 2 | 3 | 2018 |
Doʻstlik Toshkent | 1 | 1 | 2000 | |
MHSK Toshkent | 1 | 1 | ||
Shoʻrtan Gʻuzor | 1 | 1 | ||
Dinamo-Samarqand | 1 | 1 | ||
Mash’al Mubarak | 1 | 1 | ||
Traktor Toshkent | 1 | 1 | ||
Yangiyer | 1 | 1 | ||
Qoʻqon-1912 (Temiryoʻlchi) | 1 | 1 |
Sovet ittifoqi tarkibida Oʻzbekiston SSR Kubogining mahalliy chempionlari
Asosiy maqola: Futbol bo‘yicha O‘zbekiston SSR kubogi
|
|
|
Hakamlar
Tarixga nazar solsak, Oʻzbekiston kubogining ortda qolgan 28 finalida 16 nafar bosh hakam ishlaganiga guvoh boʻlamiz. Ilk finalda (1992-yil) ishlash baxti marhum hakam Gali Imomovga nasib qilgan edi.
Rekord
Oʻzbekiston kubogi finallarida ishlash borasida mundiallar rekordchisi Ravshan Ermatovning oldiga tushadigani yoʻq. Uning hisobida 5 ta final bor. Keyingi pogʻonaga 4 tadan oʻyin bilan Gali Imomov hamda Noil Lutfullin yozilgan. Rustam Saidov va Marat Ismoilov hisobida 2ta oʻyin bor.
SHuningdek, Ravshan Ermatov qatorasiga finallarda ishlash boʻyicha ham mutlaq rekordchi hisoblanadi (5). 2010—2013-yilgi mavsumlar hal qiluvchi bahslarining barchasini aynan Ermatov boshqargan edi.
Xorijlik referilar
Mamlakat kubogining hal qiluvchi oʻyinida 2 bor chet ellik hakamlar ishlagan edi. Aniqroq aytsak, 2014-yil yakunida oʻtgan „Lokomotiv“ 1:0 „Bunyodkor“ oʻyinini Kim Dong Jin (J. Koreya) boshqargan. 2017-yilda poytaxtning yana oʻsha klublari oʻrtasida "Bunyodkor" stadionida oʻtkazilgan va 3 yil oldingi hisob takrorlangan bahsda BAA vakili Muhammad Abdulla Hasan ishlagan.
Eng qattiqqoʻl
Finallarda eng koʻp sariq kartochka Ravshan Ermatovning choʻntagidan chiqqan (20 marta) boʻlsa, qizil kartochka koʻrsatish borasida Gali Imomov hamda Noil Lutfullin yetakchi boʻlgan (3 tadan). Ammo penalti belgilash boʻyicha Temur Toʻxtasinov barchadan oldinda (2). U 2018-yilning 28-oktyabr kuni Fargʻonada oʻtkazilgan AGMK 3:1 „Paxtakor“ bellashuvida har ikki jamoa darvozasi tomon 11 metrli jarima zarbasi belgilagan.[7]
Oʻzbekiston kubogi final oʻyinida ishlagan hakamlar roʻyxati: (Yillar va eng koʻp hakamlik boʻyicha)
- Ravshan Ermatov (2010, 2011, 2012, 2013, 2015)
- Gali Imomov (1992, 1995, 1998, 2000)
- Noil Lutfullin (1993, 2003, 2006, 2007)
- Rustam Saidov (2001, 2002)
- Marat Ismoilov (2008, 2009)
- Doniyor Osimov (1994)
- Rashid Aytekov (1996)
- Sardor Najafaliyev (1997)
- Dmitriy Roman (2004)
- Gʻayrat Karimov (2005)
- Kim Dong Jin (Janubiy Koreya) (2014)
- Vladislav Tseytlin (2016)
- Mohammed Abdulla Hassan Mohamed (BAA) (2017)
- Temur Toʻxtasinov (2018)
- Sherzod Qosimov (2019)
- Zokir Qodirov (2020)
- Axrol Riskulloev (2021)
- Vadim Agishev (2022)
№ | Hakam | final | s-k | q-k | pen |
---|---|---|---|---|---|
1 | Ravshan Ermatov | 5 | 20 | 1 | 1 |
2 | Gali Imomov | 4 | 14 | 3 | 0 |
3 | Noil Lutfullin | 4 | 14 | 3 | 0 |
4 | Marat Ismoilov | 2 | 12 | 2 | 0 |
5 | Rustam Saidov | 2 | 11 | 1 | 0 |
6 | Rashid Aytekov | 1 | 8 | 0 | 0 |
7 | Gʻayrat Karimov | 1 | 6 | 0 | 0 |
8 | SHerzod Qosimov | 1 | 4 | 0 | 1 |
9 | Kim Dong Jin | 1 | 3 | 1 | 0 |
10 | Muhammad Abdulla Hasan | 1 | 5 | 0 | 0 |
11 | Sardor Najafaliev | 1 | 4 | 1 | 1 |
12 | Dilshod Asimov | 1 | 3 | 0 | 0 |
13 | Dmitriy Roman | 1 | 3 | 0 | 0 |
14 | Temur Toʻxtasinov | 1 | 5 | 0 | 2 |
15 | Vladislav Tseytlin | 1 | 4 | 1 | 0 |
16 | Zokir Qodirov | 1 | 1 | 0 | 1 |
17 | Ahrol Risqullaev | 1 | 3 | 1 | - |
18 | Vadim Agishev | 1 | 5 |
Eng yaxshi toʻpurarlar
Umumiiy Kubok tarixidagi eng yaxshi toʻpurarlar :
Qalin belgi faol oʻyinchini bildiradi.
Finallar tarixidagi eng yaxshi toʻpurarlar :
№ | Millati | Oʻyinchi | Pos. | Yillar | Klub (lar) (gollar) | Jami | Esl |
---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | UZB | Anvar Soliev | Hujumchi | 1994—2017-yillar | Navbahor | 5 | |
2 | Dragan Ćeran | Hujumchi | 2016- | Paxtakor | 5 | ||
3 | UZB | Leoned Koshelev | Yarim himoyachi | 1985—2003-yillar | Paxtakor | 4 | |
4 | UZB | Server Jeparov | Yarim himoyachi | 1998-2017 | Paxtakor | 2 | |
5 | UZB | Rustam Doʻrmonov | Hujumchi | 1985—2003-yillar | Neftchi | 2 | |
6 | TUR | Gochguli Gochguliyev | Himoyachi | Paxtakor | 2 | ||
7 | Jovan Đokić | Hujumchi | AGMK (Olmaliq) | 2 | |||
Oleksandr Pishchur | Hujumchi | Bunyodkor | 2 | ||||
9 | UZB | Jasur Hasanov | Yarim himoyachi | 2000-… | BunyodkorLokomotiv | 2 | |
10 | UZB | Jaʼfar Irismetov | Hujumchi | 1993—2012-yillar | Doʻstlik | 2 | |
11 | UZB | Mirjalol Qosimov | Yarim himoyachi | 1987—2005-yillar | Paxtakor | 2 | |
12 | UZB | Noʻmon Hasanov | Hujumchi | 1985—2007-yillar | PaxtakorTraktor | 2 | |
13 | UZB | Irakliy Klimiashvili | Hujumchi | Paxtakor | 2 | ||
14 | UZB | Andreey Akopyants | Yarim himoyachi | Paxtakor | 2 |
Yana qarang
Manbalar
- ↑ „O'zbekiston kubogi. Barcha finallarning ramziy terma jamoasi“. 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-sentabr 2022-yil.
- ↑ „O'zbekiston Kubogi finaliga oid faktlar“ (O'zbek). Championat.Asia (10-25-2016). 10-25-2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-iyul.
- ↑ „Ўзбекистон кубоги. Мухлислар рекордини биласизми?“. 29 окт 2022 12:31da asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Мутлақ рекордчи Нестеров ёхуд финалда ўйнаган дарвозабонлар ҳақида“. 26 окт 2018 19:35da asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Muxlislar tashrifi“.
- ↑ „“Nasaf” uch karra Oʻzbekiston kubogi sohibi!“. 2022-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „O'zbekiston Kubogi Bosh hakamlari tarixi“.[sayt ishlamaydi]
Havolalar
Vikiomborda Oʻzbekiston Kubogi haqida turkum mavjud |