Dinosaur Game
Dinosaur Game | |
---|---|
Ishlab chiqaruvchi | |
Chiqarilgan sana | 2014 |
Geymdizayner | Sebastien Gabriel, Alan Bettes, Edward Jung |
Janr | Cheksiz yuguruvchi oʻyin (en) |
Platformalar | Google Chrome |
Dinosaur Game (shuningdek, Chrome Dino, T-Rex Game, Dino Runner nomlari bilan ham tanilgan; oʻzbekcha: Dinozavr oʻyini)[1] — Google tomonidan ishlab chiqilgan va Google Chrome veb-brauzeriga oʻrnatilgan brauzer oʻyini. Oʻyinchidan pikselli Tyrannosaurus rexni faqat bir tomonga yurish mumkin boʻlgan landshaft boʻylab boshqarish va yuqori ball olish uchun toʻsiqlardan (kaktus va pteranodon) sakrab yoki egilib oʻtgan holda yurishi talab etiladi. Oʻyin 2014-yilda Chrome UX jamoasi aʼzolari tomonidan yaratilgan . Unga kirish uchun Google Chrome oflayn rejimida klaviaturadagi space tugmasini (boʻsh joy tugmasi) bosish yoki URL qatoriga quyidagi havolani kiritish yetarli: chrome://dino
yoki chrome://network-error/-106
[2] .
Oʻyin yaratuvchilari 2018-yil sentyabrdan keyin taxminan 270 million kishi har oyda mazkur oʻyinni oʻynab kelganini maʼlum qilishgan
.2020-yil avgust oyida oʻyinning „Dino Swords“ (oʻzbekcha: Dino qilichlari) nomli oʻzgartirilgan versiyasi omma eʼtiboriga havola etildi .
Oʻyin jarayoni
Agar foydalanuvchi oflayn rejimda Google Chrome brauzerida veb-sahifaga oʻtishga harakat qilsa, brauzer foydalanuvchiga Internetga ulanmaganligi borasida ogohlantirish beradi. Ushbu bosh sahifada pikselli Tiranozavr rex tasviri koʻrsatilgan[3]. Oʻyinni ish stolida space yoki ↑ tugmalarini bosish, yoki agarda Android yoki iOS mobil qurilmalarida boʻlsa, ekrandagi dinozavrni bosish orqali boshlash mumkin. Bundan tashqari, URL qatoriga chrome://dino
yoki chrome://network-error/-106
kiritish orqali oʻyinga kirish imkoniyati ham mavjud[4].
Oʻyin davomida Lonely T-Rex oq-qora chiziq va shaklli choʻl landshafti boʻylab doimiy ravishda chapdan oʻngga harakat qiladi, oʻyinchi sakrash yoki egilish orqali kaktuslar va pteranodonlar kabi yaqinlashib qolgan toʻsiqlardan qochishga harakat qiladi[5]. Desktop qurilmalarida joy olgan space, ↑ tugmalaridan birini bosish dinozavrning „sakrashini“, ↓ tugmachasini bosish esa dinozavrning „egilishini“ taʼminlab beradi. Oʻyin davom etar ekan muayyan tezlik foydalanuvchi toʻsiq yoki Pterozavrga tegmagunga qadar asta-sekin oshib boraveradi. Bu holat oʻyinning ertaroq tugash ehtimolini oshirishga xizmat qiladi[6].
Oʻyinchi 700 ball toʻplagandan soʻng, oʻyin zonasi oq fondagi quyuq kulrang grafikadan qora fondagi och kulrang grafikaga oʻzgaradi. Bu oʻyin zonasining kunduzdan tunga oʻtganligiga ishora qiladi. Kunduzgi osmon grafikasi ham tungi osmon grafikasi bilan almashtiriladi[izoh 1]. Oʻyin davomida ranglar sxemasi ham doimiy oʻzgarib turadi[6][7]. Oʻyinda maksimal ballga erishish uchun taxminan 17 million yil kerak boʻladi. Ushbu vaqt toʻplami orqali aslida T-Rexning boʻr-paleogen davrida yoʻq boʻlib ketishidan avval qancha vaqt mavjud boʻlganiga ishora qilinadi[8].
Agar tarmoq maʼmuri Dinosaur Gameni oʻchirib qoʻysa, oʻyinni boshlashga urinayotgan oʻyinchiga xato xabari ekranda koʻrsatiladi. Shundan soʻng Lonely T-Rex tomon uchib kelayotgan meteorit tasviri ekranda aks ettiriladi[9].
Rivojlanishi
Oʻyin 2014-yilda Sebastien Gabriel, Alan Bettes va Edward Jungdan iborat boʻlgan Chrome UX jamoasi aʼzolari tomonidan yaratilgan[10]. Gabriel „Lonely T-Rex“ deb nomlangan oʻyinchi personajini ishlab chiqqan[11]. Oʻyinni tuzish jarayonida T. Rex guruhining yetakchi qoʻshiqchisi Marc Bolan familyasidan kelib chiqib, „Project Bolan“ ishchi nomi berilgan. Ishlab chiquvchilar dinozavr mavzusini oʻyin funksiyasiga havola sifatida tanlaganlar. Bu hazil oʻyin Internetga ulanmaslik „Ibtidoiy jamiyat“ davrida yashash bilan teng ekanligiga ishora qiladi. Oʻyin 2014-yil sentyabr oyida chiqarilgan; dastlab, u eski qurilmalarda ishlamagan, shuning uchun kod oʻsha yilning dekabr oyida yangilanib, qayta chiqarilgan[12]. Pteranodonlar 2015-yilda brauzer versiyasining toʻliq yangilanishi bilan tizim toʻsigʻi sifatida ishga tushgan[13].
2018-yil sentyabr oyida Chromening 10 yilligi va oʻyin yaratilganligining toʻrt yilligi munosabati bilan unga Pasxa tuxumi qoʻshildi, unda choʻlda tugʻilgan kun torti paydo boʻldi. Lonely T-Rex tortni „yegan“ taqdirda uning boshida tugʻilgan kun shlyapasi paydo boʻlgan[14]. Oʻsha yilning noyabr oyida Google oʻyinchining yuqori ballini xotirada saqlash funksiyasini taqdim etdi[15]. Oʻyinning kod manbasi Chromium saytida mavjud[16].
2021-yilda Google mart oyida iOS 14 uchun vidjetni taqdim etdi, bu esa oʻyinchilarni chrome://dino
orqali oʻynash imkoniyatini yaratdi[17]; shunga oʻxshash vidjet oʻsha yilning oxirida Android uchun ham taqdim etildi[18]. Oʻyin iyul oyida yana bir bor yangilandi. Unda Olimpiya sport oʻyinlariga taqlid qiluvchi 2020-yilgi Tokio Olimpiadasi uchun Pasxa tuxumi qoʻshildi[19]. Mashʼalaga yetib borgach, Olimpiya oʻyinlariga asoslangan holda dino suzish, yugurish va boshqa koʻplab sport oʻyinlarini oʻynay boshlaydi. Odatiy kaktuslar va pteranodon toʻsiqlari oʻrniga endi dinozavr Olimpiya oʻyinlari bilan bogʻliq toʻsiqlarga duch kelishi kutilmoqda[20].
Muxlislar tomonidan qabul qilinishi
Oʻyin keng eʼtirofga sazovor boʻlib, yaratuvchilar 2018-yil sentyabrdan keyin taxminan 270 million kishi har oyda mazkur oʻyinni oʻynab kelganini maʼlum qilishgan[21].
Ommaviy madaniyatda
Dinozavr oʻyini The Simpsons animatsion filmining 34-mavsum premyerasi, „Habeas Tortoise“ning „couch gag“ ochilish segmentida namoyish etilgan[22][23][24].
Oʻxshash oʻyinlar
Surf
2020-yil may oyida Microsoft Edge brauzeri yangilandi va ushbu yangilanishda dasturchilar brauzerga Surf oʻyinini qoʻshishdi. Oʻyin toʻsiqlarni chetlab oʻtishga va quvvat toʻplashga urinayotgan syorferni boshqarishga asoslanadi. Dinosaur Game singari, bu oʻyindan ham brauzer oflayn boʻlganda foydalanish mumkin. Oʻyin belgilarni sozlash va bir nechta boshqaruv sxemalarini yaratishga imkon beradi[25]. Qurollar oʻyinchi ekranida ketma-ket paydo boʻladi va ingliz alifbosi bilan belgilangan oʻyin oynasining pastki qismida koʻrsatilgan harflar bilan foydalanilishi mumkin[26].
Dino Swords
2020-yil avgust oyida MSCHF va 100 Thieves oʻyinning „Dino Swords“ (oʻzbekcha: Dino qilichlari) nomli oʻzgartirilgan versiyasini yaratish yoʻlida oʻzaro hamkorlik qilishdi, unda kichik 26 ta foydalanish qurollari va vaqtni sekinlashtiruvchi tabletkalar arsenaliga ega edi; notoʻgʻri boshqarilsa, qurollar teskari taʼsir koʻrsatishi va dinozavrga zarar yetkazishi ham mumkin. Qurollar ekranda ketma-ket paydo boʻladi va uni ingliz alifbosi bilan belgilangan oʻyin oynasining pastki qismida koʻrsatilgan harflar bilan ishlatish mumkin. Agar oʻyinchi yutqazsa, u oʻyin davomida olingan barcha qurollarini yoʻqotadi[27].
Yana qarang
Izohlar
- ↑ Qurilmadan tungi rejimda foydalanish oʻyinni bir xil tungi grafiklar bilan boshlaydi.
Manbalar
- ↑ Li. „Chrome 90 for iPhone rolling out with search, Dino widgets“. 9to5Google (2021-yil 10-may). 2021-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-may.
- ↑ „Interview with Sebastien Gabriel, a Google Chrome Visual Designer“ (en-US). OMG! Chrome! (2014-yil 7-mart). 2020-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-aprel.
- ↑ Tumblison. „Interview with Sebastien Gabriel, a Google Chrome Visual Designer“. OMG! Chrome! (2014-yil 7-mart). 2015-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-oktyabr.
- ↑ Biersdorfer. „When Dinosaurs Roam in Chrome“. The New York Times (2017-yil 14-noyabr). 2017-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 3-sentyabr.
- ↑ Roshan. „Google Easter Eggs: 15+ Best Google Easter Eggs & Google Tricks 2017“. Feeds You Need (2017-yil 5-avgust). 2017-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-oktyabr.
- ↑ 6,0 6,1 Matos, Clinton. „Google Chrome's offline "Dinosaur Game" now has a day-night cycle“. HTXT (2016-yil 20-may). 2016-yil 21-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-iyun.
- ↑ Sneddon. „This is Chrome's Newest Easter Egg. And It's Awesome“. OMG! Chrome! (2014-yil 25-sentyabr). 2015-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-dekabr.
- ↑ „As the Chrome dino runs, we caught up with the Googlers who built it“. The Keyword (2018-yil 6-sentyabr). 2018-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-iyun.
- ↑ „How to disable Dinosaur game in Google Chrome when device is offline“. The Windows Club (2021-yil 31-mart). 2021-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-oktyabr.
- ↑ „Dinosaur Game“. Poki. 2020-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-dekabr.
- ↑ Tumblison. „Interview with Sebastien Gabriel, a Google Chrome Visual Designer“. OMG! Chrome! (2014-yil 7-mart). 2015-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-oktyabr.
- ↑ Hughes. „4 years later, Google finally explains the origins of its Chrome dinosaur game“. TheNextWeb (2018-yil 7-sentyabr). 2021-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-dekabr.
- ↑ Sneddon. „Chrome's Hidden Dinosaur Game Just Got Even Better“. OMG! Chrome! (2015-yil 18-iyun). 2015-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-dekabr.
- ↑ Torres. „Chrome T-Rex offline game parties with birthday hat, cake“. SlashGear (2018-yil 4-sentyabr). 2018-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 16-sentyabr.
- ↑ Kerns. „Show off your Chrome dino-game skills with the arrival of cross-device high score sync“. Android Police (2018-yil 30-noyabr). 2018-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-yanvar.
- ↑ Agarwal. „Play the Dinosaur Game Hidden inside your Google Chrome“. Digital Inspiration (2015-yil 26-oktyabr). 2015-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-dekabr.
- ↑ Abrams. „Google is adding its Dinosaur Game as an iPhone widget“. Bleeping Computer (2021-yil 17-aprel). 2021-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-dekabr.
- ↑ Bradshaw. „Android is getting a homescreen widget for Chrome's famous 'Dino Run' game“. 9to5Google (2021-yil 19-iyul). 2021-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-aprel.
- ↑ Bradshaw. „Chrome's Dino Run game gains in-depth Tokyo Olympics easter egg“. 9to5Google (2021-yil 21-iyul). 2021-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-iyul.
- ↑ Finn, John „How To Find & Play Chrome's 'Dino Run' Olympics Easter Egg Game“. Screen Rant (2021-yil 22-iyul). 2022-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-mart.
- ↑ „As the Chrome dino runs, we caught up with the Googlers who built it“. The Keyword (2018-yil 6-sentyabr). 2018-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-iyun.
- ↑ Wang. „The Simpsons run Chrome's offline desert gauntlet in latest couch gag“ (en-US). Android Police (2022-yil 26-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 26-sentyabr.
- ↑ Li. „'The Simpsons' 'couch gag' pays tribute to Chrome Dino game“ (en-US). 9to5Google (2022-yil 26-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 26-sentyabr.
- ↑ Reichert. „The Simpsons Season 34 Opening Couch Gag Pays Homage to Chrome's T-Rex Game“. CNET (2022-yil 26-sentyabr). 2022-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-sentyabr.
- ↑ Warren. „Microsoft is adding a secret SkiFree-like surfing game into its Edge browser“ (en). The Verge (2020-yil 26-fevral). 2022-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-mart.
- ↑ „Dino Swords“.
- ↑ Alexander. „Google's Dinosaur browser game gets a dope mod that includes double swords“. The Verge (2020-yil 24-avgust). 2020-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-yanvar.
Havolalar