Opossumlar
Qiyofa
Opossumlar | ||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||||||||||||||
|
Opossumlar (Didelphidae) – xaltali sut emizuvchilar oilasi[1][2]. Eng qadimgi xaltalilar. Gavdasining uzunligi 7–50 sm, dumi 4–55 sm. Dumi tutuvchi. Orqa oyoqlarining oldingi barmogʻi yirik, boshqa barmoqlariga qarama-qarshi qoʻyilgan. Sut bezlari soʻrgʻichlari 5 tadan 27 tagacha. 19 urugʻi, 103 turi maʼlum. Kanadaning janubi-sharqidan boshlab Amerika qitʼasining 52° janubiy kengliklarigacha tarqalgan. Oʻrmon, choʻl, dasht, togʻlarda 4 000 m balandlikkacha uchraydi. Yerda va daraxtlarda, ayrim turlari (suv opossumi) yarim suvda hayot kechiradi. Oziq tanlamaydi. Bir yilda 1–3 marta 4–11 tadan (baʼzan 25 ta) bola tugʻadi. Ayrim turlari moʻynasi va goʻshti uchun ovlanadi. Oddiy opossumlar laboratoriya hayvoni[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ibrahim, Amal Attia El-Morsy. Pictured Glossary in Biology. Scientific Research Publishing, Inc. USA, 2017. ISBN 978-1-61896-368-0.
- ↑ „Opossums“. National Geographic. Qaraldi: 21-sentabr 2018-yil.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.