Aminlar
Aminlar – ammiakdagi vodorod atomlarining organik radikallarga almashinishidan hosil boʻlgan birikmalar. Ammiakdagi nechta vodorod atomi radikalga almashinganiga qarab, birlamchi, ikkilamchi va, nihoyat, uchlamchi aminlar deyiladi. Aminlar molekulasidagi aminoguruh soniga qarab mono-aminlar, diaminlar va uch-aminlarga boʻlinadi. Ular, ammiak singari, asos xossalarini namoyon qiladi, lekin aromatik aminlar ammiakka nisbatan ancha kuchsiz, alifatik aminlar esa kuchli boʻladi. Aminlar, odatda nitrobirikmalarni qaytarish yoki uglevodorodlarning galogenli hosilalariga ammiak taʼsir ettirish yoʻli bilan olinadi. Ular ichida eng ahamiyatlisi aromatik aminlardir. Uni ilk bor 1842-yilda N. N. Zinin sintez qilgan. 1849-yilda esa Sh. Vyurs alifatik aminlarni kashf qildi. Aminlarning baʼzilari tabiatda erkin holda alkaloidlar, aminokislotalar tarzida uchraydi. Ular boʻyoq sanoatida, plastmassalar olishda, tibbiyotda juda koʻp qoʻllaniladigan sulfanilamid preparatlar olishda ishlatiladi.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |