Kontent qismiga oʻtish

Aorslar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aorslar – sarmat qabilalarining yirik ittifoqi. Aorslar haqida maʼlumotlar Strabon, Ptolemey, Pliniy va Tatsit asarlarida uchraydi. Xitoy yilnomalarida Aorslar yansay nomi bilan keltirilgan. Aorslar dastlab Orol yoki Kaspiy dengizining shimoliyda yashagan. Miloddan avvalgi 2-asrda Kaspiy dengizining shimoliy bilan Don daryosi oraligiga va Kavkaz togʻlari tomonga tarqalgan. Aorslar jangari koʻchmanchi chorvadorlar boʻlib, Kavkaz, Bospor davlati, Turkiston xalqlari oʻrtasidagi savdo ishlarida, Bospor davlatidagi taxt uchun oʻzaro urushlarda faol qatnashgan. 2-asrda alanlar boshchiligidagi yirik sarmat qabilalari ittifoqiga qoʻshilgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil