Kontent qismiga oʻtish

Ehrom (bino)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ehrom — keng maʼnoda ibodatgoh binosi; Misr meʼmorligida toʻgʻri piramida (baʼzan zinapoya yoki minorasimon) shaklidagi monumental inshoot; asosan qadimiy dunyoga xos boʻlgan, qadimiy Misr firʼavnlarining maqbaralari (taxminan miloddan avvalgi 2800 — 1700) ehrom deb atalgan (qarang Giza). Misr ehromlarining eng yirigi — Gizadagi Xeops ehromidir (balandligi 146,6 m, miloddan avvalgi 28-asr), ehrom tipidagi inshootlar Markaziy va Janubiy Amerika (milodiy 1-ming yillik)da ham bunyod etilgan, qadimiy Rim va Yevropa sanʼatida ehrom kabi memorial inshoot turlari (ibodatxonalarning poydevori va boshqalar)da qoʻllangan.