Frenzy
Qiyofa
Frenzy | |
---|---|
Ishlab chiquvchi |
Sergey Mojayskiy (techniX) Yegor Vershinin (1.3) |
OT oilasi | BSD UNIX |
Negiz kodi | ochiq kodli |
Ilk e’lon qilinishi | 2012-yil 5-may |
Yadro tipi | monolit yadro |
Litsenziya | BSD litsenziyasi |
Veb sayt | frenzy.org.ua |
Frenzy - FreeBSD operatsion tizimi asosida yaratilgan Live-CD. Kompyuter tarmoqlarini sozlash, tekshirish va analiz qilish, kompyuter qurilmalarini tekshirish va boshqa turli vazifalar uchun moslashgan. Frenzy ikki xil variantda ishlab chiqiladi:
- Frenzy standart – tizim maʼmurlari uchun moslashgan. ISO obrazining hajmi – 200 megabayt. Distributiv tarkibiga 500 dan ortiq ilovalar kiradi.
- Frenzy extended – maʼmurlar va yanada kengroq qoʻllana oladigan foydalanuvchilar uchun moslangan. Frenzy standart ilovalaridan tashqari bir qancha ilovalarga ega. ISO obrazining hajmi – 250 megabayt. Distributiv tarkibiga 600 dan ortiq ilovalar kiradi.
Shuningdek grafik interfeysga ega boʻlmagan lite versiyasi ham bor. Bazaviy operatsion tizimi FreeBSD 8.3-STABLE. Frenzy tarkibiga kiruvchi dasturlar:
- C va NASM kompilyatorlari, Perl va Python interpretatorlari
- Fayl menedjerlari, arxivatorlar
- Matn muharrirlari, fayllarni koʻrish vositalari va konvertorlar
- Veb brauzerlar, elektron pochta dasturlari va yangiliklar dasturlari, ICQ, IRC, Jabber dasturlar
- Tarmoq utilitalari (LAN, modem, Bluetooth, dial-up, VPN, Wireless)
- Trafik monitoring uchun utilitalar
- Proksi va redirektlar
- Masofaviy boshqaruv (telnet, ssh, RDP, VNC)
- Samba server va dasturlari
- MySQL va PostgreSQL dasturlari
- DNS, LDAP, SNMP, DHCP, ICMP, ARP, IP paketlari bilan ishlash utilitalari
- Osttarmoqlar bilan ishlash qoʻshimchalari
- Portlar va servislar skanerlari, tarmoq skanerlari
- Xavfsizlik skanerlari, snifferlar, buzib kirishni aniqlash utilitlari
- Clamav antivirusi, rutkitlarni aniqlash utilitlari
- Maxfiy soʻzlar va kriptografiya bilan ishlash utilitlari
- Kompyuterning qurilmalari haqida maʼlumot olish va uni sozlash dasturlari
- Qattiq disk va uning boʻlimlari bilan ishlash utilitlari
- Turli fayl tizimlari bilan ishlash dasturlari
- Fayllarni qayta tiklash utilitlari
- Kompyuter va tarmoqning tezligini baholash va test qilish dasturlari
- Fayl utilitlari, loglar bilan ishlash utilitlari
- Xotira va protsessorni boshqarish utilitlari
- CD yozish utilitlari
- Grafik fayllarni koʻrish utility (GQview), skrinshotlar olish utilitlari
- MP3/ogg pleyerlari
Extended versiyasiyasiga quyidagilar kiradi:
- xnc fayl menedjeri
- SciTE matn muharriri
- Metasploit, spike-proxy, unicornscan, yersinia
- Lisq, SIM, Psi
- X-Chat
- DjVu, CHM, PDF koʻrish dasturlari
- QEMU va Dosbox emulyatorlari
- XMMS audiopleyeri
- MPlayer videopleyeri
Tizim tarkibiga Frenzy boʻyicha hujjatlar, shuningdek, FreeBSD rasmiy hujjatlari – FreeBSD Handbook va FAQ kiradi.