Jump to content

Hal Anger

From Vikipediya

Hal Oscar Anger (1920-yil 20-may – 2005-yil 31-oktabr) amerikalik ixtirochi va California universtitetidagi Donner labaratoriyasi fizigi, uning eng mashhur ixtirosi sintillyatsion kamera hisoblanadi.

Hal Anger
Tavalludi

1920-yil 20-may
Denver, Kolorado,

AQSh
Vafoti

2005-yil 31-oktyabr (85-yosh)
Berkeley, California.

AQSh
Fuqaroligi amerikalik
Kasbi

ixtirochi,

olim
Mashhur ishlari Sintigrafiya ixtirochisi

Anger umumiy hisobda 15 ta patentga ega boʻlib, ularning aksariyati Ernest O. Lawrence nomidagi laboratoriyada yaratilgan va tajribadan oʻtkazilgan. Anger oʻzining ixtirolari yadroviy-tibbiyoti sohasiga qoʻshgan hissasi uchun bir nechta mukofotlarga sazovor boʻlgan. Anger Californianing Berkeley shahrida vafot etgan.

Faoliyati

[edit | edit source]

1957-yilda u gamma kamerasi yoki Anger kamerasi sifatida ham tanilgan sintillyatsion kamerani ixtiro qilgan. Anger shuningdek, fokuslangan radiatsiya kollimatoridan foydalangan holda tomografiyada keng foydalaniladigan tanani skanerlash apparatini ishlab chiqgan[1]. Birinchi sintillyatsion kamera Anger tomonidan Californianing Berkley universtiteti tomonidan moliyalashtirilgan laboratoriyada ishlab chiqilgan[2].

Qoʻshimcha maʼlumot uchun

[edit | edit source]

Sintillyatsion kamera – bu radioaktiv izotoplarni tanaga kiritish va ular chiqaradigan nurlanishni aniqlash orqali ikki oʻlchovli tasvirni olishdan iborat boʻlgan jarayonni oʻz ichiga olgan apparat hisoblanadi.

Izotoplardan gamma fotonlarni aniqlashning shunga oʻxshash printsipi aylanuvchi detektorlar yordamida uch oʻlchovli tomogrammalarni yaratish uchun yagona fotonli emissiya kompyuter tomografiyasida qoʻllanadi.

Merosi

[edit | edit source]

Halning vafotidan soʻng 2006-yilda Society of Nuclear Medicineʼs Education va Research Foundation jamiyatlari uning merosidan 6 million dollar pul mablagʻini olgan va bu yadroviy-tibbiyoti sohasini rivojlantirish uchun olingan eng katta xayriyalardan biri boʻlgan. Buning natijasida Hal Anger mukofoti taʼsis etilgan va har yili yadroviy-tibbiyotga sohasiga yaratilgan har qanda ixtiro bu mukofot bilan taqdirlanadi[3]

Mukofotlari

[edit | edit source]
  • 1964-yilda pozitron kamerasini ishlab chiqqani uchun John Scott mukofoti
  • 1966-yilda – Guggenheim stipendiyasi
  • 1966-yilda – Gesellschaft fur Medizin mukofoti
  • 1972-yilda – Ogayo shtati universiteti – faxriy doktori

Manbalar

[edit | edit source]
  1. „"Nuclear Medicine Pioneer Hal O. Anger, 1920-2005". Molecular imaging news. Society of nuclear medicine and molecular imaging. 10 November 2005. Retrieved 26 September 2012.“. 2012-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-sentyabr.
  2. „Tapscott, Eleanore (2005). "Nuclear Medicine Pioneer, Hal O. Anger, 1920–2005" (PDF). Journal of Nuclear Medicine Technology. 33 (4): 250–3. PMID 16397975.“.
  3. „"SNM Committee Report, September 2010". SNM Awards Committee.“.