Mangu Temur
Appearance
Mangu Temur O'zbek | |
---|---|
Mangu Temur tangalari (1273-1275) | |
Tavalludi | nomaʼlum |
Vafoti | 1280 |
Fuqaroligi | Oltin Oʻrda |
Otasi | Toqoqan |
Onasi | Huchuhadun |
Imzosi | |
Mangu Temur O'zbek— Oltin Oʻrda xoni (1266—82). Otasi Toʻgʻon, Botuxonning 2-oʻgʻli boʻlgan. Uning davrida moʻgʻullar Vizantiya (taxminan 1269—71), Litva (1275), Kavkaz (1277) ga harbiy yurishlar qilishgan. Bu yurishlarda ayrim rus knyazlari ham ishtirok etishgan. M. T. rus cherkovining Oltin Oʻrdaga soliq toʻlashdan ozod etilgani haqida birinchi boʻlib yorliq bergan. M. T. davrida genuyaliklarning Qrimdagi savdo koloniyasi (manzilgohi) — Kafa vujudga kelgan hamda tumanboshi Noʻgʻayning mavqei oshgan.[1]
Manbalar
[edit | edit source]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |