Plunjer
Appearance
Plunjer (inglizcha: „plunge“ — shoʻngʻimoq, botmoq) — porshenning bir turi; silliq sirti yaxlit silindrik jism; uzunligi diametriga nisbatan katta. Yonilgʻi nasosidya yonilgʻini yuqori bosim ostida haydash uchun ishlatiladi.
Bunda plunjer yonilgʻi sizmasligi uchun gilza bilan birga (ularni bir-biriga ishqalab) tayyorlanadi; ular plunjer jufti deb ataladi. Plunjer nasoslar (rasmga qarang), gidravlik presslar va koʻtargichlar, gidroyuritma zolotniklari va boshqalarda qoʻllanadi.[1]
Manbalar
[edit | edit source]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |