Islomobod
Islomobod
اسلامآباد | |
---|---|
| |
Nickname(s): Isloo, Yashil shahar | |
Davlat | Pokiston |
Adm. Birlik | Islomobod poytaxti hududi |
Tashkil topgan | 1960 |
Hudud | |
• Poytaxt | 220,15 km2 (90 sq mi) |
• Urbanizatsiya | 220,15 km2 (90 sq mi) |
• Metro | 906,50 km2 (400 sq mi) |
Balandligi | 490 m (1 600 ft) |
Aholisi (2023)[1] | |
• Poytaxt | 1 108 872 |
• Zichligi | 00 050/km2 (0 013/sq mi) |
Vaqt mintaqasi | UTC+05:00 (PKT) |
Postcode |
44000 |
Hudud kodi | 051 |
Veb-sayt | ictadministration.gov.pk |
Islomobod – Pokistonning poytaxti, mamlakatning shimoli-sharqida Himolay togʻlari etagida Potvar platosidagi vodiyda 550 m balandlikda joylashgan. Iqlim sharoiti juda qulay, iyulda eng yuqori temperatura 39°, yanvarda eng past temperatura 3° ga yetadi.
Islomobod maʼmuriy jihatdan markaziy hukumat tomonidan boshqariladigan federal poytaxt okrugi. Aholisi 529,2 ming kishi (1998). Xalqaro aeroport bor. Oziqovqat, yengil sanoat korxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan. Islomobodni qurish toʻgʻrisidagi qaror 1959-yilda qabul qilingan. Shaharni qurish 1961-yildan, avval poytaxt boʻlib turgan Ravalpindi shahridan 28 km narida boshlandi. Islomobod mahalliy meʼmoriy xususiyatlar bilan uygʻunlashtirilgan. Shaqar muntazam rejaga ega va zonalarga boʻlingan. Islomobodda Atom energiyasi instituti, Islomshunoslik instituti, Milliy kutubxona bor[2].
Etimologiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shahar 1960-yillarda davlatning maqsadli rejalashtirilgan poytaxti sifatida qurilgan. Bu nom „islom shahri“ („Islom“ + obod „shahar“) degan maʼnoni anglatadi, bu mantiqan mamlakatning rasmiy nomi – „Pokiston Islom Respublikasi“ ga mos keladi[3].
Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Islomobod iqlimi subtropik boʻlib, mavsumiy shamollar-mussonlar uning togʻ etaklarida joylashganligi kuchli taʼsir koʻrsatadi. Islomobod namligi yetarli boʻlgan hududda joylashgan. Har yili poytaxt hududida 900 mm gacha yogʻingarchilik kuzatiladi. Islomoboddagi eng issiq oy iyun oyi hisoblanadi. Iyun oyining oʻrtacha harorati +31,3 °C. Eng sovuq oy yanvar, oʻrtacha harorati +10,2 °C.
Shahar atrofidagi tabiiy oʻsimliklar choʻl savannalari (chiya, shuvoq, kapari, astragal) uchrab turadi. Pokiston poytaxtini oʻrab turgan yovvoyi qoplon , yovvoyi qoʻy va echkilar, fors jayronlari, sirtlonlar, shoqollar, yovvoyi choʻchqalar, yovvoyi eshaklar va koʻplab kemiruvchilarni oʻz ichiga oladi. Qushlar dunyosi xilma-xildir (burgutlar, tulporlar, tovuslar, to'tiqushlar). Islomobodda ilonlar koʻp.
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Islomobod kosmopolit shahar. Rasmiy tili – urdu. Urdu tili xalqaro aloqa vositasi va adabiy ijodning asosi sifatida katta ahamiyatga ega. Shu bilan birga, ingliz tili poytaxtning biznes va taʼlim sohasida keng tarqalgan. Urdu tili kundalik hayotda unchalik keng qoʻllanilmaydi (shahar aholisining 10% ga yaqini uni oʻz ona tili deb bilishadi). Panjob tili eng keng tarqalgan til boʻlib, Islomobod aholisining 72% ona tili hisoblanadi. Ikkinchi oʻrinni urdu va pushtu tillari egallaydi (har birida 10% aholi), boshqa tillarda shahar aholisining 1% dan kamrogʻi soʻzlashadi[4].
Islom Pokistonda davlat dini boʻlgani sababli Islomobod aholisining katta qismi (95,53%) musulmonlardir. Ularning aksariyati sunniylik harakati tarafdorlari, shialar ham bor. Islomobod aholisining 1,59 foizini xristianlar, 1,6 foizini hindular tashkil qiladi[5].
1972 | 1981 | 1998 | 2012 | 2017 |
---|---|---|---|---|
76 641 | 204 364 | 529 180 | 1 082 262 | 2 006 572 |
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Islomobod Hind havzasigi eng qadimgi sivilizatsiya markazlaridan biridir. Islomobod asosiy madaniy markazlardan shimolda joylashgan, ammo odamlar Pokistonning hozirgi poytaxti atrofidagi hududda qadim zamonlardan beri yashab kelishgan. Bu yerda Markaziy Osiyo, Hindiston yarim oroli va Tibet mamlakatlarini bogʻlaydigan eng muhim savdo yoʻllari kesishgan.
Bunday qulay iqtisodiy mavqe Islomobodning raqib shahri Ravalpindining rivojlanishiga juda ijobiy taʼsir koʻrsatgan. 1959-yilda pokistonliklar yangi shahar qurishga qaror qilishgan. Keng koʻlamli loyiha 1960-yilga kelib yunon arxitektori Konstantinos Doxiadis boshchiligida ishlab chiqilgan. Rejani bir qator xorijlik va pokistonlik mutaxassislar amalga oshirgan.
2008-yilda Daniyaning Islomoboddagi elchixonasiga terrorchilik hujumi uyushtirilgan va 6 kishi vafot halok boʻlgan[7].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Announcement of Results of 7th Population and Housing Census-2023“. Pakistan Bureau of Statistics (www.pbs.gov.pk) (2023-yil 5-avgust). 2023-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-noyabr.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Поспелов 2002.
- ↑ „Конституция (Вторая Поправка), 1974 год.“. 2001-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 3-sentyabr.
- ↑ „Population by religion“ (PDF) (deadlink). 2006-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 7-iyul.
- ↑ „Islāmābād“ (en). World Gazetteer. 2012-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 30-sentyabr.
- ↑ „Timeline of Suicide Blasts in Islamabad“ (en). Ohmy News (2008-yil 25-sentyabr). 2017-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 7-iyul.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |