Kontent qismiga oʻtish

Zulkifl

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Zul-Kifl alayhis-salomdan yoʻnaltirildi)

Zulkifl – Qurʼonda nomi zikr etilgan paygʻambarlardan biri. Asl ismi Bishr. Ayyub (as)ning oʻgʻli. Qaysi qavmga paygʻambar etib yuborilgani haqida Qurʼonda aniq oyat yoʻq. Lekin baʼzi rivoyatlarda rumliklar iymon keltirib unga ergashganliklari naql etiladi. Bu qavm Zulkifldan uzoq umr koʻrishni Allohdan soʻrashni iltimos qilgan, Parvardigor Zulkiflning duosini qabul etib, ular „oʻzlari xohlamaguncha oʻlmaslar, bunga sen ham kafil boʻlgin“ degan vahiy keladi. Bishr oʻz qavmiga bu bashoratni yetkazdi. Iloxiy vahiyga oʻzi kafil boʻldi. Shu sababli uni Zulkifl (kafolat sohibi) deb atay boshlaganlar. Iroqda al-Xilla yaqinida odamlar Zulkiflning qabri deb hisoblaydigan ziyoratgoh bor. Boshqa joylarda ham Zulkifl maqbarasi mavjudligi, jumladan u Termiz yaqinida dafn etilganligi haqida rivoyat qiladilar (qarang Zulkifl maqbarasi)[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil