Kontent qismiga oʻtish

Yangi Oʻzbekiston universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yangi Oʻzbekiston universiteti
Xalqaro nomi
New Uzbekistan University
Turi Universitet
Asos solingan sanasi 2021
Fakultetlar 5
Bakalavriat 4 yil

Yangi Oʻzbekiston universiteti - Oʻzbekistondagi oliy taʼlim muassasasi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2021-yil 23-iyundagi qarori bilan tashkil etilgan[1]. Universitet tashkil etilishi haqida 2021-yil 21-may kuni Toshkentda oʻtkazilgan „Besh tashabbus harakati“ tadbirida maʼlum qilingan[2]. Universitet 8000 talabaga moʻljallangan[3]. Universitetga birinchi yil kirish imtihonlari 2021-yilning sentabr oyida oʻtkaziladi va oʻqish oktabr oyidan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti binosida boshlanadi[4].

Birinchi imtihon

Yangi Oʻzbekiston universitetiga birinchi imtihon 2021-yilning 6-sentabri kuni Toshkentda, „Bunyodkor“ stadioni tashqi maydonida boʻlib oʻtdi. Imtihonning 1-saralash bosqichida qatnashish uchun 6000 dan ortiq talabgor qatnashdi, 1-bosqichdan 1213 kishi muvaffaqqiyatli oʻtib test jarayonlarida qatnashdi. Imtihon uch soat davom etdi, har bir fan uchun 90 daqiqa vaqt belgilandi. Testlar ingliz tilida boʻlib oʻtdi[5].

Manbalar