Kontent qismiga oʻtish

Shavkat Mirziyoyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shavkat Mirziyoyev

Rasmiy portret (2018)
 2-Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti
Mansab davri
2016-yil 14-dekabr – hozirgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Oʻtmishdoshi Islom Karimov
Nigʻmatilla Yoʻldoshev (v.b.)
uning oʻzi v.b.
3-Oʻzbekiston Bosh vaziri
Mansab davri
2003-yil 12-dekabr – 2016-yil 14-dekabr
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Oʻtkir Sultonov
Vorisi Abdulla Aripov
Samarqand viloyati hokimi
Mansab davri
2001-yil 11-sentabr – 2003-yil 11-dekabr
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Erkin Roʻziyev
Vorisi Rustam Xolmurodov
Jizzax viloyati hokimi
Mansab davri
1996-yil 11-sentabr – 2001-yil 11-sentabr
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Alisher Toshkenboyev
Vorisi Ubaydulla Yamanqulov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
Shavkat Miromonovich Mirziyoyev

24-iyul 1957-yil (1957-07-24) (67 yosh)
Zomin tumani, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Siyosiy partiyasi Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi (2016–hozirgacha)
Turmush oʻrtogʻi Ziroatxon Hoshimova
Bolalari 3
Istiqomat joy(lar)i Qibray tumani, Toshkent
Ilmiy unvoni texnika fanlari nomzodi
Maʼlumoti Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti
Mukofotlari

Mehnat shuhrati ordeni
Danaker ordeni 1-darajali Doʻstiq ordeni

Vebsayti president.uz/en

Shavkat Miromonovich Mirziyoyev (24-iyul, 1957-yil, Zomin tumani, Jizzax viloyati, OʻzSSRda tugʻilgan) — Oʻzbekiston davlat va siyosat arbobi. Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi prezidenti, Qurolli kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni (2016-yildan hozirgacha). Turli yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri (2003—2016) va Jizzax, Samarqand viloyatlari hokimi (1996—2003) lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Hayoti

Shavkat Mirziyoyev 1957-yil 24-iyulda Jizzax viloyati Zomin tumanida tavallud topgan.

Faoliyati

Mehnat faoliyatini 1981-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida boshlab, kichik ilmiy xodim, katta oʻqituvchi, dotsent, oʻquv ishlari boʻyicha prorektor lavozimlarida ishladi. 1988-yilda „Paxta terish mashinalari sugʻorish agregatlarida ishlayotganda terim uskunalarining texnik barqarorligini taʼminlash“ mavzusida nomzodlik ishini himoya qilgan.

1990-yili Respublika Oliy Soveti deputatligiga saylanib, bir vaqtning oʻzida Mandat komissiyasining raisi sifatida ham faoliyat koʻrsatdi.

1992-yilda Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

1996-2001-yillarda Jizzax viloyati hokimi.

2001-2003-yillar mobaynida Samarqand viloyati hokimi lavozimlarida ishladi.

1995-2003-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputati sifatida ham faoliyat olib bordi.

2003-yilda Oʻzbekiston Bosh vaziri etib tasdiqlandi[1][2] va 2005, 2010, 2015-yillarda Oliy Majlis palatalari tomonidan ushbu lavozimga yana uch marta qayta tasdiqlandi.

2016-yil 2-sentabrda Prezident Islom Karimovning vafot etishi munosabati bilan Oliy Majlis Mirziyoyevni Birinchi Prezident dafn marosimini oʻtkazish boʻyicha komissiyaga rais etib tayinladi.

Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin, 6-sentabr 2016-yil
Mirziyoyev Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan.

2016-yil 8-sentabrda Prezident vazifasini bajaruvchi, Oliy Majlis Senati raisi Nigʻmatilla Yoʻldoshev mamlakat rahbari vazifasini vaqtincha bajarish mas’uliyatini oʻzidan soqit qilib, oʻrniga Mirziyoyevni tavsiya qildi[3].

2016-yil 19-oktabr kuni Oʻzbekiston Liberal Demokratik Partiyasining VIII sʼezdi boʻlib oʻtdi. Unda partiya siyosiy kengashi aʼzosi Sh. Mirziyoyev nomzodini Prezidentlikka nomzod sifatida tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror qabul qilindi[4].

2016-yil 4-dekabr kuni boʻlib oʻtgan Prezident saylovi yakunlari boʻyicha saylovchilarning 88,61 foiz ovozi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi[5].

2016-yil 14-dekabrda rasman oʻz vazifasini bajarishga kirishdi[6].

2021-yil 24-oktabrda 2-muddatga Oʻzbekiston Prezidenti etib saylandi. 6-noyabrda inauguratsiya marosimi boʻldi.

2023-yil 9-iyulda 3-muddatga Oʻzbekiston Prezidenti etib saylandi. 14-iyulda inauguratsiya marosimi boʻldi[7].

Prezidentligi

Mirziyoyevning prezident sifatidagi vakolati 2016-yil 14-dekabrda, oʻzidan oldingi prezident Islom Karimov vafotidan soʻng bosh vazir va prezident lavozimlariga tayinlanishi bilan boshlangan. Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga muvofiq, uning vakolati 2023-yilda qayta saylangani sababli 2030-yilgacha davom etadi.

Xorijiy davlatlarga tashriflari

AQSh Davlat kotibi Mike Pompeo bilan Davlat departamentida, 2018-yil 17-mayda.

Quyida Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat rahbari sifatida xorijiy davlatlarga qilgan rasmiy tashriflari keltirilgan[8][9]:

# Davlat Tashrif sanasi Sabab
51 Rossiya bayrogʻi Rossiya 26-27.12.2022 Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlarning rahbarlarining norasmiy sammiti[10]
50 Fransiya bayrogʻi Fransiya 21-22.11.2022 ikki tomonlama hamkorlik
49 Vengriya bayrogʻi Vengriya 3-4.10.2022 ikki tomonlama hamkorlik[11]
48 Janubiy Koreya bayrogʻi Koreya Respublikasi 16-17.12.2021 ikki tomonlama hamkorlik
47 Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston 5-6.12.2021 ikki tomonlama hamkorlik[12]
46 Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston 27-28.11.2021 Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining oʻn beshinchi sammiti[13]
45 Rossiya bayrogʻi Rossiya 16-18.11.2021 oʻzaro hamkorlik
44 Turkiya bayrogʻi Turkiya 11-16.11.2021 Turkiy davlatlar sammiti[14]
43 Tojikiston bayrogʻi Tojikiston 16-17.09.2021 Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti[15]
42 Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston 5-6.08.2021 Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi[16]
41 Tojikiston bayrogʻi Tojikiston 10.06.2021 oʻzaro hamkorlik[17]
40 Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston 29.04.2021 oʻzaro hamkorlik[18]
39 Rossiya bayrogʻi Rossiya 23-24.06.2020 Gʻalabaning 75 yilligi[19]
38 Turkiya bayrogʻi Turkiya 19-22.02.2020 oʻzaro hamkorlik[20]
37 Yaponiya bayrogʻi Yaponiya 16-18.12.2019 oʻzaro hamkorlik[21]
36 Ozarbayjon bayrogʻi Ozarbayjon 13-15.10.2019 turkiyzabon davlat rahbarlari majlisi
35 Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston 10-11.10.2019 Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi davlat rahbarlari majlisi
34 Belorussiya bayrogʻi Belarus 31.07.2019 oʻzaro hamkorlik[22]
33 Qirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston 14-16.06.2019 Bishkekdagi ShHT sammiti (2019)
32 Xitoy bayrogʻi Xitoy 24-27.04.2019 oʻzaro hamkorlik
31 BAA bayrogʻi Birlashgan Arab Amirliklari 24-26.03.2019 oʻzaro hamkorlik
30 Olmoniya bayrogʻi Olmoniya 21-23.01.2019 oʻzaro hamkorlik
29 Hindiston bayrogʻi Hindiston 18.01.2019 Xalqaro investitsiya sammiti
28 Rossiya bayrogʻi Rossiya 06.12.2018 oʻzaro hamkorlik
27 Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston 26-27.11.2018 Shanxay hamkorlik tashkiloti majlisi
26 Fransiya bayrogʻi Fransiya 9-10.10.2018 oʻzaro hamkorlik
25 Hindiston bayrogʻi Hindiston 02.10.2018 oʻzaro hamkorlik
24 Tojikiston bayrogʻi Tojikiston 27-28.09.2018 MDH sammiti
23 Qirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston 03.09.2018 Turkiyzabon davlatlar hamkorlik kengashi sammiti[23]
22 Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston 24-25.08.2018 Orol dengizi masalasidagi xalqaro anjuman[24]
21 Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston 5-6.07.2018 oʻzaro hamkorlik[25]
20 Rossiya bayrogʻi Rossiya 14.06.2018 FIFA Jahon chempionati 2018 ochilish marosimi[26]
19 Xitoy bayrogʻi Xitoy 8-9.06.2018 Sindaodagi ShHT sammiti (2018)
18 AQSH bayrogʻi AQSh 15-17.05.2018 oʻzaro hamkorlik[27][28]
17 Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston 15-16.03.2018 oʻzaro hamkorlik[29]
16 Tojikiston bayrogʻi Tojikiston 9-10.03.2018 oʻzaro hamkorlik
15 Janubiy Koreya bayrogʻi Koreya Respublikasi 22-25.11.2017 oʻzaro hamkorlik
14 Turkiya bayrogʻi Turkiya 25.10.2017 oʻzaro hamkorlik
13 Rossiya bayrogʻi Rossiya 9.10.2017 MDH sammiti
12 AQSH bayrogʻi AQSh 19.09.2017 BMT sammiti
11 Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston 17.9.2017 V Osiyo oʻyinlari marosimi
10 Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston 9.9.2017[30] oʻzaro hamkorlik, Expo 2017
9 Qirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston 5.9.2017 oʻzaro hamkorlik, chegara masalalari
8 Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston 9.6.2017 oʻzaro hamkorlik, Ostonadagi ShHT sammiti (2017)
7 Saudiya Arabistoni bayrogʻi Saudiya Arabistoni 22.05.2017 Islom konferensiyasi tashkiloti sammiti
6 Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston 20.05.2017 oʻzaro hamkorlik
5 Xitoy bayrogʻi Xitoy 13.05.2017 oʻzaro hamkorlik
4 Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston 28.04.2017 oʻzaro hamkorlik
3 Rossiya bayrogʻi Rossiya 05.04.2017 oʻzaro hamkorlik
2 Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston 23.03.2017 oʻzaro hamkorlik
1 Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston 06.03.2017 oʻzaro hamkorlik

Tashriflar soni

Davlat Tashriflar
Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston 8
Rossiya bayrogʻi Rossiya 6
Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston 8
Xitoy bayrogʻi Xitoy 3
Qirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston 3
Tojikiston bayrogʻi Tojikiston 5
AQSH bayrogʻi AQSh 2
Hindiston bayrogʻi Hindiston 2
Turkiya bayrogʻi Turkiya 3
Saudiya Arabistoni bayrogʻi Saudiya Arabistoni 1
Janubiy Koreya bayrogʻi Koreya Respublikasi 2
Fransiya bayrogʻi Fransiya 1
Olmoniya bayrogʻi Olmoniya 1
BAA bayrogʻi Birlashgan Arab Amirliklari 1
Belorussiya bayrogʻi Belarus 1
Ozarbayjon bayrogʻi Ozarbayjon 1

Mukofotlari

Oilasi

Otasi – Miromon Mirziyoyev, Zomin tumanidagi sil kasalliklari dispanseri bosh shifokori boʻlgan. 2000-yillar boshlarida vafot etgan[43].

Turmush oʻrtogʻi – Hoshimova Ziroatxon Mahmudovna, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutini bitirgan, muhandis-iqtisodchi, ayni paytda uy bekasi[44].

Qizi – Mirziyoyeva Shahnoza Shavkatovna, Oʻzbekiston maktabgacha taʼlim vazirligi boshqarma boshligʻi. Turmush oʻrtogʻi Umarov Otabek Muhammadaliyevich, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati boshligʻining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi vitse-prezidenti va Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidenti[45].

Qizi – Saida Shavkatovna Mirziyoyeva. Prezident yordamchisi[46].

Asarlari

Erkin va farovon, demokratik Oʻzbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bagʻishlangan Oliy Majlis palatalarining qoʻshma majlisidagi nutq / Sh.M. Mirziyoyev. — Toshkent : Oʻzbekiston, 2016. — 56 b.

Tanqidiy tahlil, qatʼiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik — har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi boʻlishi kerak. Mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga moʻljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi maʼruza, 2017-yil 14-yanvar / Sh.M. Mirziyoyev. — Toshkent : Oʻzbekiston, 2017. — 104 b.

Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini taʼminlash — yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi maʼruza. 2016-yil 7-dekabr /Sh.M.Mirziyoev. — Toshkent: „Oʻzbekiston“, 2017. — 48 b.

Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Mazkur kitobdan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2016-yil 1-noyabrdan 24-noyabrga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri saylovchilari vakillari bilan oʻtkazilgan saylovoldi uchrashuvlarida soʻzlagan nutqlari oʻrin olgan. /Sh.M.Mirziyoev. — Toshkent: : „Oʻzbekiston“, 2017. — 488 b[47].

Manbalar

  1. Biografiya
  2. Biografiya[sayt ishlamaydi]
  3. Yoʻldoshev
  4. Shavkat Mirziyoyevning tarjimai holi | OʻzLiDeP, 2016-11-19da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-11-18
  5. Saylov natijalari
  6. Shavkat Mirziyoyevning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari eʼlon qilindi
  7. „O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti o‘z lavozimiga kirishdi“ (2023-yil 14-iyul). 2023-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-iyul.
  8. „Xorijga tashriflar“. 2017-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-avgust.
  9. https://m.kun.uz/news/2018/04/22/savkat-mirzieevning-halkaro-tasriflari-sarisob-va-kejingi-davlatlar
  10. https://president.uz/uz/lists/view/5794
  11. https://president.uz/uz/lists/view/5582
  12. https://president.uz/uz/lists/view/4801
  13. https://president.uz/uz/lists/view/4789
  14. https://president.uz/uz/lists/view/4759
  15. https://president.uz/uz/lists/view/4616
  16. https://president.uz/uz/lists/view/4528
  17. https://president.uz/uz/lists/view/4411
  18. https://president.uz/uz/lists/view/4316
  19. https://m.kun.uz/news/2020/06/22/shavkat-mirziyoyev-amaliy-tashrif-bilan-moskvada-boladi
  20. https://m.kun.uz/news/2020/02/19/shavkat-mirziyoyev-turkiyaga-jonab-ketdi
  21. https://m.kun.uz/news/2019/12/16/shavkat-mirziyoyevning-yaponiyaga-tashrifi-doirasida-50ga-yaqin-hujjat-imzolanadi
  22. https://m.kun.uz/news/2019/07/31/shavkat-mirziyoyev-minskka-yetib-bordi
  23. https://m.kun.uz/news/2018/09/02/savkat-mirzieevning-kejingi-ikki-oj-icidagi-tigiz-ucrasuvlar-grafigi-malum-buldi
  24. https://m.kun.uz/news/2018/08/24/savkat-mirzieev-turkmanistonga-zunab-ketdi
  25. https://m.kun.uz/news/2018/07/04/savkat-mirzieev-kozogistonga-boradi
  26. Shavkat Mirziyoev Rossiyaga borishi rasman tasdiqlandi
  27. https://kun.uz/news/2018/05/10/savkat-mirzieevning-aksga-ilk-rasmij-tasrifi-anik-sanasi-malum-buldi
  28. https://m.kun.uz/news/2018/05/14/prezidentning-aksga-tasrifi-doirasida-85-milliard-dollarlik-sartnomalar-imzolanisi-kutilmokda
  29. [1]
  30. http://m.kun.uz/news/2017/09/09/savkat-mirzieev-ostona-sariga-etib-bordi
  31. PF-2072-son 27.08.1998. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining etti yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va iqtisodiy-ijtimoiy sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida
  32. Sh. Mirziyoyevni „Fidokorona xizmatlari uchun“ ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
  33. „Мирзиёев удостоен награды за проведение реформ в Узбекистане“ (ru). Sputnik Таджикистан (2017-yil 2-fevral). Qaraldi: 2019-yil 7-fevral.
  34. „Президенту Узбекистана вручили в Турции награду «За заслуги перед Евразией»“ (ru). Regnum (2018-yil 23-aprel). Qaraldi: 2019-yil 7-fevral.
  35. „В Турции президента Мирзиёева наградили премией «За заслуги перед Евразией»“ (ru). ИА EADaily (2018-yil 23-aprel). Qaraldi: 2019-yil 7-fevral.
  36. „Шавкат Мирзиёев назван «Человеком года в Азии»“ (ru). «Газета.uz» (2018-yil 21-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 7-fevral.
  37. Jung Hae-myoung. „Koo, Park named 'Asians of the Year'“ (en). The Korea Times (2018-yil 20-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 7-fevral.
  38. „Шавкат Мирзиёев Нагоя университетининг фахрий доктори бўлди“. Kun.uz.
  39. https://m.kun.uz/news/2020/01/05/shavkat-mirziyoyev-nufuzli-xalqaro-mukofot-bilan-taqdirlandi
  40. „President of Uzbekistan was awarded Supreme Order of Turkic World“. Qaraldi: 2023-yil 3-noyabr.
  41. „Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi“.
  42. „Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning «Oltin Qiron» ordeni bilan taqdirlandi“. kun.uz. Qaraldi: 8-avgust 2024-yil.
  43. „Zomin tumani“. 2020-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-dekabr.
  44. „Ziroatxon Hoshimova“. 2017-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-dekabr.
  45. https://m.kun.uz/news/2020/02/09/otabek-umarov-xalqaro-tashkilot-rahbariga-aylandi
  46. „Saida Mirziyoyeva prezident yordamchisi lavozimiga tayinlandi“. Kun.uz (25-avgust 2023-yil). Qaraldi: 7-sentyabr 2023-yil.
  47. Shavkat Mirziyoev: „Bizda 27 yilda turizm boʻlmagan. Davlat yopiq boʻlgan“

Havolalar