Kontent qismiga oʻtish

Christian Eriksen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kristian Eriksen
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Kristian Dannemann Eriksen[1]
Tavallud sanasi 14-fevral 1992-yil (1992-02-14) (32 yosh)[2]
Tavallud joyi Middelfart, Daniya
Boʻyi 1.82 m[3]
Ampluasi Hujumkor yarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Manchester United
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1995-2005 Middelfart G&BK
2005-2008 OB
2008-2010 Ajax
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2010-2013 Ajax 113 (25)
2013-2020 Tottenham Hotspur 226 (51)
2020-2021 Inter Milan 43 (4)
2021-2022 Brentford 11 (1)
2022-… Manchester United 0 (0)
Milliy terma jamoa
2007-2009 Daniya U17 27 (9)
2009 Daniya U18 5 (1)
2009 Daniya U19 3 (1)
2011 Daniya U21 3 (1)
2010- Daniya 115 (38)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(22-may uchun)

Kristian Dannemann Eriksen (1992-yil 14-fevralda tugʻilgan) — Daniyalik professional futbolchi, Premer-liganing " Manchester Yunayted " klubi va Daniya terma jamoasida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Kristian Eriksen oʻzining proffesional faoliyatini 2010-yil 18 yoshida „Ayaks“da boshlagan. U klubi bilan uchta Eredivizion chempioni va KNVB kubogini qoʻlga kiritgan. Istedodli yarimhimoyachi 2013-yilda „Tottenxem“ga 11 million funt sterling (12,45 million yevro) evaziga shartnoma imzoladi, u erda u ikki marta klubining eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi, 2017-18 yilgi mavsumda PFA yilning eng yaxshi jamoasiga saylandi. U Tottenham jamoasi bilan 2019-yil UEFA Chempionlar Ligasi finaliga chiqadi. 2020-yilning yozida Eriksen 19,7 million evro (16,9 million funt) evaziga „ Inter“ ga oʻtdi va 2021 yilda shartnomasi oʻzaro bekor qilinishidan oldin A Seriya chempionligini qoʻlga kiritdi. Eriksen 2022-yilning qishida Brentfordga oʻtib Premer-ligaga qaytdi. U yerda muvvafaqiyatli oʻyin koʻrsatgan Eriksen 2022-yilning yozida Manchester Yunaytedga oʻtadi

Eriksen terma jamoa safidagi debyutini 2010-yil 18 yoshida qilgan. Shu kungacha u Daniya terma jamoasi safida 110 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan, jumladan toʻrtta yitik turnirda ishtirok etgan, 2010 yilgi futbol boʻyicha jahon chempionatida ham eng yosh futbolchi boʻlgan. Eriksen oʻz mamlakatining barcha vaqtlardagi eng koʻp toʻpurarlari boʻyicha beshinchi oʻrinni egalladi va besh marta Daniyaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 2021-yil 12-iyun kuni Finlandiyaga qarshi UEFA Evro-2020 o‘yini vaqtida Eriksen yurak xurujidan so‘ng maydonga yiqilib tushdi; unga kardiopulmoner reanimatsiya berildi va keyinchalik implantatsiya qilinadigan kardioverter-defibrilator oʻrnatildi.

Klubdagi faoliyati

Middelfart va Odense

Daniyaning Middelfart shahrida tugʻilgan Eriksen mahalliy Middelfart G&BK akademiyasiga otasi Tomas olib bordi. [4]. Oʻsha paytlarda Eriksenning otasi ham murabbiylardan biri edi va 2004 yilda yoshlar chempionatida toʻrt yil ichida magʻlubiyatsiz uch marta chempionlik olib keladi. [5] Keyingi yili u Daniya yoshlar chempionatida Odense Boldklub jamoasiga qoʻshildi va bir yil ichida klubga chempionlikka yordam berdi. Aynan Odense Boldklubda Eriksen oʻzining texnik qobiliyatini koʻrsata boshladi, dribling va jarima zarbalari texnikasi oʻsha paytdagi murabbiy Tonni Hermansen tomonidan maqtovga sazovor boʻldi. [5] Uning yoshlar chempionatidagi harakatlari Evropaning bir qator yirik klublari, jumladan, "Chelsi" va "Barselona „ning eʼtiborini tortdi. [6] Oxir-oqibat Eriksen ikkala klubga ashadiy raqib boʻlgan, “Real Madrid", "Manchester Yunayted" va "Milan " bilan sinovlardan oʻtdi, lekin " Ayaks "ga oʻtishga qaror qildi va u shunday dedi: „Mening birinchi qadamim juda katta boʻlmasligi kerak. Gollandiyada oʻynash mening rivojlanishim uchun juda foydali boʻlishini bilardim. Men Ayaksga keldim va bu ajoyib variant edi.“ [7]

Oʻyin uslubi

Jahon futbolida Kristian Eriksen asosan " klassik oʻninchi raqam " sifatidagi futbolchi deb yuritiladi [8] Eriksenning maydondagi pozitsiyasi — maydon markazida hujumchilar orqasida hujumkor yarim himoyachi sifatida erkin rol.[9] [10] ammo, u taktik jihatdan koʻp qirrali oʻyinchi, u markaziy yarim himoyachi yoki 4-3-3 tizimida ham oʻynashga qodir (xuddi „Ayaks“dagi birinchi yillarida boʻlgani kabi), [11] [12] U baʼzida chap qanotda yoki ikkinchi hujumchi sifatida ham oʻynatilgan. [12]

Koʻrish qobiliyati, masofani bosib oʻtishi, kesib oʻtishning aniqligi, toʻplarni etkazib berish, ijodkorlik, texnik koʻnikmalar, harakat va oʻyinni oʻqish qobiliyati, shuningdek, yaxshi muvozanat va muvofiqlashtirish qobiliyatiga ega boʻlgan kamyob futbolchi. Eriksen oʻz qobiliyati uchun ekspertlar tomonidan yuqori baholanadi oʻzining harakatlari bilan jamoasi uchun hujum tashkil qilish, passlari bilan boʻshliqlar yaratish yoki uning mahorati uni samarali pleymeykerlik qobiilyati uni haqiyqiy oʻyin yaratuvchiga aylantiradi. U oʻz isteʼdodidan tashqari, maydondagi mehnatkashligi va aql-zakovati bilan ham tanilgan. [13] [14] [15] [12] [16] [17] U, shuningdek, jarima zarbalaridan gol urishga, tabiiy ravishda oʻng oyoqli boʻlishiga qaramay, ayniqsa, uzoq masofadan turib toʻpni ikki oyogʻi bilan kuchli va aniq zarba berish qobiliyati bilan mashhur; [12] [16] [17][5] [18] [19]

Oʻyin uslubi, millati tufayli ekspertlar uni yoshligida vatandoshlari Maykl va Brayan Laudrup [13] [20], shuningdek, Uesli Sneyder va Rafael van der Vart ga oʻxshatishadi Manba xatosi: Closing </ref> missing for <ref> tag Eriksen ham oʻzining kumiri sifatida Franchesko Tottini tilga oldi. [21]

Shaxsiy hayot

Eriksen yoshligidan sevgan qiz Sabrina Kvist Jensen bilan yashaydi. [22] [23] Ularning ikki farzandi, bir o‘g‘li va bir qizi bor. [24] [25] Eriksenning singlisi Luiza Eriksen ham futbolchi boʻlib Elitedivisionenda KoldingQ jamoasida toʻp suradi va uning sardori hisoblanadi. [26] [27]

Individual sovrinlari

  • Ajax „Kelajak isteʼdodi“ (Sjaak Swart mukofoti) 2010 [28]
  • Ayaks yilning eng yaxshi iqtidori (Marko van Basten mukofoti): 2011 [29]
  • Daniya U-17 yilning eng yaxshi iqtidori : 2008 [30]
  • Daniyada yilning eng yaxshi iqtidori : 2010, 2011 [31]
  • Yoxan Kroyff kubogi : 2011 [20]
  • Gollandiyalik yilning eng yaxshi futbolchisi bronza butsasi: 2012 [28]
  • Daniyada yilning eng yaxshi futbolchisi : 2013, 2014, 2015, 2017, 2018 [32]
  • TV2 va DBU tomonidan Daniyadagi yilning eng yaxshi futbolchisi : 2011, 2013, 2014, 2017 [33]
  • Yilning PFA jamoasi : 2017-18 Premer-liga [34]
  • „Tottenxem“ ning eng yaxshi futbolchisi: 2013-14, 2016-17 [35] [36]
  • UEFA Chempionlar ligasining mavsumdagi eng yaxshi yarim himoyachisi 2-oʻrin: 2018-19 [37]
  • Premer-ligada oyning eng yaxshi goli : 2018 yil aprel [38]
  • FIFA FIFPro World11 nomzodi: 2019 (14-yarim himoyachi) [39]

Manbalar

  • Daniya futbol assotsiatsiyasi veb-saytidagi profil
  1. „FIFA World Cup Russia 2018: List of Players: Denmark“. FIFA (2018-yil 15-iyul). 2019-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  2. Andoza:Hugman
  3. „Christian Eriksen“. Tottenham Hotspur F.C.. 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „The making of Christian Eriksen: from the start he was a 'wow' footballer“.
  5. 5,0 5,1 5,2 Ames, Nick. „The making of Christian Eriksen: from the start he was a 'wow' footballer“. The Guardian (2018-yil 15-iyun). Qaraldi: 2018-yil 25-iyun.
  6. „FC Barcelona kigger på OB-talent“ (da). BT.
  7. „De eerste stap moest niet te groot zijn, Ajax was fantastische optie“ (nl). Voetbalzone (2011-yil 28-fevral). Qaraldi: 2011-yil 28-fevral.
  8. „Eriksen puts faith in Ajax way by Berend Scholten“.
  9. Barcellona. „Il Tottenham è una squadra senza compromessi“ (it). www.ultimouomo.com (2018-yil 12-fevral). Qaraldi: 2020-yil 28-yanvar.
  10. Barcellona. „Eriksen cambierebbe l'Inter“ (it). www.ultimouomo.com (2020-yil 21-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 28-yanvar.
  11. va 4-2-3-1 sxemasida oʻng qanot yarimhimoyachisi sifatida.
  12. 12,0 12,1 12,2 12,3 Barcellona. „Eriksen cambierebbe l'Inter“ (it). www.ultimouomo.com (2020-yil 21-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 28-yanvar.
  13. 13,0 13,1 „Eriksen puts faith in Ajax way by Berend Scholten“. UEFA (2010-yil 13-mart). Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "uefafaith" defined multiple times with different content
  14. Barcellona. „L'ultima frontiera del trequartista moderno“ (Italian). www.ultimouomo.com (2017-yil 17-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 28-yanvar.
  15. Barcellona. „Il Tottenham è una squadra senza compromessi“ (it). www.ultimouomo.com (2018-yil 12-fevral). Qaraldi: 2020-yil 28-yanvar.
  16. 16,0 16,1 Krogh. „Eriksen the right man for Inter“. football-italia.net. Football Italia (2020-yil 16-yanvar). 2021-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-yanvar.
  17. 17,0 17,1 Smith. „Is Tottenham midfielder Christian Eriksen the Premier League's top creator?“. Sky Sports (2017-yil 23-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 29-yanvar.
  18. „Christian Eriksen the Premier League's best free kick taker says Fabianski“. ESPN FC (2015-yil 5-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 28-yanvar.
  19. „Eriksen completes transfer to Inter from Tottenham“. The Washington Post (2020-yil 28-yanvar). 2020-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-yanvar.
  20. 20,0 20,1 Scholten. „Janssen named Netherlands' finest“. UEFA (2011-yil 23-may). Qaraldi: 2011-yil 6-iyun. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "talented" defined multiple times with different content
  21. „Eriksen: 'Totti il mio idolo. E a Football manager...'“ (it). Calciomercato.com (2020-yil 5-fevral). Qaraldi: 2021-yil 14-iyun.
  22. „Christian Eriksen deler sød hemmelighed: Det hedder sønnike“. SE og HØR (2018-yil 31-dekabr).
  23. June 2021. „Euro 2020 – Who is Christian Eriksen's wife and does he have kids?“. fourfourtwo.com (2021-yil 12-iyun).
  24. „Har holdt det hemmeligt i månedsvis: Nu afslører Christian Eriksen sønnens navn“. B.T. (2018-yil 31-dekabr).
  25. „Family of 4 😍❤️“ (2020-yil 31-dekabr). 2021-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-iyun.
  26. „Eriksen om lillesøster på landsholdet: Hun har også været lidt jaloux på mig“ (da). DR (2017-yil 23-mart).
  27. „Det bliver i familien: Søster Eriksen udtaget til landsholdet“ (da). DR (2017-yil 22-mart).
  28. 28,0 28,1 „Tottenham confirm the signing of midfielder Christian Eriksen from Ajax“ (en). Sky Sports (2013-yil 31-avgust). Qaraldi: 2017-yil 19-mart.
  29. „Stekelenburg Ajacied van het Jaar, Christian Eriksen Talent van het Jaar“ (nl). AFC Ajax (2011-yil 15-may). 2011-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 6-iyun.
  30. „Danish starlet Eriksen opts for Ajax“. UEFA (2008-yil 17-oktyabr). Qaraldi: 2010-yil 19-aprel.
  31. „Tottenham Hotspur Star Christian Eriksen Wins Danish Player of the Year Award“. Inside Futbol (2015-yil 10-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 20-yanvar.
  32. „Årets Mandlige Fodboldspiller“. spillerforeningen.dk. Qaraldi: 2022-yil 27-iyun.
  33. „Årets spiller“. dbu.uk. Qaraldi: 2022-yil 27-iyun.
  34. „Manchester City players dominate PFA team of the year“. BBC Sport (2018-yil 18-aprel). Qaraldi: 2018-yil 5-may.
  35. „Christian and Dele's Club Awards Double“. Tottenham Hotspur F.C. (2017-yil 13-may). Qaraldi: 2017-yil 16-noyabr.
  36. „Christian's pride“. Tottenham Hotspur F.C. (2015-yil 11-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 20-yanvar.
  37. Union of European Football Associations. „UEFA Champions League Midfielder of the Season 2018/19“. UEFA.com (2019-yil 29-avgust). Qaraldi: 2019-yil 6-oktyabr.
  38. „Eriksen strike wins Carling Goal of the Month“. Premier League (2018-yil 9-may). Qaraldi: 2018-yil 9-may.
  39. „Rankings: How All 55 Male Players Finished“. FIFPro World Players' Union (2019-yil 23-sentyabr).