Kontent qismiga oʻtish

Hugo Boss

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2024-yil 23-yanvar, 19:24 dagi Abdufattohov Ibrohimjon (munozara | hissa) versiyasi
(farq) ←Avvalgi koʻrinishi | Hozirgi koʻrinishi (farq) | Yangiroq koʻrinishi→ (farq)

Hugo Boss AG - nemis moda va layfstayl uyi bo'lib, u Germaniyaning Metzingen shaxrida joylashgan. Uning faoliyati yuqori sifatli erkak va ayollar kiyimlari ishlab chiqarish bilan bog'liq. U o'z asoschisi - Hugo Ferdinand Boss (1885–1948) nomi bilan atalgan.

Jahon bo'ylab, Hugo Boss hozirda 110 mamlakatda joylashgan, 6,100 sotish nuqtalariga ega. Hugo Boss AG dunyo bo'ylab - 330-dan ortiq, boshqa franshizalar esa - 1000-dan ortiq katta va kichik do'konlarga egalik qilishadilar.

Kompahiya ikki asosiy brendiga ega: birinchisi - 'Boss' bo'lib, u o'z navbatida yana bo'linadi; ikkinchisi esa - 'Hugo'. Ushbu brendlar quyida ko'rsatilgan:

- Boss Black Erkaklar kiyimi (1970-yillarning boshida tashkil topgan)/ Ayollar kiyimi (2000-chi yilda tashkil topgan)
- Boss Orange Erkaklar kiyimi (1999-chi yilda tashkil topgan)/ Ayollar kiyimi (2005-chi yilda tashkil topgan)
- Boss Selection Erkaklar kiyimi (2003-chi yilda tashkil topgan)
- Boss Green Erkaklar kiyimi (2003-chi yilda qayta tashkil topgan)
- Hugo Erkaklar kiyimi (1993-chi yilda tashkil topgan)/ Ayollar kiyimi (1998-chi yilda tashkil topgan)

Shu bilan birga, Hugo Boss boshqa bir qancha litseziyalashtirilgan mahsulotlari - atir-upalar, kosmetika, soat va ko'zoynaklar ishlab chiqaradi. 2008-chi yildan boshlab, Hugo Boss Samsung Electronics kompaniyasi bilan uyali telefon va ularga aloqali aksessuarlar ishlab chiqarish borasida shartnoma tuzdi. Bundan tashqari, Hugo Boss o'zining Boss brendi asosisda bolalar kiyimini ishlab chiqarishni ham yo'lga qo'ydi.[1]

  1. Hugo Boss Annual Report 2008

Tashqi linklar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andoza:Companies portal Andoza:MDAX companies