Hugo Boss
Hugo Boss AG - nemis moda va layfstayl uyi bo'lib, u Germaniyaning Metzingen shaxrida joylashgan. Uning faoliyati yuqori sifatli erkak va ayollar kiyimlari ishlab chiqarish bilan bog'liq. U o'z asoschisi - Hugo Ferdinand Boss (1885–1948) nomi bilan atalgan.
Hozirda
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jahon bo'ylab, Hugo Boss hozirda 110 mamlakatda joylashgan, 6,100 sotish nuqtalariga ega. Hugo Boss AG dunyo bo'ylab - 330-dan ortiq, boshqa franshizalar esa - 1000-dan ortiq katta va kichik do'konlarga egalik qilishadilar.
Kompahiya ikki asosiy brendiga ega: birinchisi - 'Boss' bo'lib, u o'z navbatida yana bo'linadi; ikkinchisi esa - 'Hugo'. Ushbu brendlar quyida ko'rsatilgan:
- Boss Black Erkaklar kiyimi (1970-yillarning boshida tashkil topgan)/ Ayollar kiyimi (2000-chi yilda tashkil topgan)
- Boss Orange Erkaklar kiyimi (1999-chi yilda tashkil topgan)/ Ayollar kiyimi (2005-chi yilda tashkil topgan)
- Boss Selection Erkaklar kiyimi (2003-chi yilda tashkil topgan)
- Boss Green Erkaklar kiyimi (2003-chi yilda qayta tashkil topgan)
- Hugo Erkaklar kiyimi (1993-chi yilda tashkil topgan)/ Ayollar kiyimi (1998-chi yilda tashkil topgan)
Shu bilan birga, Hugo Boss boshqa bir qancha litseziyalashtirilgan mahsulotlari - atir-upalar, kosmetika, soat va ko'zoynaklar ishlab chiqaradi. 2008-chi yildan boshlab, Hugo Boss Samsung Electronics kompaniyasi bilan uyali telefon va ularga aloqali aksessuarlar ishlab chiqarish borasida shartnoma tuzdi. Bundan tashqari, Hugo Boss o'zining Boss brendi asosisda bolalar kiyimini ishlab chiqarishni ham yo'lga qo'ydi.[1]
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Hugo Boss Annual Report 2008
Tashqi linklar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Hugo Boss official site
- A biography of Hugo Boss (Wayback Machine saytida 2008-10-16 sanasida arxivlangan)
- Hugo Boss Perfumes and Colognes (Wayback Machine saytida 2016-01-09 sanasida arxivlangan)