Kontent qismiga oʻtish

Hantama binti Hishom

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2024-yil 7-noyabr, 10:21 dagi Oblakulova (munozara | hissa) versiyasi
(farq) ←Avvalgi koʻrinishi | Hozirgi koʻrinishi (farq) | Yangiroq koʻrinishi→ (farq)
Hantama binti Hishom
Tavalludi
Vafoti Makka, Arabiston
Turmush oʻrtogʻi Al-Xattob ibn Nufayl
Bolalari

Hantama binti Hishom (arabcha: حنتمة بنت هشام) – Roshidunning ikkinchi xalifasi Umar ibn al-Xattobning onasi, Xattob ibn Nufaylning xotini. VI asrda yashagan va Islom paygʻambari Muhammadning zamondoshi boʻlgan.

Ajdodi

Hantama binti Hishom Makkada Hishom ibn al-Mugʻiyra oilasida tugʻilgan.

Hishom ibn al-Mugʻiyra Quraysh boshliqlaridan biri Mugʻiyra ibn Abdullohning oʻgʻli edi. Uning qizlaridan biri Umarning onasi Hantama boʻlgan[1]. Xotini Asmo binti Muharraba bilan nikohidan Muhammadning kuchli raqibi Abu Jahl tugʻilgan[2].

Hayoti

Hantama ibn Hishom Makkada Hishom ibn al-Mugʻiyra oilasida tugʻilgan. Quraysh qabilasining Banu Maxzum urugʻidan boʻlgan.

Hantama ibn Hishom Qurayshning Banu Adiy urugʻidan boʻlgan Xattob ibn Nufaylga turmushga chiqqan. Birinchi farzandi Umarni taxminan milodiy 583 yoki 584-yillarda dunyoga keltirgan (Umar Makkadagi Banu Adiy urugʻida tugʻilgan[3]). Oradan bir necha yil oʻtib qizi Fotima binti Xattob tugʻilgan. Hantama 600-yillarning boshlarida vafot etgan. Qizi Fotima ham Banu Adiy qabilasidan boʻlgan kishi bilan oila qurgan.

Oilasi

Hantama binti Hishom Muhammadning koʻplab sahobalari bilan qarindosh edi.

Farzandlari:

  • Umar ibn al-Xattob – Hantama va al-Xattobning toʻngʻich oʻgʻli.
  • Fotima bint al-Xattob – qizi.
  • Zayd ibn al-Xattob – oʻgay oʻgʻli, al-Xattob va uning ikkinchi xotini Asmo bint Vahbning nikohidan dunyoga kelgan.

Kelin va kuyovlari:

Nevaralari:

Yana qarang

Manbalar

  1. Muhammad ibn Saad, Tabaqat al-Kabir vol. 3. Translated by Bewley, A. (2013). The Companions of Badr, p. 203. London: Ta-Ha Publishers,
  2. Muhammad ibn Saad, Tabaqat al-Kabir vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina, p. 209. London: Ta-Ha Publishers.
  3. „Umar Ibn Al-Khattab : His Life and Times, Volume 1“. archive.org.
  4. Muhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina. London: Ta-Ha Publishers.
  5. 5,0 5,1 Muhammad ibn Jarir al-Tabari. Tarikh al-Rusul waʼl-Muluk. Translated by Fishbein, M. (1997). Volume 8: The Victory of Islam. Albany: State University of New York Press.
  6. Muhammad ibn Ishaq. Sirat Rasul Allah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad. Oxford: Oxford University Press.

Adabiyotlar