Kontent qismiga oʻtish

Osim ibn Umar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Osim ibn Umar
عاصم بن عمر
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi taxminan 628-yil
Vafoti taxminan 689-yil
Madina
Dini Islom
Farzandlari
  • Hafs ibn Osim,
  • Umar ibn Osim,
Ota-onasi
Era Islom oltin davri
Tanilgan sohasi Tobein va hadis roviylaridan biri

Andoza:Wikidata image

Osim ibn Umar ibn al-Xattob (arabcha: عَاصِم بْنُ عُمَرَ بْنُ الْخَطَّاب; tax. 628–689) – ikkinchi Roshidun xalifasiUmar ibn al-Xattob[1] va Jamila binti Sobitning oʻgʻli, muhaddis.

Osim ibn Umar Muhammadning sahobalaridan biri, ikkinchi Roshidun xalifasi Umar ibn al-Xattobning oʻgʻli boʻlgan. Onasi ham sahobalardan edi.

Osimning otasi Umar Makkaning Banu Adiy urugʻidan boʻlgan[2]. Onasi Jamila Madinadagi Banu Avs qabilasining Amr ibn Avf urugʻidan Sobit ibn Abu al-Afloh va Shomus binti Abu Amirning qizi edi[3][4]. Uning ukasi Osim ibn Sobit Badr jangida ishtirok etganlar orasida bo'lgan[5][6][7][8][9].

Jamila binti Sobit Madinada birinchi boʻlib islomni qabul qilganlardan edi. U va onasi 622-yilda Muhammadga bay’at qilgan birinchi oʻn nafar ayollar qatorida boʻlishgan[10]. Asl ismi Asiya (itoatsiz) ekanligini eshitgan Muhammad uning ismini „Yoʻq, sen Jamilasan“ (goʻzal) deya oʻzgartirgan[11].

Oradan taxminan besh yil oʻtib, 627 va 628-yilning may oylarida Jamila Umarga turmushga chiqqan[12] va Osim ibn Umarni dunyoga keltirgan[13][14][15][16][17].

Keyinchalik, Jamila Yazid ibn Jariyaga turmushga chiqqan va Abdurahmon ismli oʻgʻil koʻrgan[18][19].

Muhammad vafot etganida Osim toʻrt yoshda, xalifa Abu Bakr Siddiq vafot etganida esa olti-yetti yoshda edi. Abu Bakrning vafotidan keyin (634) otasi Umar Roshidunning navbatdagi xalifasi etib tayinlangan.

Muhim voqealar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Osimning otasi Umar 634-yilda xalifalikka tayinlangan. Umar davrida xalifalik hududi misli koʻrilmagan darajada kengayib, Sosoniylar va Vizantiya imperiyasining uchdan ikki qismidan koʻprogʻini boshqargan[20]. Umar tarixdagi eng qudratli va nufuzli musulmon xalifaga aylangan, ammo qudratining eng yuqori choʻqqisida, 644-yilda Abu Lu’lua Firuz ismli fors quli tomonidan oʻldirilgan. Unga suiqasd sabablari aniq emas[21]. Otasi vafot etganida Osim hali juda yosh boʻlgan.

Umarning vafotidan keyin musulmonlar jamiyati Roshidunning navbatdagi xalifasi etib Usmonni tayinlashgan. Usmon xalifalikni 644-yildan 656-yilning 17-iyuniga qadar boshqargan. Usmondan keyin hokimiyat 656-yilda Roshidunning navbatdagi va oxirgi xalifasi Aliga oʻtgan. Alining hukmronligi 661-yilga qadar davom etgan. Alining bevaqt oʻlimidan keyin oʻgʻli Hasan ibn Ali uning oʻrniga xalifa etib tayinlangan, biroq u Suriya hokimi Muoviya I ning foydasiga taxtdan voz kechgan va kelishuv asosida fuqarolar urushini toʻxtatgan. Muoviya I navbatdagi yangi xalifa sifatida tan olingan, bu esa Roshidun xalifaligining tugashi va Umaviylar xalifaligining boshlanishi edi. Keyinchalik, Muoviya I ning oʻrniga uning oʻgʻli Yazid I, undan keyin Muoviya II, 684-yilga kelib esa Marvon I Muoviya II ning bevaqt oʻlimi sabab xalifalikka tayinlangan.

Osim ibn Umar Umaviylar xalifasi Abdulmalik hukmronligi davrida, 689-yilda vafot etgan.

Farzandlari:

  • Hafs ibn Osim birgina „Sahih al-Buxoriy“da oʻn bir hadis rivoyat qilgan.
  • Umar ibn Osim, uning Ummu Miskin binti Umar ismli qizi bo'lgan. Ummu Miskin binti Umarning Abu Molik ismli ozod qilingan bir quli boʻlgan[22].
  • Ummu Osim Laylo binti Osim – Umaviy xalifasi Umar II ning onasi.
  1. ibn Sa'd, Muḥammad. The Men of Madina. Ta-Ha, 1997 — 6-bet. ISBN 978-1-897940-90-7. 
  2. „Umar Ibn Al-Khattab : His Life and Times, Volume 1“. archive.org.
  3. Muhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 3. Translated by Bewley, A. (2013). The Companions of Badr, p. 204. London: Ta-Ha Publishers.
  4. Muhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina, pp. 7, 235, 236. London/Ta-Ha Publishers.
  5. Ibn Saad/Bewley vol. 3 p. 362.
  6. Ibn Saad/Bewley vol. 8 p. 235.
  7. Muhammad ibn Jarir al-Tabari. Tarik al-Rusul waʼl-Muluk. Translated by Fishbein, M. (1997). Volume 8: The Victory of Islam, p. 95. Albany: State University of New York Press.
  8. Muhammad ibn Jarir al-Tabari. Tarik al-Rusul waʼl-Muluk. Translated by Smith, G. R. (1994). Volume 14: The Conquest of Iran, pp. 100-101. Albany: State University of New York Press.
  9. But see Bukhari 4:52:281 and similar traditions, where Asim ibn Thabit is described as the „grandfather“ of Jamilaʼs son Asim. According to the biographical traditions, they should have been uncle and nephew.
  10. Ibn Saad/Bewley vol. 8 p. 7.
  11. Ibn Saad/Bewley vol. 3 p. 204.
  12. Tabari/Fishbein vol. 8 p. 95.
  13. Malik ibn Anas. Al-Muwatta 37:6.
  14. Ibn Saad/Bewley vol. 3 p. 204.
  15. Ibn Saad/Bewley vol. 8 p. 236.
  16. Tabari/Fishbein vol. 8 p. 95.
  17. Tabari/Smith vol. 14 pp. 100-101.
  18. Tabari/Fishbein vol. 8 pp. 94-95.
  19. Ibn Saad/Bewley vol. 8 p. 236.
  20. Hourani (1991).
  21. Pellat (2011).
  22. Sahih Bukhari „Asking permission to enter“. 2006-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 13-noyabr.