Kontent qismiga oʻtish

Portal vena trombozi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Portal vena trombozi
Portal vena trombozining komputer tomografiyasidagi koʻrinishi.
Mutaxassislik Angiologiya

Portal vena trombozi (PVT) jigarning qon tomir kasalligi boʻlib, bunda jigarda portal gipertenziya yuzaga keladi, bu esa portal vena tizimida bosimning oshishiga va jigar qon taʼminotining pasayishiga olib kelishi mumkin. Oʻlim darajasi taxminan 10 ta holatdan 1 tani tashkil qiladi[1].

Pastki kovak vena orqali kislorodsiz qonni oʻng boʻlmachaga olib chiquvchi jigardan chiqadigan vena qon tomirlaridagi laxtak jigar venasi trombozi yoki Badda-Kiari sindromi deb nomlanadi[2].

Portal vena trombozi qorinning yuqori qismida ogʻriqqa sabab boʻladi, koʻngil aynishi va jigar yoki taloqning kattalashishi bilan birga kelishi, qorinda suyuqlik yigʻilishi mumkin (assit)[3]. Tana haroratining doimiy koʻtarilishining sababi yalligʻlanish boʻlishi mumkin[1]. Tromb toʻsatdan paydo boʻlsa, qorin ogʻrigʻi boʻlishi yoki boʻlmasligi mumkin, uzoq muddatli tromb toʻplanishi simptomlarsiz rivojlanishi mumkin, bu esa portal gipertenziyaga olib keladi[4][2]. Sababiga qarab boshqa simptomlar rivojlanadi. Masalan, agar jigar sirrozi tufayli portal vena trombozi rivojlansa, simptomlari – qon ketish yoki jigar kasalligining boshqa belgilari boʻlishi mumkin. Agar portal vena trombozi pileflebit tufayli rivojlansa, isitma, shamollash yoki koʻproq tunda terlash kabi infeksiya belgilari boʻlishi mumkin[manba kerak].

Portal vena tromboziga qon oqimining sekinlashishi bilan kechuvchi holatlar, asosan, sirroz yoki yurak yetishmovchiligi sabab boʻladi. Sirroz bilan ogʻrigan bemorlarda PVTning tarqalishi noaniq boʻlib, turli tadqiqotchilar tomonidan turli xil kasallanish holatlari aniqlangan (baʼzilar 100 tadan 1 taga, boshqalari esa 4 tadan 1 taga taʼsir qiladi deb hisoblashadi)[5].

Trombofiliya (xususan, V faktor-Leiden tanqisligi, C yoki S oqsil yetishmovchiligi yoki fosfolipidlarga qarshi antitana sindromi kabi irsiy holatlarni oʻz ichiga oladi) yana bir keng tarqalgan sababdir[3]. Bemorlarning 1/3 qismida miyeloproliferativ buzilishlar kuzatiladi (masalan, polisitemiya[6] yoki trombotsitoz), koʻpincha Januz kinaza 2 (Jak2) gen mutatsiyasi tufayli sodir boʻladi[1]. Kontratseptiv vositalar yoki homiladorlik – tromboz uchun irsiy boʻlmagan sabablar hisoblanadi[manba kerak].

Bundan tashqari, pankreatit, divertikulit, xolangiokarsinoma, gepatosellyulyar karsinoma yoki qorin jarrohlik amaliyoti hamda shikastlanishi natijasida portal vena zararlanishi mumkin[3].

PVT shuningdek, taloqni olib tashlashning asoratidir[7]. Oxirgi bir necha yil ichida miyeloproliferativ neoplazma taloq venasi trombozining sababi deb topildi[manba kerak].

Jigar portal venasi – taloq venasi va yuqori tutqich venaning birlashishi natijasida hosil boʻladi. U oshqozon-ichak tizimi, shuningdek, oshqozon osti bezi, oʻt pufagi va taloqdan keladigan qon oqimining 3/4 qismi uchun javobgardir[3]. Sirroz vena qon-tomirlari yoʻlini oʻzgartiradi, shuning uchun bemorlarda bir vaqtning oʻzida qon ketishi va tromblar hosil boʻlish xavfi yuqori boʻladi[3]. Portal kavernoma deb ham ataladigan surunkali PVTdagi kabi uzoq muddatli qon oqimiga toʻsqinlik jigar venoz bosimi gradiyentining koʻtarilishiga (portal gipertenziya) va mayda venalar orqali qon oqimining oshishiga olib kelishi mumkin[1]. Bu esa assit yoki varikoz qon ketishiga sabab boʻladi[6]. Agar qonda bakteriotsitlar oʻsishi uchun sharoit boʻlsa tromb pileflebitga aylanishi mumkin[1].

Kompyuter tomografiyasida portal vena trombozi (chapda) va 1 yildan keyin portal venaning kavernoz transformatsiyasi (oʻngda).

Portal vena trombozi tashxisi, odatda, portal venada tromb hosil boʻlishini tasdiqlovchi metodlar bilan amalga oshiriladi: ultratovush tekshirish usuli eng kam invaziv usul boʻlib, bunga Doppler texnikasi qoʻshilishi qon oqimidagi muammolarni toʻliq koʻrsatadi[5]. Trombning joylashuviga asoslanib quyidagi turlariga boʻlinadi: 1-toifa jigar portal venasi bilan cheklangan, 2-toifa faqat portal vena shoxchasini oʻz ichiga oladi (agar ikkala shoxcha ham zararlansa, 2a yoki 2b) va 3-toifa: agar ikkala sohada ham tromb topilishi[8]. Kasallikning ogʻirlik darajasini aniqlash kontrastli kompyuter tomografiyasi (KT), magnetik rezonans tomografiya (MRT) yoki MR-angiografiya (MRA) yordamida amalga oshiriladi. Surunkali PVT bilan ogʻriganlarda oshqozon yoki qiziloʻngachda bir vaqtning oʻzida kengaygan venalar (varikozlar) mavjudligini baholash uchun yuqori endoskopiya (ezofagogastroduodenoskopiya, EGD) oʻtkaziladi[3]. Jigar funksiyasini baholash uchun laboratoriya sinovlari oʻtkaziladi, bunda odatda normal koʻrsatkichlar boʻladi, baʼzan, transaminazalarning biroz koʻtarilishi kuzatiladi[1]. Qondagi D-dimer darajasi fibrin parchalanishi natijasida koʻtarilishi mumkin.

Davolashning asosiy maqsadi bloklangan venalarni ochishga qaratilgan: trombning turi (oʻtkir yoki surunkali) davolanishga taʼsir qiladi. Sirroz boʻlmagan bemorlarning oʻtkir darajasigacha, koʻpincha antikoagulyant quyi molekulyar ogʻirlikdagi geparin, keyin esa varfarin berish boshlanadi. Portal vena trombozi bilan ogʻrigan sirrozli bemorlarga quyidagi holatlardan tashqari odatda antikoagulyatsiya tavsiya etilmaydi: trombofiliya bilan (i), ichak tutqichi venalarida qon quyilishi bilan (ii), ichaklar qon bilan yetarli darajada taʼminlanmagan (iii) surunkali PVT boʻlishi holatida[3]. Ogʻirroq hollarda, shuntlar yoki jigar transplantatsiyasi qilinadi. Agar oshqozon-ichak traktining qon bilan taʼminlanishi surunkali ravishda buzilgan boʻlsa, nekrozlangan ichakni olib tashlash uchun jarrohlik amaliyoti talab qilinadi[1].

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 "Vascular disorders of the liver". Hepatology 49 (5): 1729–1764. May 2009. doi:10.1002/hep.22772. PMID 19399912. PMC 6697263. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=6697263. 
  2. 2,0 2,1 „Hepatic Disorders“, Tintinalli's Emergency Medicine: A Comprehensive Study Guide, 9, New York, NY: McGraw-Hill. 
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 3,6 "ACG Clinical Guideline: Disorders of the Hepatic and Mesenteric Circulation". The American Journal of Gastroenterology 115 (1): 18–40. January 2020. doi:10.14309/ajg.0000000000000486. PMID 31895720. 
  4. "Management of acute non-cirrhotic and non-malignant portal vein thrombosis: a systematic review". World Journal of Surgery 35 (11): 2510–2520. November 2011. doi:10.1007/s00268-011-1198-0. PMID 21882035. 
  5. 5,0 5,1 "Causes and consequences of portal vein thrombosis in 1,243 patients with cirrhosis: results of a longitudinal study". Hepatology 61 (2): 660–667. February 2015. doi:10.1002/hep.27546. PMID 25284616. 
  6. 6,0 6,1 „Cirrhosis and Its Complications“, Harrison's Principles of Internal Medicine, 20, New York, NY: McGraw-Hill. 
  7. "Complications of splenectomy". The American Journal of Medicine 121 (5): 371–5. May 2008. doi:10.1016/j.amjmed.2008.02.014. PMID 18456028. 
  8. „Noncirrhotic Portal Hypertension“, Current Medical Diagnosis and Treatment 2020. McGraw-Hill, 2020.