Kontent qismiga oʻtish

Sirroz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sirroz (yun. Yggpoz — sargʻish, malla rang) — parenximatoz aʼzolar (jigar, oʻpka, buyrak va boshqalar) biriktiruvchi toʻqimalarining zoʻr berib oʻsishi oqibatida chandiqlanib bujmayishi va shaklining oʻzgarishi. Jigar sirrozi koʻproq uchraydi. Aslida sirroz nomi ham kasallangan jigarning sargʻish tusga kirishidan olingan. Buyrak (nefrotsirroz), oʻpka (pnevmotsirroz) va boshqa aʼzolar ham Sirroz bilan kasallanadi. Sirroz yuqumli kasalliklar, intoksikatsiya, moddalar almashinuvining buzilishi, turli xil yalligʻlanish oqibatida kelib chiqadi. Sirroz boʻlgan aʼzoda distrofik oʻzgarishlar (qarang Distrofiya) va nekroz (toʻqimaning oʻlishi) paydo boʻladi. Parenxima oʻlgan joyda biriktiruvchi toʻqima oʻsib, chandiqlanadi, betartib regeneratsiya oʻchoklari hosil boʻladi. Aʼzo, odatda kichrayib (kattalashuvi ham mumkin), qattiqlashadi va yuzasi gʻadir-budur boʻlib qoladi (yana qarang Skleroz).