Kontent qismiga oʻtish

1991

Vikipediya, erkin ensiklopediya

1991

Ming yilliklar: 2-mingyillik
Asrlar:
Oʻn yilliklar:
Yillar:

31-avgust — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari 6-sessiyasida Oʻzbekistonning davlat mustaqilligi eʼlon qilinib, Respublikaning davlat mustaqilligi toʻgʻrisida Oliy Kengashning Bayonoti qabul qilindi. Tegishli qaror bilan Oʻzbekiston SSR Oʻzbekiston Respublikasi deb ataldi.

1-sentyabr — Mustakillik kuni deb belgilandi. Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida qonun qabul qilindi.

1-sentyabr — Oʻzbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni — umumxalq bayrami.

1-sentyabr — Toshkentdagi Markaziy maydonni Mustaqillik maydoni deb atash haqida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni eʼlon qilindi.

1-sentyabr — „Sovet Oʻzbekistoni“ gazetasi „Oʻzbekiston ovozi“ nomi bilan chop etila boshladi.

1-sentyabr — „Oila va jamiyat“ gazetasining 1-soni nashrdan chiqdi.

6-sentyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi tashkil etildi.

7-sentyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tashkil etildi.

14-sentyabr — Toshkentda Oʻzbekiston kommunistik partiyasining oxirgi favqulodda 23-syezdi boʻlib, unda KPSS tarkibidan chiqish va sifat jihatidan yangi siyosiy tashkilot — Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi (Oʻzbekiston XDP) ni tuzish haqidagi Bayonot qabul qilindi.

26-sentyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati tuzildi.

26-sentyabr — Toshkentda Jahon oʻzbeklari (turkistonliklar)ning xalqaro anjumani oʻtkazildi.

28-sentyabr — Toshkentdagi Oʻzbekiston Milliy bogʻida Alisher Navoiy haykali va uning nomi bilan ataladigan katta bogʻning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

30-sentyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari 7-sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisidagi qonunga konstitutsiyaviylik maqomini berish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi. Inson huquqlari va erkinliklari toʻgʻrisida Deklaratsiya ratifikatsiya etildi.

Sentyabr — Toshkent shahrida „Oʻzbek savdo uyi“ tashkil topdi.

24-oktyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi tuzildi.

Oktabr — Portugaliyaning Portu shahrida oʻtkazilgan pianinochilarning xalqaro tanlovida Oʻzbekiston Respublikasi birinchi marta mustaqil davlat sifatida ishtirok etdi. Oʻzbekistonlik yosh musiqachi Ulugʻbek Polvonov ushbu koʻrik sovrindori boʻldi.

1-noyabr — Toshkentda Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasining 1-taʼsis qurultoyi boʻlib oʻtdi (15-noyabrda roʻyxatga olingan).

18-noyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 8-sessiyasida „Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida“gi qonun qabul qilindi.

18-noyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi ,,Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida"gi qonun qabul qilindi

29-noyabr — Toshkentda Oʻzbekiston xalq artisti Sulaymon Yudakov memorial muzeyi ochildi.

25-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Jahon intellektual mulk tashkilotiga aʼzo boʻldi.

29-dekabr — Respublikaning davlat mustaqilligi toʻgʻrisida umumxalq referendumi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston xalqi respublika Oliy Kengashi eʼlon qilgan Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini maʼqulladi. Birinchi marta yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkazilgan toʻgʻridan-toʻgʻri umumiy va alternativ asosdagi saylovda I. A. Karimov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.

1991 — Toshkent kimyo-texnologiya instituti tashkil etildi.

1991 — Toshkent yuridik instituti tashkil etildi.

1991 — Sudochye davlat ornitologiya buyurtma qoʻriqxonasi tashkil etildi.

1991 — Imom Buxoriyning 4 jildli hadislari toʻplami — „Sahihi Buxoriy“ („Ishonchli toʻplam“) oʻzbek tiliga tarjima qilinib, hozirgi „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti tomonidan 1-jildi ilk bor nashr etildi (2-jildi — 1996, 3-jildi — 1994, 4-jildi — 1992-yilda chiqdi; 2-nashri 1997-yilda chop etildi).

1991 — „Soʻgʻdiyona“ oʻzbek xalq cholgʻulari konsert orkestri tashkil etildi. 1991 — Qurʼoni karim ilk bor oʻzbek tilida (Alouddin Mansur tarjimasi) nashr etildi (Abdulaziz Mansur tarjimasi — 2001-yil, ilmiy-tarixiy izohlari bilan Mutallib Usmon va boshqalar tarjimasi — 2004-yil). 1991 — Saygʻoqlarni va ular koʻpayadigan hududlarni muhofaza qilish maqsadida „Saygʻoqli“ davlat buyurtma qoʻriqxonasi tashkil etildi. 1991 — „Yosh gvardiya“ teatri Abror Hidoyatov nomidagi oʻzbek davlat drama teatri nomi bilan ataldi.

1991 — Navoiy viloyati Navbahor tumanidagi Qoratov togʻida Sarmich davlat buyurtma qoʻriqxonasi tashkil etildi.