Kontent qismiga oʻtish

Anatoliy Vlasichev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Anatoly Vlasichev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Anatoly Vladimirovich Vlasichev
Tavallud sanasi 14-iyun 1988-yil (1988-06-14) (36 yosh)
Tavallud joyi Oʻsh, Qirgʻiziston SSR
Boʻyi 1.84 m (6 ft 12 in)
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Neftchi (Qoʻchqorota)
Raqami 70
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2004—2007 Alay Osh ? (19)
2008 Neftchi Qoʻchqorota ? (1)
2009 Lokomotiv BFK ? (?)
2010—2011 Dordoy Bishkek ? (5)
2012 Lashyn 21 (4)
2013 Spartak Semey 25 (1)
2014—2015 Oqjetpes 16 (0)
2015 Alay Osh ? (4)
2016 Dordoy Bishkek ? (2)
2016 Oman 24 (11)
2017 Dordoy Bishkek 21 (17)
2017 Makhtaaral 11 (7)
2018—2019 Sports Club 23 (12)
2019—2020 FC Alga Bishkek 13 (7)
2021 Viktoia United ? (?)
2021 Abdysh-Ata 7 (0)
2022 Viktoia United ? (?)
2023—2024 Muras 14 (1)
2024— Neftchi (Qoʻchqorota) ? (?)
Milliy terma jamoa
2011—2014 Qirgʻiziston 13 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2018-yil 24-yanvar uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2015-yil 19-avgust uchun)

Anatoliy Vladimirovich Vlasichev (1988-yil 14-iyunda tugʻilgan) – qirgʻizistonlik professional futbolchi, Qoʻchqorotaning „Neftchi“ jamoasi aʼzosi. Faoliaytini hujumchi sifatida boshlagan va keyinchalik asosan yarim himoyachi ampulasida oʻynagan.

Klub karerasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jizzaxdagi oʻsmirlar sport maktabi tarbiyalanuvchisi. Anatoliy professional faoliyatini 16 yoshida Oʻshning „Alay“ klubida boshlagan. Toʻrt yil davomida Alay jamoasi toʻp surgan. Keyinchalik „Neftchi“ (Qoʻchqor-Ota) jamoasida oʻynagan, 2009-yilda esa Oʻzbekistonning „Lokomotiv“ (Toshkent) klubining farm-klubi tarkibida oʻynagan.. 2010-yilgi mavsumda „Dordoy“ (Norin/Bishkek) jamoasida oʻynab, Qirgʻiziston chempioni boʻlgan.

2012-yilgi mavsumdan boshlab uch yil davomida Qozogʻiston birinchi ligasida ishtirok etgan „Lashin“, „Spartak“ (Semey), „Oqjetpes“ klublarida toʻp surgan.

2015-yilda u Qirgʻizistonga qaytib kelgan va „Alay“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Anatoliy Alay jamoa sardori sifatida chempionlik unvonini qoʻlga kiritgan. 2016—2017-yillarda „Dordoy“ jamoasida oʻynagan. 2016-yilning sentyabrida Ummonning „Ummon“ klubiga[1], 2017-yilning iyulida esa Qozogʻiston birinchi ligasida ishtirok etgan „Maktaaral“ klublarida qisqa muddat faoliyat olib borgan[2].

2018-yilda Maldivning „T. TO. Sport“ klubi safiga oʻtgan. Anatoliy Bangladesh jamoasi safida OFK kubogida uchta gol urgan[3].

Terma Jamoa faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yilning 21-mart kuni Qirgʻiziston terma jamoasidagi debyut uchrashuvini Tojikistonga qarshi oʻtkazgan[4]. Umuman olganda, 2011—2014-yillarda Anatoliy milliy terma jamoa safida 13 ta oʻyin oʻtkazgan.

Shaxsiy hayot

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Otasi Vladimir Anatolyevich (1955-yilda tugʻilgan) va akasi Andrey (1981-yilda tugʻilgan) sobiq futbolchi, keyinchalik murabbiylik faoliyatini olib borishgan[5].