Kontent qismiga oʻtish

António Egas Moniz

Vikipediya, erkin ensiklopediya

António Egas Moniz (1874—13.12.1955) — portugaliyalik nevropatolog va neyroxirurg. Koimbrks universitetni tugatgan. Ilmiy ishlari ruhiy kasalliklarga tashhis qoʻyish va davolash masalalariga oid. Serebral angiografiya usulini ishlab chiqqan (1927); birinchi boʻlib leykotomiya (lobotomiya) operatsiyasini oʻtkazgan (1936). Ayrim ruhiy kasalliklarni davolashda lobotomiyaning terapevtik taʼsirini kashf etgan. Nobel mukofoti laureati (1949, V. R. Xess bilan hamkorlikda).[1]

  1. "MONISH (Moniz) Antoniu Kaetanu di Abreu Freyri Egash" OʻzME. M-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil