Kontent qismiga oʻtish

Anton Mayeranov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Anton Mayeranov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Anton Sergeyevich Mayeranov
Tavallud sanasi 18-dekabr 1984-yil
Tavallud joyi Toshkent,
Oʻz SSR, USSR
Boʻyi 178 cm (5 ft 10 in)
Ampluasi Darvozabon
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2002—2005 Traktor 27 (-28)
2005 Shoʻrtan 3 (-5)
2006 Traktor 4 (-5)
2007 Mashʼal (-)
2008—2009 Qizilqum 4 (-)
2010 Lokomotiv-2 Rossiya 27 (-22)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Anton Sergeyevich Mayeranov (1984-yil 18-dekabda tugʻilgan) – sovet va oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi, darvozabon pozitsiyasida oʻynagan.

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mayeranov Toshkentning „Traktor“ klubi futbol maktabi tarbiyalanuvchisi. Mayenarov 17 yoshida Oliy ligada Traktor jamoasining asosiy tarkibida debyut qilgan. 2005-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Oliy ligasining boshqa bir ishtirokchisi, liga debyutanti „Shoʻrtan“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. 2006-yilgi mavsumda Traktor klubi tarkibiga qaytgan.

2007-yilgi mavsumda Qashqadaryo viloyatining boshqa bir jamoasi, Muborakning „Mash’al“ klubi tarkibiga oʻtgan. Muosborak klubi safida rasmiy oʻyinlarda ishtirok etmagan va asosan oʻrinbosarlar jamoasi tarkibida oʻynagan. 2007-yilgi mavsum soʻngida „Mash’al“ jamoasi Oʻzbekiston oliy ligasida 3-oʻrinni qoʻlga kiritgan va Anton bronza medal egasi boʻlagan. Mayenarov 2008-yilgi mavsumda Zarafshonning „Qizilqum“ jamoasi tarkibiga oʻtgan va ikki mavsum davomida Navoiy viloyati jamoasida oʻynagan. 2009-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Oliy ligasidagi soʻngi mavsumini oʻtkazgan.

2010-yilda u Rossiyada Ikkinchi divizionda oʻynagan „Lokomotiv-2“ da oʻynagan.

Milliy terma jamoa

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2004-yilda Anton Mayenarov Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi tarkibida Afro-Osiyo oʻyinlarida ishtirok etgan. Anton terma jamoa bilan birgalikda oltin medallarni qoʻlga kiritgan[1].