Kontent qismiga oʻtish

Apuley

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Apuleius
Tavalludi tax. 124
Vafoti c. 170 (yoshi 45–46)
Fuqaroligi Qadimgi Rim
Opera omnia, 1621
Apuley

Apuley (Apuleius) (taxminan mil. 125, Madavra, Shimoliy Afrika – taxminan 180) – Qadimgi Rim yozuvchisi. Yunon va lotin tillarida yozgan. Bizgacha 11 kitobdan iborat „Metamorfoza“ („Oltin eshak“ nomi bilan ham mashhur) asari yetib kelgan. Bu asar shahvoniy, maishiy-hajviy va diniy mavzuda yozilgan. Bundan tashqari Rim chekka viloyatidagi turmush va axloq tasvirlangan. Apuley romanlari mavzusidan Bokachcho, Servantes va boshqalar foydalangan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil