Kontent qismiga oʻtish

Azim Suyun

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Azim Suyun
Asl ismi Azim Suyun
Tavalludi 22-fevral 1948-yil
Vafoti 9-mart 2020-yil(2020-03-09)
(72 yoshda)
Toshkent
Kasbi 1978-2020
Shoh asari „Sarbadorlar“ (1994)

Azim Suyun (Azimboy Alimovich Suyunov, 1948-2020) — shoir.

1948-yil Samarqand viloyatiga qarashli Nakurt qishlogʻida tugʻilgan. Oliy maʼlumotli. 1977-yilda Toshkent universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetini bitirgan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. Azim Suyun harbiy xizmat burchini oʻtab qaytgach, poytaxt qurilishlarida mehnat qildi. Keyinchalik „Toshkent universiteti“ gazetasida adabiy xodim, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida muharrir boʻlib ishladi. Oʻzbekiston Matbuot Davlat qoʻmitasida adabiy maslahatchi, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasida mas’ul kotib, „Xalq soʻzi“ gazetasida boʻlim muharriri, 1993–2002-yillarda „Oʻzbekiston ovozi“ va „Golos Uzbekistana“ gazetalarining Bosh muharriri, „Guliston“ jurnalining Bosh muharriri vazifalarida xizmat qildi. Azim Suyun butunjahon shoirlar kongressi aʼzosi.

Azim Suyun sheʼrlari, sheʼriy turkumlari va kitoblari turk, ingliz, arab, rus, qozoq, tojik, qirgʻiz, turkman, qoraqalpoq, tuva va boshqa tillarda chop etilgan. Azim Suyunning „Sarbadorlar“ tragediyasi, „Zamin taqdiri“, „Oʻzbekiston“, „Bir tomchi suv dengizga aylangan kecha va yoki imorat“ kabi dostonlari mashhur. Azim Suyun keng qamrovli dramaturg, haqsoʻz publitsist sifatida ham tanilgan.

Azim Suyunning oʻzbek tilida nashr etilgan toʻplamlari:

  • „Mening osmonim“ — 1978-yil.
  • „Zarb“ — 1979-yil.
  • „Zamin taqdiri“ — 1981-yil.
  • „Xayolot“ — 1984-yil.
  • „Ziyo yoʻli“ — 1986-yil.
  • „Javzo“ — 1987-yil.
  • „Olis tonglar“ — 1989-yil.
  • „Kuyganim-suyganim“ — 1992-yil.
  • „Sarbadorlar“ — 1994-yil.
  • „Qora koʻzing sening“ — 1994-yil.
  • „Saylanma“ — 1997-yil.
  • „Oʻzlik“ — 1999-yil.

Shoir ijodi tadqiq etilgan maqolalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]