Kontent qismiga oʻtish

Baltika Breweries

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Baltika
Turi biznes, korxona va brewery
Tarmogʻi ichimliklar
Egasi Federal Agency for State Property Management
Qachon asos solingan 1990
Rahbariyat Taymuraz Bolloyev (prezident)
Aylanma daromadi RUB 89.3 milliard (2012)
Sof foydasi 6 300 000 000
Ishchilar soni taxminan 9000 kishi
Vebsayti baltika.ru

Baltika Brewery (ruscha: Пивоваренная компания «Балтика») Yevropadagi ikkinchi yirik pivo ishlab chiqaruvchi[1] va Rossiya pivo bozorida ulushi 38% dan ortiq boʻlgan yetakchi kompaniya. Shtab-kvartirasi Sankt-Peterburgda joylashgan. Baltika brendi 2007 – yilda Financial Times Top100 eng qimmat global brendlar roʻyxatiga kiritilgan ikkita rus brendlaridan biri (Lukoyl bilan birga) boʻlgan. Biroq, „Baltika“ 2009-yilda roʻyxatga kiritilmagan. Baltika Interbrand Best Global Brands 2012 hisobotida kuchli uch brenddan biri.

Rossiyaning Ukrainaga bosqinidan soʻng, Carlsberg Group kompaniyani sotishga harakat qilgan[2]. Biroq, 2023-yil iyul oyida Rossiya hukumati kompaniyani va uning aktivlarini doʻst boʻlmagan mamlakatlar roʻyxatidan biznes qoidalar boʻyicha musodara qilgan[3].

  1. „The Second Largest Brewery in Europe“. www.panorama.com. Panorama. 2016-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 28-iyul.
  2. „Carlsberg Group подписала соглашение о продаже "Балтики"“ (ru). Kommersant (2023-yil 23-iyun).
  3. „Russia seizes control of Danone and Carlsberg operations“. BBC News (2023-yil 17-iyul). Qaraldi: 2023-yil 21-iyul.