Kontent qismiga oʻtish

Bobodiulaso

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bobodiulaso

Bobodiulaso (Bobo-Dioulasso) — Burkina-Faso janubi-gʻarbidagi shahar, Uz provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 229 ming kishidan ziyod. Transport yoʻllari tuguni. Xalqaro aeroport bor. Mamlakatning iqtisodiy markazi. Oʻsimlik moyi, sovun, pivo korxonalari, paxta tozalaydigan va sholi oqlaydigan korxonalar, gugurt va sigareta fabrikalari bor. Hunarmandchilik (gilam toʻqish) rivojlangan. Bobo-Dioulasso atrofida yirik kvarsitli gil qatlamlari bor.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil