Kontent qismiga oʻtish

Botsvana

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Botsvana Respublikasi
Republic of Botswana
Shior"Pula"
"Rain"
(Yomgʻir)
Madhiya: Fatshe leno la rona
Location of Botsvana
Poytaxt Gaborone
Rasmiy til(lar) Inglizcha
Hukumat Prezidentlik Respublika
• Prezident
Yak Kxame
Mustaqillik (Birlashgan Qirolligidan)
• Sana
30-sentabr 1966
Maydon
• Butun
581 730 km2 (47-oʻrin)
• Suv (%)
2.6
Aholi
• 2012-yilgi roʻyxat
2 098 018 (144-oʻrin)
• Zichlik 3,4/km2
YIM (XQT) 2010-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$26,563 mil. (107-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$14,906
Pul birligi Pula (BWP)
Vaqt mintaqasi UTC+2
• Yoz (DST)
UTC+2
Qisqartma BC
Telefon prefiksi 267
Internet domeni .bw

Botsvana, (Botswana), Botsvana Respublikasi (inglizcha: Republic of Botswana) — Janubiy Afrikadagi davlat. Maydoni 600,4 ming km2. Aholisi 2 098 018 kishi (2012). Poytaxti – Gaborone shahri Maʼmuriy jihatdan 10 viloyatga boʻlinadi. Mamlakat hududining 17 % qoʻriqxona va milliy bogʻlardan iborat. Har yili 300 mingga yaqin turist kelib ketadi. Pul birligi – pula.

Davlat tuzumi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Botsvana – respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik aʼzosi. 1966-yil 30-sentyabrda qabul qilingan va keyinchalik oʻzgarishlar kiritilgan konstitutsiyaga amal qilinadi. Davlat va hukumat boshligʻi – prezident. Qonun chiqaruvchi oliy hokimiyat organi – Milliy assambleya (parlament). Milliy assambleya spiker va 45 deputatdan iborat. 40 deputatni aholi umumiy saylov yoʻli bilan saylaydi, 4 deputatni respublika prezidenta tayinlaydi, bosh prokuror lavozimiga koʻra parlament aʼzosi hisoblanadi. Ijrochi hokimiyat prezident, vitseprezident va hukumat tomonidan amalga oshiriladi. 15 aʼzodan iborat maslahat organi – qabila boshliqlari palatasi ham bor.

Chobe nomli Milliy parki.
Botsvana xaritasi.
sputnikdan olingan tasviri.

Botsvana Kalahari berk botigʻi va uning atrofidagi platolarni egallagan[1]. Yer yuzi tekislik, sharqi bir oz pastibaland. Oʻrtacha baland joyi – 800–1000 m, gʻarbda 1200 m gacha boradi. Kembriygacha paydo boʻlgan jinslardan tarkib topgan zamin ustida yuqori boʻr va kaynozoy yotqiziqlari yotadi. Kumir, asbest, marganes, misnikel rudalari, olmos, tuz kabi qazilma boyliklari bor. Iqlimi quruq subtropik, shimolda tropik iqlim[2]. Oʻrtacha temperatura yanvarda 21–27 C°, iyulda 16 C°. Yiliga 250–600 mm yogʻin yogʻadi. Limpopo daryosi irmoqlari oʻtadigan qizilqoʻngʻir tuproqli yerlarda savanna oʻsimliklari oʻsadi. Arslon, qoplon, chiyaboʻri, sirtlon, zebra, jayran, kaltakesak, ilon kabi xilma-xil jonivorlar bor. Milliy bogʻlari: Imsbok, Chobe, Nskay-Pan[3] .

Aholisi, asosan, bantu tillari guruhiga kiruvchi tavanalardir (jami aholining 75%). Shimoli-sharq va choʻl hududlarda bushmenlar yashaydi. Bir necha ming yevropaliklar bor. Aholining 62% xristianlar; 32% anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladi. Aholining 24,1% shaharlarda istiqomat qiladi. Rasmiy tili – ingliz va setsvana yoki tsvana tillari. Yirik shaharlari – Gaborone, Frensistaun, Lobatsi.

Fil

Botsvananing 19-asrgacha boʻlgan tarixi kam oʻrganilgan. Qoyalarda saqlanib qolgan rasmlardan maʼlum boʻlishicha, B.ning tub aholisi bushmenlar (sanlar) koʻchmanchi boʻlib yashaganlar, ovchilik va yovvoyi daraxt mevalarini yigʻish bilan shugʻullanganlar. Taxminan milodiy 8-asrda rivojlanishning yuqoriroq pogʻonasidagi bantular bushmenlarni Kalahari choʻli ichkarisiga surib tashlaganlar. Botsvananing hozir asosiy aholisi tsvanalar avval hozorgi Transvaalda yashagan. Shimoldan bostirib kelgan xalqlar qisuvida ular 17-asr oxiri – 18-asr boshlarida Botsvanaga kelib qolganlar. 19-asr boshlarida ular bir necha mustaqil qabila ittifoqdariga birlashdilar. Janubiy zulular bilan boʻlgan urushlar Botsvanani gʻorat qildi. 1820-yil Botsvanada yevropaliklarning birinchi xristian missiyasi ochildi. Keyinchalik ingliz mustamlakachilari Janubiy Afrikani qoʻlga kiritishda Botsvanadan harbiystrategik baza sifatida foydalandilar. Angliya 1885-yil hozorgi Botsvanani Bechuanalend nomi bilan oʻz protektorata deb eʼlon qildi. Aslida u mustamlakaga aylantirilgan edi. Botsvana aholisi mustamlaka zulmiga qarshi uzluksiz kurashib keldi. Bu kurash 20-asrning 1930-yillarida avj olib ketdi. Ikkinch jahon urushida inglizlarning Yaqin Sharq va Yevropadagi harbiy operatsiyalarida 10 ming tsvana ishtirok etdi. Urushdan keyin Afrikada boshlangan milliy ozodlik harakati protektoratdagi ozodlik harakatiga katta taʼsir qildi. Angliya Botsvanaga oʻzini oʻzi boshqarish huquqini berishga majbur boʻldi. 1966-yil 30-sentyabrda Bechuanalend Botsvana nomi bilan mustaqil davlat deb eʼlon qilindi. Botsvana Afrika qitasining janubiy qismida mustaqillik bayrogʻini koʻtargan birinchi davlat boʻldi[4]. 1966-yil oktyabrdan BMT aʼzosi. Milliy bayrami: 30-sentyabr – Mustaqillik eʼlon qilingan kun (1966)[5].

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Botsvana demokratik partiyasi, hukmron partiya, 1962-yilda asos solingan; Liberal partiya, 1983-yil tashkil etilgan; Botsvana xalq partiyasi, 1960-yilda asos solingan; Botsvana milliy fronti, 1965-yilda tuzilgan; Botsvana mustaqilligi partiyasi, 1962-yilda asos solingan; Botsvana kongressi partiyasi, 1998-yilda tuzilgan. Botsvana kasaba uyushmalari federatsiyasi, 1976-yilda tashkil etilgan.

Botsvana – kon sanoati rivojlanayotgan agrar mamlakat. Qishloq xoʻjaligi iqtisodiyotning negizini tashkil etadi. Unda aholining 75 % band. Chorvachilik – xoʻjalikning eng muhim tarmogʻi. Qoramol, echki, qoʻy, ot, eshak va xachir boqiladi. Joʻxori, tariq, makkajoʻxori, bugʻdoy, dukkaklilar va boshqalar ekiladi. Mamlakatdagi yevropalik fermer xoʻjaliklarida yer yongʻoq, tamaki, kartoshka, kungaboqar, sitrus mevalar, paxta ham yetishtiriladi.

Sanoati mamlakat mustaqillikka erishgandan keyin rivojlana boshladi. Mis, nikel, marganes, asbest, olmos (1995-yil 18,5 mln. qirot), koʻmir qazib olish yoʻlga qoʻyildi. Lobatsida mol soʻyish va konserva tayyorlash fabrikasi bor. Suyak uni, yogʻ, sovun va pivo ishlab chiqaradigan kichik korxonalar mavjud. Bir yilda 929 mln. Kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

Gaboronedagi aeroport.

Botsvanada temir yoʻl uzunligi 900 km, avtomobil yoʻllari uzunligi 15 ming km ga yaqin (uning 4,5 ming km qattiq qoplamali). Asosiy aeroporti – Gaborone shahrida[6]. Botsvana chetga marganes rudasi, olmos, mis, nikel, chorvachilik mahsulotlari chiqaradi. Chetdan mexanizmlar va asbobuskunalar, don, un, toʻqimachilik mahsulotlari, tayyor kiyimlar, keng isteʼmol mollari, qishloq xoʻjaligi asboblari, neft mahsulotlari va boshqalar keltiradi[7].

Radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Botsvanada chiqadigan asosiy gazeta va jurnallar: „Botsvana gardian“ („Botsvana posboni“, ingliz tilidagi haftalik xususiy gazeta, 1982-yildan), „Botsvana deyli nyus“ („Shu kunning yangiliklari“, setsvana va ingliz tillaridagi kundalik hukumat gaz., 1964-yildan), „Riporter“ („Muxbir“, ingliz tilidagi haftalik gazeta, 1984-yildan), „Terisano“ („Maslahat“, ingliz va setsvana tilida chiqadigan oylik gazeta), „Kutlvano“ („Hamjihatlik“, setsvana va ingliz tilida chiqadigan oylik jurnal). Botsvana matbuot agentligi (BOPA), hukumat axborot agentligi hisoblanadi; 1981-yilda asos solingan. Botsvana radiosi 1965-yilda tashkil etilgan. Botsvana telekoʻrsatuvi uyushmasi mavjud.

Xalq maorifi va ilmiy muassasalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Botsvana Universitetining korpusi

1970-yillarning boshlarida boshlangich maktabda oʻqish haqi 2 baravar qisqartirildi; 1976-yil setsvana yoki tsvana tilini oʻrganish, 1980-yildan bolalar uchun 6 yoshdan bepul majburiy boshlangʻich taʼlim joriy etildi. Boshlangʻich maktablar – 7 yillik; oʻrta maktablar – 5 yillik, pulli[8]. Davlat maktablari bilan bir qatorda xususiy maktablar ham bor. Boshlangʻich va toʻliq oʻrta maktablar negizida hunartexnika taʼlimi amalga oshiriladi. Boshlangʻich maktab oʻqituvchilari pedagogika bilim yurtlarida tayyorlanadi. 1982-yil Gaboroneda Botsvana davlat unta tashkil etilgan (3 mingga yaqin talaba taʼlim oladi). Bundan tashqari Botsvana qishloq xoʻjalik kolleji (1967), universitet huzuridagi Taraqqiyot va madaniy tadqiqotlar milliy instituti ham bor. Gaboroneda Botsvana kutubxonasi (1968) va Milliy arxiv (1967), milliy muzey va badiiy galereya (1968), Mochudida etnografiya muzeyi (1976) ishlaydi[9].

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mamlakat shimoli-sharqidagi Ramokgveban harobalarining qoldiqlari asosida qilingan taxminlarga koʻra, Botsvana aholisi qadimda balandligi 4,5 m ga yaqin devorli choʻziq doirasimon tosh uylar qurgan, tomini „baliq suyagi“ toifasidagi gʻishtin hoshiya bilan bezagan, yoniga kesik konus shaklida 9 m gacha balandlikdagi minora tiklagan. Mahalliy aholi suv manbalari atrofidagi manzilgoxlarda yashaydi. Qoziq devor bilan oʻralgan qoʻrgʻonda 5–6 kulba muayyan tartibqoidasiz erkin joylashtiriladi. Aksariyati sirtidan tirgaklar bilan mustahkamlangan konus shaklidagi kulbalardan iborat. Toʻqima devorlar loy bilan suvalib, oqlab qoʻyiladi. Odatda kulbaning derazasi boʻlmaydi, poli yer. Ahyonahyonda tosh yoki gʻishtdan qurilgan, derazali va guvala pechli toʻrtburchak uylar uchraydi. Gaboroneda temirbeton konstruksiyalardan jamoat va savdo-sanoat binolari qurilmoqda. Yogʻoch oʻymakorligi rivojlangan. Munchoq, mis sim va temirdan ayollar zebziynat buyumlari yasaladi. Qush va hayvonlar tasvirlangan sopol idishlar uchraydi. Poxoldan toʻqilgan xaltachalarga rangdor naqshlar solinadi, hayvon terisidan gilamchalar yasaladi.

Botsvana musiqiy madaniyata mamlakatda yashovchi xalqlarning xilma xil musiqiy anʼanalarini oʻz ichiga oladi. Cholgʻu asboblari ham xilma xil. Botsvanada kvadi yoki losib deb ataladigan tor, sekokvane deb ataladigan surnaysimon asbob, segankuru deb ataladigan nay, ditlak deb ataladigan fleyta keng tarqalgan. Jonivorlarning shoxlaridan ham musiqa asbobi sifatida foydalaniladi. Botsvanada qoʻshiq bilan raqsni bir-biridan ajratib boʻlmaydi. Turlituman marosim va rasmrusum qoʻshiqlari albatta raqs bilan birga ijro etiladi. Keyingi vaqtda zamonaviy musiqiy shakllar ham rivojlana boshladi. Musiqa kadrlarini Gaboronedagi universitet kolleji tayyorlaydi. Botsvana milliy muzeyida musiqa asboblarining boy majmuasi toʻplangan.[10]

  1. „Central Kalahari Game Reserve“ (en). Department of Wildlife and National Parks. 2012-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 22-mart. (WebCite saytida 2012-05-19 sanasida arxivlangan)
  2. UNESCO. „Gcwihaba Caves“ (en). 2013-yil 10-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10 февраля 2013.
  3. Encyclopedia of Nations. „Botswana — Location, size, and extent“ (en). Qaraldi: 1 октября 2009.
  4. Взгляд.ру. „Президент Ботсваны досрочно ушёл в отставку“. 2011-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6 октября 2009.
  5. GNF. „Okavango Delta - Botswana“ (ru). 2011-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13 января 2010.
  6. Encyclopedia of Nations. „Botswana — Transportation“ (en). Qaraldi: 4 октября 2009.
  7. Botswana Tourism Board. „Transport in Botswana“ (en) (deadlink). 2007-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4 октября 2009.
  8. Encyclopedia of nations. „Botswana — Education“ (en). Qaraldi: 5 октября 2009.
  9. Maps of World. „Botswana Education“ (en). 2011-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5 октября 2009.
  10. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil