Buy
Qiyofa
Buy (gollandcha boei) — maʼlum shakl va rangli suzib yuruvchi belgi (qalqovuch) yoki belgilar. Kemalar qatnovi xavfli joylarni oʻrash uchun ishlatiladi. Unda yorugʻlik, tovush yoki radiosignallar berish qurilmasi boʻlishi mumkin. B. belgilari bir-biriga bogʻlab qoʻyiladi, oqib ketmasligi uchun qirgʻoqqa yoki suv tubiga zanjir bilan mahkamlanadi. Suv ostida qandaydir narsa (mas, yakor, baliq ovlash toʻri va boshqalar) borligini bildirish uchun ham B. oʻrnatiladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |