Kontent qismiga oʻtish

Carmen Menayo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Carmen Menayo Montero (14-aprel 1998-yilda tugʻilgan) – Ispaniyalik professional futbolchi, u Liga F klubi Atletiko Madrid safida markaz himoyachisi sifatida toʻp suradi. Yarim himoyada oʻynashi bilan birga, u chap qanot himoyachi boʻlib ham oʻynagan, hamda u qanot va hujumkor yarim himoyachi rolida bir xilda qoyilmaqom oʻyin olib borgan. Xalqaro maydonlarda u Ispaniyaning yoshlar jamoasida 50 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan.

2018-yilda Carmen Menayo
Mayordom 2019-yilgi Iberdola ligasi gʻolibi Atletiko Madrid Femenino jamoasi bilan birga
Carmen Menayo Atletiko Madrid Femenino bilan

Menayo 2014-yil 19-iyun kuni Primera Divisionga endi koʻtarilgan jamoa Santa Teresa bilan shartnoma imzoladi. U 2014-yil 7-sentyabrda, 16 yoshida Primera Divisiónda oʻzining yorqin debyutini qildi, unda uning jamoasi Transportes Alcaine-ga 3-1 hisobi bilan magʻlub boʻldi [1]. U mavsum davomida oʻyinni zahira oʻrindigʻida kuzatdi, Ispaniyaning 17 yoshgacha jamoasi bilan jami bir marta oʻynagan va gol urgan[2]. Menayo jamoada chap qanot hujumchisi va markaziy hujumchi rolida oʻynashiga qaramasdan, Paralejoning jarohatlangani sababli jamoa murabbiyi Xuan Karlos Antunez uni markaziy himoyaga javobgar qilib qoʻydi. Jamoa mavsumni toʻqqizinchi oʻrinda yakunladi va bu kelgusi mavsumda Primera Division da qatnashish imkoniyatini saqlab qoldi.

2015-16-yilgi mavsum Menayo asosiy tarkib ishtirokchisiga aylantirilib, faqat ikki oʻyinni oʻtkazib yubordi. Usha mavsumda Santa Teresa Primera Divisiónda oʻn birinchi oʻrinni egalladi.

Atletiko Madrid

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-2017-yilgi mavsum

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Menayo har doim Madridda fizioterapiyani oʻrganishni xohlagan va 2016-yilda boshqa klublarning bir nechta takliflarini rad etganidan soʻng, u Atletiko Madrid safida oʻynash imkoniyatiga ega boʻldi, bu bilan u futbol mashgʻulotlarini davom ettira oladigan boʻldi. 2016-yil 5-iyul kuni Atletiko Madrid Menayo bilan rasmiy shartnoma imzolagani haqida eʼlon berdi [3].

Menayo 2016-yil 3-sentyabr kuni Las Rojiblankas bilan oʻyinda Atletiko Madrid safida birinchi marta maydonga tushdi. U Rayo Vallecano bilan oʻyinning 85-daqiqasida Silvia Meseguer oʻrniga maydonga tushdi va oʻyin Atletikoning 2-0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi [4]. 2017-yil 7-may kuni u Atletiko Madrid safidagi oʻzining birinchi golini Granadilla bilan oʻyindagi 3-0 hisobidagi gʻoliblikda darvozaga kiritdi[5]. Oʻsha mavsumda u 21 ta liga bahsida oʻynadi va klub qayta tashkil etilganidan keyin birinchi marta Primera División chempionatida jamoasi gʻalaba qozonishiga oʻzining hissasini qoʻshadi [6]. Menayoning fikriga koʻra, muvaffaqiyatning kaliti guruh bilan toʻgʻri ishlash va muntazam ravishda harakat qilishdan iborat edi [7]. U shuningdek, Copa de la Reinaning uchta oʻyinida ishtirok etgan, u yerda ular Barselona tomonidan 4-1 hisobi bilan magʻlub etilgach chempionatning kumush medali sohibiga aylanishgan [8].

2017-2018-yil mavsum

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-18-yilgi mavsumda murabbiy Angel Villacampa Menayoni chap qanot oʻyinchisidan markaz oʻyinchisiga aylantirgan va Andrea Pereira himoya chizigʻiga koʻchirilgan[9]. U 30 ta liga oʻyinlardan 26-tasida oʻynadi, shuningdek, 4-oktyabr 2017-yili Wolfsburgga qarshi 0-3 hisobidagi gʻalaba bilan Chempionlar ligasida oʻzining debyutini qildi[10]. Atletiko Madrid oʻsha mavsumda yana liga bahslaridada titulni qoʻlga kiritdi va Copa de la Reina-da ikkinchi oʻrinni egalladi[11][12].

2018-2019-yilgi mavsum

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-19-yilgi mavsum Villacampaning oʻrniga José Luis Sánchez Vera tushdi va Menayo oʻzining chap qanot pozitsiyasiga qaytdi. U ushbu mavsumda 30 ta Liga oʻyinlardan 26 tasida oʻynadi, shuningdek, 4 ta Chempionlar ligasi oʻyinlarida va 3 ta Copa de la Reina oʻyinlarida asosiy tarkib oʻyinchisi sifatida ishtirok etdi. 13- turda u Espanyol jamoasiga qarshi bahsda jarima maydonchasi tashqarisidan ajoyib tarzda gol kiritdi[13]. 2019-yil 7-mart kuni u Futbol Draft mukofoti uchun davogar 5 ta eng yaxshi oʻyinchilar qatoriga kiritildi [14]. 5-may kuni Menayo uchinchi bor ligada chempionlikka erishdi va ushbu oʻyinda Angela Sosaga golli uzatma berdi [15]. U Atletiko safida Copa de la Reina turnirining finalidagi Real Sociedadga qarshi magʻlubiyatli oʻyinda oʻynadi[16].

2019-2020-yilgi mavsumi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Menayo 2019-20-yilgi mavsumda yangi kelgan Kylie Strom bilan oʻyinda almashtirila boshlandi, ammo Xose Luis Sanchez Vera isteʼfoga chiqqanidan va oktyabr oyida Pablo López kelganidan soʻng u zahira oʻrindigʻida oʻtiradigan boʻldi. U Marca gazetasi va turnirning homiy Iberdrola tomonidan 12 marotaba kun futbolchisi deb etirof etildi. U muhlislarning bergan ovozlariga binoan birinchi turning eng yaxshi oʻyinchisi sifatida tanlandi. U COVID-19 pandemiyasi tufayli mavsum erta tugashidan oldin 18 ta liga oʻyinida oʻynadi va 4 ta golli uzatma berdi, shuningdek Atletiko jamoasi ligada ikkinchi oʻrinni egalladi[17]. U Superkubok yarim finalida o'ynadi, unda jamoasi "Barselona" bilan boʻlhan bahsda imkoniyatni boy berdi va "Copa de la Reina"ning 16 lik bahslarida Betis bilan boʻgan uchrashuvda penaltilar seriyasida ''Seviliyalik"larni tor mor etishdi. Chempionlar ligasida u jamoaning besh oʻyinidan jami toʻrttasida ishtirok etdi, ammo ular Barselonaga qarshi chorak finalda magʻlubiyatga uchrashdi. [18]

2020-2021-yilgi mavsum

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-2021-yilgi musobaqaning dastlabki mavsumida Menayo oʻzining tizza boʻgʻim qismidan jarohat oladi. [19] Dekabr oyida u jamoaning uchinchi kapitanligiga tayinlandi va bu lavozimni keyingi mavsum boshlanishidan oldin oʻz zimmasiga oladi[20][21]. U 2021-yilning may oyida maydonga qaytadi. Oʻsha yili Atletiko Madrid Liga jadvalida toʻrtinchi oʻrin bilan mavsumni yakunlaydi hamda jamoa Superkubogni qoʻlga kiritadi [22].

2021-2022-yilgi mavsum

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-2022-yilgi mavsum Menayo eng koʻp maydonga tushgan futbolchilardan biri boʻldi, ayniqsa Amanda Frisbi jarohatlanganidan keyin. 13-dekabr kuni u Atletiko bilan 2025-yilgacha boʻlgan toʻrt yillik shartnomaga imzo chekdi [23]. Menayo 2022-yil yanvar oyida klub afsonalarining xotira roʻyxatiga kiritildi, bu Atletiko Madrid safida 100dan ortiq oʻyin oʻtkazgan futbolchilar sharafiga qilinadigan narsa [24].

2022-2023-yilgi mavsum

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-2023-yilgi mavsum Menayo sardorlik bogʻichini Lola Gallardoga qaytarib, oʻzi ikkinchi kapitan roliga oʻtdi[25]. Shuningdek u mavsumni zahira oʻrindigʻida boshladi va tizzasidan olgan jarohati sababli ikki oy davomida maydonga tushmadi[26][27][28]. U sogʻligʻi tiklanganidan soʻng, markaziy pozitsiyasidagi oʻz oʻrinini qaytarib oldi. U Athletic Clubga qarshi liga bahsida gol urdi va u fevral oyi uchun Atletico Madridning eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi[29]. Jamoada muhit muntazam boʻmaganligi, jamoa murabbiyi almashganligi hisobiga klub turnirni 4- oʻrin bilan yakunladi. Copa de la Reina doirasidagi final oʻyinida Atletiko jamoasi Real madridga duch kelishdi va jamoa qoʻshib berilgan daqiqalarda penaltidan gol urib kubokni boshlari uzra baland koʻtarishdi [30].

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Menayo 2013-yil 24-mart kuni oʻzining xalqaro maydondagi debyutini UEFA U17 doirasidagi Finlyandiyaga qarshi uchrashuvda qiladi va oʻyin Ispaniyaning 3-0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlanadi. Menayo 73-daqiqa Nahikari Garsiya oʻrniga maydonga tushadi[31]. U ushbu turnirning keyingi barcha bahslarida maydong atushadi va jamoasi bilan yarim final ostonasigacha yetib keladi. Soʻngra 2013-yil iyun oyida Shveytsariyaning Nyon shahrida oʻtkazilgan UEFA U17 ayollar chempionatining yarim finaliga uni asosiy tarkibga kiritishadi [32]. U chempionat oʻyinlarini 2-darajali oʻyinchi sifatida oʻykazdi, unda jamoa Shvetsiyaga qarshi yarim finalda magʻlub boʻldi va 3-oʻrin uchun bahslarda Belgiyani 4:0 hisobi bilan magʻlub etib, uchinchi oʻrinni egalladi[33].


Menayo U-20 jamoasiga oʻtgandan soʻng, 2016-yilgi FIFA U-20 jahon chempionatida oʻynash uchun yana tarkibga chaqirildi[34]. U har hamma oʻyinda toʻliq vaqt davomida maydonda harakat qilgan toki Ispaniya chorak finalda qoʻshib berilgan vaqtda Shimoliy Koreyaga imkoniyatni boy berguncha[35].

Menayo 2018-yilda u Fransiyada oʻtkazilgan U20 ayollar Jahon Chemponatiga qatnashishga Ispaniya terma jamoasi tomonidan chaqirildi va bu uning karyerasidagi uchinchi qatnashgan jahon chempionati edi[36]. U chempionat davomida barcha bahslarda asosiy tarkibda ishtirok etdi va Yaponiyaga qarshi bahsdagi yagona gol muallifiga aylandi. Ispaniya finalda Yaponiyaga qarshi yana bir bor bahs olib bordi, bu safar ular oʻtkazib yuboligan uchta golga bitta gol bilan javob qaytarib, kubokni boy berishdi [37].

2018-yil 25-sentyabr kuni Menayo kattalar jamoasi bilan bir nechta oʻquv mashgʻulotlarida ishtirok etish uchun chaqirildi[38].

Ijtimoiy tarmoqlarda

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yilning yozida Ekstremaduran Futbol federatsiyasi Menayoning karyerasi haqida hujjatli film ishlab chiqdi. Bu film Puebla de la Calzada shahridagi Casa de la Cultura-da premyerasi boʻlib, 2019-yil mart oyida ayollar futbolining oʻsishiga bagʻishlangan dastur doirasida Peña Las Colchoneras tomonidan targʻib etilgan va Madrid Ateneoda namoyish etildi[39].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Menayo Atletiko Madrid jamoasidagi hamkasbi Lola Gallardo bilan ishqiy munosabatda[40].

=== Klub ===; Atletiko Madrid

  • Primera División: 2016-17, 2017-18, 2018-19
  • Superkopa de Espana: 2020-21
  • Copa de la Reina: 2022–23

=== Xalqaro ===; Ispaniya

  • UEFA U17 ayollar chempionatlari: Gʻolib 2015[41]
  • UEFA U19 ayollar chempionatlari: Gʻolib 2017[42].

Maʼlumotnomalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Vela, José Luis. „Amargo debut del Santa Teresa“. El Periódico Extremadura (2014-yil 8-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 3-mart.
  2. García de Frutos, Alberto. „Carmen Menayo ya es imprescindibleo“. Hoy (2015-yil 4-mart). Qaraldi: 2019-yil 4-mart.
  3. „Carmen Menayo, primer refuerzo para la próxima temporada“ (Spanish). Atlético de Madrid (2016-yil 5-iyul). Qaraldi: 2019-yil 3-mart.
  4. „Debut con victoria en el derbi madrileño“ (es). Atlético Madrid (2016-yil 3-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 3-mart.
  5. Sancho, Fernando. „Carmen Menayo marca su primer gol como rojiblanca“. Esto es Atleti (2017-yil 8-may). Qaraldi: 2019-yil 4-mart.
  6. „¡¡¡Campeonas de Liga!!!“ (es). Atlético de Madrid (2017-yil 20-may). Qaraldi: 2019-yil 3-mart.
  7. „Menayo: "Se siente mucho orgullo por ser campeón"“ (es). Atlético Madrid (2017-yil 20-may). Qaraldi: 2019-yil 3-mart.
  8. „No pudo ser“ (es). Atlético de Madrid (2017-yil 18-iyun). Qaraldi: 2019-yil 3-mart.
  9. Camino, Miki. „La conversión de Carmen Menayo“. losotros18 (2017-yil 10-oktyabr). 2019-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 4-mart.
  10. „Derrota en la Ciudad Deportiva“ (es). Atlético Madrid (2017-yil 4-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 3-mart.
  11. „¡Campeonas de Liga!“ (es). Atlético Madrid (2018-yil 13-may). Qaraldi: 2019-yil 3-mart.
  12. „Menayo: "Estoy orgullosa de todo el trabajo del equipo"“ (es). Atlético Madrid (2018-yil 3-iyun). Qaraldi: 2019-yil 3-mart.
  13. „El Atlético Femenino mete la quinta ante el Espanyol“. El Mundo Deportivo (2018-yil 9-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 9-mart.
  14. „Futbol Draft® 2018/2019 da a conocer el nombre de las 55 jugadoras que aspiran al Once de Oro Femenino“ (es). futbol draft (2019-yil 7-mart). Qaraldi: 2019-yil 9-mart.
  15. Giovio, Eleonora. „El Atlético de Madrid Femenino gana su tercera Liga Iberdrola consecutiva“. El País (2019-yil 5-may). Qaraldi: 2019-yil 5-may.
  16. Menayo, David. „La Real Sociedad hace historia con la conquista de la Copa de la Reina“. Marca (2019-yil 11-may). Qaraldi: 2019-yil 12-may.
  17. „Comunicado de la RFEF en relación con las competiciones no profesionales del fútbol español“ (es). RFEF (2020-yil 6-may).
  18. Herrán, Alfonso. „El Barça acaba con la resistencia de un Atlético heroico en el 80'“. As (2020-yil 21-avgust). Qaraldi: 2020-yil 3-sentyabr.
  19. „Carmen Menayo sufre una lesión en la rodilla derecha“. Atlético Madrid (2020-yil 19-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 6-oktyabr.
  20. „Amanda Sampedro, Meseguer, Menayo y Laia Aleixandri, capitanas para esta temporada“. Atlético Madrid (2020-yil 23-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 23-dekabr.
  21. „Amanda Sampedro, Meseguer, Laia Aleixandri y Merel Van Dongen, capitanas para esta temporada“. Atlético Madrid (2021-yil 3-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 6-sentyabr.
  22. Menayo, David. „Carmen Menayo vuelve 246 días después“. Marca (2021-yil 23-may). Qaraldi: 2021-yil 11-avgust.
  23. „Carmen Menayo renueva con el Atlético de Madrid hasta 2025“ (es). Hoy (2021-yil 13-dekabr).
  24. „Aleixandri, Menayo, Ludmila y Lola Gallardo ya tienen su placa en el Wanda Metropolitano“. Atlético Madrid (2022-yil 28-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 31-yanvar.
  25. „Lola Gallardo, Carmen Menayo, Ludmila y Van Dongen, capitanas para esta campaña“. Atlético de Madrid (2022-yil 19-avgust). Qaraldi: 2022-yil 19-avgust.
  26. „Menayo fue sustituida por molestias en la rodilla izquierda“. Atlético Madrid (2022-yil 22-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 14-fevral.
  27. „Carmen Menayo sufre un esguince del ligamento colateral medial de la rodilla izquierda“. Atlético Madrid (2022-yil 31-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 14-fevral.
  28. „Carmen Menayo ha recibido el alta médica“. Atlético Madrid (2022-yil 16-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 14-fevral.
  29. „Importante victoria en casa“. Atlético de Madrid (2023-yil 12-fevral). Qaraldi: 2023-yil 14-fevral.
  30. Griñán, Marta. „Remontada de coraje y corazón para alzar la segunda Copa“. Diario As (2023-yil 28-may). Qaraldi: 2023-yil 29-may.
  31. „Women's Under-17 - Spain-Finland“ (en). UEFA. Qaraldi: 2019-yil 3-mart.
  32. „Conoce la convocatoria de la Sub-17 para la fase final en Nyon“ (es). Selección Española de Fútbol (2013-yil 5-iyun). 2019-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-mart.
  33. „Women's Under-17 - Technical report - Team analysis - Spain“ (en). UEFA. Qaraldi: 2019-yil 3-mart.
  34. „OFICIAL - Convocatoria definitiva para el Campeonato del Mundo Sub-20 de Papúa Nueva Guinea“ (es). Selección Española de Fútbol (2016-yil 31-oktyabr). 2019-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-mart.
  35. „FIFA U-20 Women’s World Cup Papua New Guinea 2016 TECHNICAL REPORT AND STATISTICS“ (en). FIFA. Qaraldi: 2019-yil 3-mart.
  36. „OFICIAL-Convocatoria para el Mundial Sub-20 femenino de Francia 2018“ (es). Selección Española de Fútbol (2018-yil 12-iyun). 2019-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-mart.
  37. „TECHNICAL REPORT FIFA U-20 WOMEN’S WORLD CUP FRANCE 2018“ (en). FIFA. Qaraldi: 2019-yil 3-mart.
  38. „Ángela Sosa y Carmen Menayo, novedades en la convocatoria de la Selección Española Absoluta“ (es). Atlético de Madrid (2018-yil 25-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 3-mart.
  39. „El boom del fútbol femenino ¿un fenómeno sin retorno?“. Ateneo de Madrid (2019-yil 25-mart). Qaraldi: 2019-yil 8-oktyabr.
  40. „El inclusivo mensaje de Lola Gallardo contra la 'LGTBIfobia'“ (es). Mundo Deportivo (2020-yil 17-may). Qaraldi: 2021-yil 5-mart.
  41. „2015 UEFA tournaments: Winners and highlights“ (en). UEFA.com (2015-yil 3-avgust). Qaraldi: 2022-yil 30-noyabr.
  42. „2017 WU19 EURO results in full“ (en). UEFA.com (2017-yil 20-avgust). Qaraldi: 2022-yil 30-noyabr.