Kontent qismiga oʻtish

Dasht

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Dasht — qora va kashtan tuproqlarda chim hosil qiluvchi gʻalla gulli oʻt oʻsimliklari oʻsadigan zonal landshaft tipi. Shim. va Jan. yarim sharlarda qurukliklarning ichki qismlaridagi moʻʼtadil va subtropik mintaqalarda dasht zonalarini hosil qiladi. Yevrosiyoda bu zona Oʻrta Dunay pasttekisligidan boshlanib, Ukraina, Rossiyaning Yevropa qismi jan.dan oʻtib, Qozogʻiston orqali Oltoy togʻ etaklarigacha choʻzilgan. Xitoyning shimoli-sharqida ham katta maydonni egallagan. Shim. Amerikada materikning oʻrta qismida Kordilyera togʻlariga parallel ravishda shim.dan janubga choʻzilgan. Jan. Amerikada 30°—40° kengliklar orasida And togʻ oldi tekisliklarida joylashgan. Avstraliyaning jan.-gʻarbiy va jan.-sharqiy qismlarida, Yangi Zelandiyada ham mavjudasht Turli joyda turli nom bilan ataladi: Vengriyada pushta, Ukraina va Rossiyada step, Shim. Amerikada preriya, Jan. Amerikada pampa deb yuritiladi. Dasht zonasi asosan tekisliklarda joylashgan. Iqlimi choʻlga nisbatan sernamroq, yillik yogʻin miqdori 400–500 mm. Yozda chuldagidek jazirama issiq boʻlmaydi, lekin yogʻin kam va yoz issiq bulganligidan Shim. yarim shardagi dasht zonasining jan.da tuproklar bir oz shoʻrlangan boʻlib, asta-sekin chala choʻlga oʻtadi. Asosiy oʻsimligi chalov, betaga, chillakoyoq va b. chim hosil qiluvchi oʻt oʻsimliklari. Daraxt, buta (xususan, yirik buta) uchramaydi. Hayvonlari asosan kemi-ruvchilar, tuyoqlilar; yirtqichlar ham kup. Dasht tuproqlari juda unumdor bulganligidan deyarli hamma joyda haydalib, ekinzorlarga aylantirilgan. Aholi yashaydigan yerlardan uzoqroq, dehqonchilik uchun noqulay joylarda dasht landshaftlari saqlanib qolgan.

Dasht termini dala, ovloq joy, choʻl maʼnolarida ham qoʻllanadi. Eronda — Eron yassitogʻligidagi toshloq choʻl joylar dasht deyiladi. Turkmanlar quruqtoshloq yerni, armanlar keng , tekis, ochiq joyni (Ararat tekisligi) dasht deyishadi. Arab sayyohi Ibn Battuta Qrim yarim orol bilan Itil (Volga) daryosi oraligʻidagi yerlarni dasht deb atagan. U "dasht yam-yashil, gullagan hudud, unda togʻ ham, tepa ham, birorta doʻng ham yoʻq" deb yozgan.

Oʻzbekistonda dashtlar tekislik yerlarda yoʻq. Faqat togʻlardagi balandlik mintaqasida mavjudasht dashtlar dengiz sathidan 500 m va 1200–1300 m balandliklar orasida bugʻdoyiq va har xil oʻt, efemerlar oʻsadigan mintaqani hosil qiladi. Tuprogʻi toʻq boʻz va jigarrang tuproklar. Balandroq boʻlgani uchun qishda qor qoplami saqlanib turadi. Qish va bahorda yogʻin koʻproq boʻladi. Lalmikor dehqonchilik va bogʻdorchilikda keng foydalaniladi. 1300–3000 m balandlikda togʻ oʻrmon-oʻtlokdi dasht mintaqasi joylashgan. Bu mintaqadagi barg toʻkuvchi oʻrtacha quruq daraxtzor va butazorlar orasida turli xil oʻt oʻsuvchi dasht maydonlari uchraydi. Bu mintaqa Gʻarbiy Tyanshan, Turkiston, Zarafshon, Hisor togʻlarida bor. Bu mintaqadan ekstensiv togʻ mevachiligida (yongʻoq, xurmo, anjir, unobi, olma) hamda qoʻy va echki, yilqi boqishda foydalaniladi. Bu mintaqa yaxshi rekreatsiya zonasi ham hisoblanadi.

  • OʻzME. Birinchi jildasht Toshkent, 2000-yil