Kontent qismiga oʻtish

Don juan

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Don juan, Don Xuan (Don Juan) -oʻrta asrlarda Yevropada yaratilgan koʻpgina adabiyot va sanʼat asarlarining qahramoni; maishatboz, axloqiy va diniy meʼyorlarni buzuvchi, hayotini aysh-ishratga bagʻishlagan ritsar obrazi. Uning birinchi badiiy talqinini ispan dramaturgi Tirso de Molinaning "Seviliyalik shoʻx bola yoki Tosh mehmon" (1630) pyesasida kuzatish mumkin. Undagi D. J. ayollarni yoʻldan urishga ustasifarang , shahvatparast shaxs. Bu obraz ijtimoiy jihatdan gʻoyat tipik boʻlganidan koʻpgina yozuvchilar, musiqachilar, rassomlarning eʼtiborini tortgan. Fransuz dramaturgi Molyer ham D. J. xaqidagi xalq afsonalarini qayta ishlab, "Don Juan" realistik komediyasini (1665) yaratdi. D. J. obraziga 19-asrdagi romantik yozuvchilar E.T.A. Gofman, A. Myusse, ingliz shoiri J. Bayron, rus shoiri A. S. Pushkin va b. ham murojaat qilishgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil