Gemosporidiyalar
Gemosporidiyalar, qon sporalari (Haem osporidia) — koksidiyasimonlar sinfiga mansub turkum. 10 avlodi va 100 dan ortiq turi bor. Kattaligi bir necha mm. Sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilar, jumladan, odam qoni eritrotsitlari va epiteliy hujayralarida parazitlik qiladi. Ayrim G. ogʻir kasallik keltirib chiqaradi. Xoʻjayin almashtirish yoʻli bilan rivojlanadi. Asosiy xoʻjayini qon soʻruvchi chivinlar, oraliq xoʻjayini umurtqali hayvonlar va odam. Chivinlar qon soʻrganida parazitning sporozoitlarini yuqtiradi. G. chivinlar ichki organlarida shizogoniya (koʻp marta jinssiz boʻlinish) orqali koʻpayadi. Bir necha marta jinssiz koʻpayib nasl bergandan soʻng qizil qon tanachalari ichiga kirib, gametotsitlarga aylanadi. Harakatchan zigota (ookineta) oshqozon devorida rivojlanib, ootsistaga aylanadi. Uning ichida esa koʻplab sporozoitlar paydo boʻladi. Sporotsistalar asosiy xoʻjayinining soʻlak bezlariga oʻtadi. G.dan bezgak plazmodiysi odamlarda bezgak kasalligini keltirib chiqaradi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |