Kontent qismiga oʻtish

General

Vikipediya, erkin ensiklopediya

General (lotincha generalis — umumiy, bosh) — qurolli kuchlardagi harbiy unvon (daraja). Dastlab, 16-asrda Fransiyada joriy qilingan. Rossiyada 17-asrning 2-yarmidan maʼlum. Oʻzbekiston qurolli kuchlarida general-mayor, general-leytenant, general-polkovnik, armiya generali kabi generallik unvonlari belgilangan. Qurolli kuchlar turlari va qoʻshin turlarida generallik unvoniga (armiya generalidan tashqari) tegishli qoʻshin nomi qoʻshib ataladi (mas, artilleriya generalmayori).

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil