Granulyoma
Qiyofa
Granulyoma (grekcha: „granulum“ — donacha va ota — oʻsma) — odam va hayvonlarda biriktiruvchi toʻqimaning yalligʻlanishi oqibatida yuzaga keladigan oʻsmasimon tuzilma. Infeksion granulyoma — virusli, infeksion allergik (sil, zaxm, tulyaremiya, ich terlama, revmatizm, revmatoid artrit) tufayli; noinfeksion granulyoma toʻqimalarga yot jismlar tushishi yoki uzoq vaqt mexanik taʼsirlanishi va boshqalar tufayli hosil boʻladi. Granulyomani keltirib chiqargan sababiga qarab, uning hujayra tarkibi oʻzgarib turadi. Tananing turli qismida uchrashi mumkin. Davo asosan granulyomaga sabab boʻlgan omilni bartaraf etishdan iborat, bu yordam bermasa, jarrohlik usuli qoʻllanadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |