Gujar
Qiyofa
Gujar (oʻzlarini shunday nom bilan ataydilar) — Hindiston va Pokistonning sharqiy qismidagi etnik birlashma. Gujartilida 1 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari) soʻzlashadi. Dindorlari — asosan, hinduizmga eʼtiqod qiladi, sunniy musulmonlar ham bor. gujarlarning ajdodi mil. 1-ming yillikda Hindistonga kelib oʻrnashgan hindoriy xalqlariga mansub koʻchmanchi va yarim koʻchmanchi gujara qabilalariga borib taqaladi. Bu qabilalar gujarotlar, panjobiylar, rojastxonlar etnogenezida ham ishtirok etishgan. Gujarlarning koʻpchiligi anʼanaviy mashgʻulotlari — yarim koʻchmanchi chorvachilik (buyvollar, qoʻylar, echkilar boqish) bilan band. Tekisliklarda gujarlarning bir qismi dehqonchilik va oʻtroq chorvachilik bilan shugʻullanadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |