Kontent qismiga oʻtish

Igors Stepanovs

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Igor Stepanov
Stepanov Latviya terma jamoasida
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 21-yanvar 1976-yil (1976-01-21) (48 yosh)
Tavallud joyi Ogre, Latviya
Boʻyi 1.92 m (6 ft 3 12 in)
Ampluasi Himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1992–1993 Skonto Riga 9 (0)
1994 Interskonto 20 (2)
1995–2000 Skonto Riga 129 (11)
2000–2004 Arsenal 17 (0)
Beveren (ijara) 21 (0)
2004–2006 Grasshoppers 50 (0)
2006 FK Jūrmala 9 (0)
2007–2008 Esbjerg fB 17 (1)
2008 FC Shinnik Yaroslavl 4 (0)
2009–2010 RFS/Olimps 7 (0)
2010–2011 FK Jūrmala 25 (1)
Total 306 (15)
Milliy terma jamoa
1995–2011 Latviya 100 (4)
Boshqargan klublari
2010–2011 FK Jūrmala (futbolchi/yordamchi murabbiy)
2012–2018 Latviya U-17
2017–2018 Latviya U-18
2019 Auda
2020–2021 Maldiv orollari U-19
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Igor Stepanov (ruscha: Степанов, Игорь Николаевич; 1976-yil 21-yanvarda tugʻilgan) – latviyalik professional futbol murabbiyi va himoyachi sifatida oʻynagan sobiq futbolchi. Igor Maldiv orollarining 19 yoshgacha boʻlgan futbol terma jamoasiga murabbiylik qilgan. Stepanov Latviya terma jamoasi safida 100 ta xalqaro oʻyinda ishtirok etib, 4 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan. Latviya terma jamoasi tarkibida 1995-yil 19 yoshida debyut qilgan va Yevro-2004 turnirida ishtirok etgan.

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2000-yilda „Arsenal“ sardori Tony Adams jarohat olgan, buning natijasida Arsène Wenger Stepanovni 1,35 million funt sterlingga sotib olgan. U mavsumni yaxshi boshlagan va debyut o'yinida Ipsvich Taun jamoasiga qarshi oʻyinda gol urgan[1]. Igor „Manchester United“ klubiga qarshi oʻyingacha asosiy jamoaning aʼzosiga aylangan. „Arsenal“ „Manchester United“ jamoasiga qarshi oʻyinda 6:1 hisobida magʻlub boʻlgan va o'yin yakunida mag'lubiyatning asosiy sababchilaridan biri bo'lgan. Bu mag'lubiyat natijasida Arsenal mavsum yakunida chempionlikni qoʻlga kiritish imkoniyatini yoʻqotgan[2]. Ushbu omadsiz oʻyindan soʻng, Stepanov oʻsha mavsumda faqat bir marta, Manchester Siti jamoasiga qarshi oʻyinda ishtirok etgan[3]. Keyingi mavsumda Igor Premyer-ligada oltita oʻyinda maydonga tushgan va „Arsenal“ bilan birgalikda 2001-2002-yilgi Angliya Premyer-ligasida gʻolib chiqqan[4]. „Arsenal“ jamoasi bilan shuningdek, 2002 va 2003-yillarda Angliya kubogini ham qoʻlga kiritgan, biroq Stepanov ikkala final oʻyin tarkibda ham ishtirok etmagan[5].

Umuman olganda, Igor „Arsenal“ klubi tarkibida liga uchrashuvlarida bor-yoʻgʻi 17 ta oʻyinda ishtirok etgan va barcha musobaqalarda 31 ta oʻyin oʻtkazgan.

Murabbiylik karerasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yil mart oyida Stepanov Latviyaning 17 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan[6].

Arsenal

  • Premyer-liga chempioni: 2001–02[7]
  • Angliya kubogi sohibi: 2001–02, 2002–03

Individual

  • Latviyada yilning eng yaxshi futbolchisi: 2005
  1. „Arsenal 1-2 Ipswich“. BBC (2000-yil 1-noyabr). Qaraldi: 2009-yil 3-noyabr.
  2. „Man Utd hit Arsenal for six“. BBC (2001-yil 25-fevral). Qaraldi: 2013-yil 14-aprel.
  3. „Arsenal trounce sorry Man City“. BBC (2001-yil 11-aprel). Qaraldi: 2013-yil 14-aprel.
  4. „Arsenal clinch Double“. BBC (2002-yil 8-may). Qaraldi: 2013-yil 14-aprel.
  5. „Robert rescues Magpies“. BBC (2002-yil 9-mart). Qaraldi: 2013-yil 14-aprel.
  6. „U-17 futbola izlasi vadīs Stepanovs, U19 - Babičevs“ (2012-yil 6-mart).
  7. „Igors Stepanovs: Overview“. Premier League. Qaraldi: 2018-yil 18-aprel.