Kontent qismiga oʻtish

Indol

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Indol (2,3-benzopirrol) — kuchsiz naftalin hidli, rangsiz kristall. Mol. m. 117,8; zichligi 1072 kg/m3, suyuqlanish temperaturasi 52,5°, kaynash temperaturasi 254°, haydalish temperaturasi 150°. Issiq suv va organik erituvchilarda eriydi. Tozalangan I. xushbuy. Baʼzi efir moylari (mas, jasmin moyi)da, toshkoʻmir smolasida (undan I. ishqoriy metallar tuzi sifatida ajratib olinadi) bor, I. skatol (3-metilindol) bilan birgalikda odam va sut emizuvchilar ichagida topilgan. I. ning koʻpgina hosi-lalari, mas, 3-indolilsirka kislota (geteroauksin A — oʻstiradigan mod-da), serotonin va rezerpinlar biologik jihatdan faol moddalardir. I. geteroauksin va triptofanni sintez qilishda xom ashyo sifatida, shuningdek, atir-upa va dori-darmon (mas, indopan, indometatsin) i. ch. da qoʻllanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil