Irlandiya oroli
Geografiya | |
---|---|
Maydoni | 84 421 km2 |
Dengiz sathidan balandligi | m. |
Eng baland nuqtasi | Carrauntoohil |
Ma'muriyat | |
Davlat | Irlandiya va Birlashgan Qirollik |
Demografiya | |
Aholisi | 6 572 728 |
Qo'shimcha ma'lumot |
Irlandiya oroli - Britaniya orollari arxipelagidagi orol. Shimol, gʻarb va janubidan Atlantika okeani, sharqdan Irlandiya dengizi oʻrab turadi. Shimoliy va San-Georg boʻgʻozlari orqali Buyuk Britaniya o.dan ajralib turadi. Mayd. 84 ming km2, shimoliy dan ja-nubga uz. 450 km, eni 300 km atrofida. Qirgʻoklari notekis, qoʻltiq va qoyali orollar koʻp. I. o.ning ichki qismi Markaziy tekislik, chekkalari past togʻlar (Karrantuill choʻqqisi, bal. 1041 m gacha) va platolardan iborat. Ikdimi moʻʼtadil, okean iqlimi, qishi yumshoq, yozi salqin va seryogʻin. Daryo (Shannon va b.), koʻl (LoxNey, Lox-Ern va b.) va botqoqlik koʻp. Oʻsimliklari yil boʻyi yashil boʻlib turadigan oʻtloq va vereskzorlardan iborat. I. o. ning katta qismida Irlandiya davlati, shimoli-sharqida Shimoliy Irlandiya joylashgan. Yirik shaharlari — Dublin, Belfast.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |