Kontent qismiga oʻtish

Ivan Strinić

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ivan Strinić
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ivan Strinić[1]
Tavallud sanasi 17-iyul 1987-yil (1987-07-17) (37 yosh)[1]
Tavallud joyi Split, Xorvatiya, Yugoslaviya
Boʻyi 1.86 m[1]
Ampluasi himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Hajduk Split

Ivan Strinić (talaffuzi: Ivan Strinich; 1987-yil 17-iyulda Splitda tugʻilgan) — xorvatiyalik futbolchi. Xorvatiya terma jamoasida oʻynagan. 2018-yilgi jahon chempionati, 2012-yil va 2016-yilgi Yevropa chempionatlari ishtirokchisi.

Strinić 2011-yilning 27-yanvarida „Dnepr“ futbol klubi bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi[2]. Ayrim maʼlumotlarga koʻra, transfer summasi 4 million yevroni tashkil qilgan[3]. Ivan „Dnepr“ futbol klubidagi debyutini 2011-yilning 6-martida Ukraina chempionati doirasidagi „ Tavriya“ futbol klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi[4]. Va bu oʻyinda u ham 30 metrlik zarba bilan klubdagi birinchi golini urdi. 20-mart kuni Kiyevning „Dinamo“ jamoasi bilan prinsipial bahsda u oʻyindagi yagona golni kiritib, jamoasiga g‘alaba keltirdi[5].

2018-yil 27-may kuni Ivan Italiyaning „Milan“ futbol klubi bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qildi[6]. 2018-yilning 18-avgustida u yuragi bilan bog‘liq muammolar tufayli faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘ldi[7]. Italiyadagi barcha professional futbolchilar uchun har olti oyda bir marta oʻtkaziladigan tibbiy koʻrikda shifokorlar xorvatga yurak mushaklarining dastlabki gipertrofiyasi tashxisini qoʻyishdi. 2019-yilning 26-avgustida „Milan“ futbol klubi futbolchi bilan shartnomani bekor qildi[8].

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

U Xorvatiyaning 17 yoshgacha va 19 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoalarida hamda 21 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasida oʻynagan. JCh-2014 final bosqichi arafasida olgan jarohati tufayli u Xorvatiya terma jamoasining turnir uchun soʻnggi tarkibiga kira olmadi[9]. 2018-yilgi Jahon chempionatida Strinić oʻz jamoasining oltita oʻyinida, jumladan, Fransiyaga qarshi final oʻyinida ishtirok etdi. Xorvatiya terma jamoasi 2:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi va jahon chempionati kumush medali sovrindoriga aylandi[10].

Jamoa   Mamlakat Mavsum Oʻyin Gol
Le Mans F. C. „B“ Fransiya bayrogʻi Fransiya 20062008 11 0
N. K. Hrvatski Dragovoljac Xorvatiya bayrogʻi Xorvatiya 20072008 22 1
H. N. K. Hajduk Split Xorvatiya bayrogʻi Xorvatiya 20082011 51 4
F. C. Dnipro Dnipropetrovsk Ukraina bayrogʻi Ukraina 20112015 85 4
S. S. C. Napoli Italiya bayrogʻi Italiya 20152017 39 0
U. C. Sampdoria Italiya bayrogʻi Italiya 20172018 18 0
A. C. Milan Italiya bayrogʻi Italiya 20182019 0 0
Xorvatiya
Mavsum Oʻyin Gol
2010 7 0
2011 8 0
2012 10 0
2013 7 0
2014 1 0
2015 0 0
2016 6 0
2017 2 0
2018 8 0
Jami 49 0
  1. 1,0 1,1 1,2 „FIFA World Cup Russia 2018: List of Players: Croatia“. FIFA (2018-yil 15-iyul). 2019-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Иван Стринич подписал контракт с «Днепром»“. 2015-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 28-yanvar.
  3. „«Днепр» заплатит за Стринича 4 млн евро“. 2014-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 28-yanvar.
  4. „«Днепр»-«Таврия»: интрига, битва и ничья“. 2012-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 6-mart.
  5. „«Динамо»: поражение в Днепропетровске“. 2011-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 20-mart.
  6. „Защитник «Сампдории» Стринич подтвердил, что подписал контракт с «Миланом»“. Sports.ru (2018-yil 27-may). 2018-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-may.
  7. „COMUNICATO UFFICIALE: IVAN STRINI“. 2019-yil 28-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 18-avgust.
  8. „«Милан» расторг контракт со Стриничем. Он не сыграл ни одного матча за клуб“. 2019-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 26-avgust.
  9. „Стринич из-за травмы не поедет на чемпионат мира“. 2014-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 24-may.
  10. „Сборная Франции обыграла Хорватию в финале чемпионата мира—2018“. Чемпионат (2018-yil 15-iyul). 2018-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-iyul.