Kontent qismiga oʻtish

Jahongir Jiyamurodov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jahongir Jiyamurodov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Jahongir Jiyamurodov
Tavallud sanasi 17-yanvar 1987-yil
Tavallud joyi Guliston, SSSR
Ampluasi Hujumchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2004—2008 Mash’al 67 (2)
2009—2012 Nasaf 87 (11)
2014 Neftchi 19 (2)
2014 Olmaliq 10 (0)
2015—2018 Mash’al 16 (3)
Milliy terma jamoa
2010—2013 Oʻzbekiston 1
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Jahongir Jiyamurodov (ruscha: Джиямуродов, Джахонгир 1987-yil 14-yanvarda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik sobiq futbolchi, hujumkor yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynagan. Yangiyer klubida murabbiy sifatida boshlagan.

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jahongir Jiyamurodov professional faoliyatini 2004-yilgi mavsumda Muborakning „Mash’al“ tarkibida boshlagan. „Mash’al“ safida Jiyamurodov 2008-yilning oxirigacha toʻp surgan va shu vaqt ichida 67 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan. 2009-yil boshida Qarshining „Nasaf“ klubi bilan shartnoma imzolagan va 2012-yilning oxirigacha jamoa azosi boʻlgan. Shu vaqt ichida 87 ta oʻyinda maydonga tushib, 11 ta gol urishga erishgan.

Jiyamurodov 2014-yilning birinchi yarmida Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasida toʻp surgan boʻlsa, mavsumning ikkinchi yarmida „Olmaliq“ tarkibida oʻynagan. 2015-2018-yilgacha „Mash’al“ klubi tarkibida oʻynagan.

Murabbiylik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yilda murabbiylik faoliyatini boshlagan va 2020-2022-yillarda Yangiyer jamoasida bosh murabbiy sifatida faoliyat olib borgab

  • Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori: 2005 yil
  • Oʻzbekiston chempionatining bronza medali sovrindori: 2007 yil
  • Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2006
  • Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori: 2011
  • Oʻzbekiston chempionatining bronza medali sovrindori: 2009, 2010
  • Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2011, 2012
  • OFK kubogi sohibi: 2011