Kontent qismiga oʻtish

Jahongir Otajonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jahongir Otajonov
Tavalludi 29-sentyabr 1978-yil (1978-09-29) (46 yosh)
Kasbi Xonanda, sozanda.
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston

Jahongir Otajonov (1978-yil 29-sentyabr, Xorazm viloyati) — oʻzbekistonlik xonanda, sozanda va bastakor.

Jahongir Otajonov 1978-yil 29-sentyabrda OʻzSSR Xorazm viloyatida tugʻilgan. Otasi Safarboy Otajonov nemis tili oʻqituvchisi, onasi esa o‘zbek tili va adabiyoti oʻqituvchisi. 6 marta oila qurgan. 8 nafar farzandi bor[1].

Sanʼatkorlar oilasida tugʻilgan Jahongir Otajonov amakisi Ortiq Otajonovga havas qilib musiqaga kirib kelgan. 1-sinfligidan Toshkentdagi Glier nomidagi musiqa maktabida oʻqigan. Oʻrta maktabni bitirgach Oʻzbekiston konservatoriyasida oʻqigan. Ilk mashhurlikka „Arazlamang“, „Oq kabutarlar“, „Dogʻman“ qoʻshiqlari orqali erishgan.

2021-yil 27-iyun kuni ijtimoiy tarmoq orqali ichki ishlar organi xodimlarini haqorat qilgani boʻyicha sudlandi. Sud hukmi 26-iyul kuni oʻqildi, unga koʻra, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 41-moddasi bilan aybli topildi va 21-moddaga koʻra javobgarlikdan ozod etildi[2][3].

2021-yilgi prezident saylovi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jahongir Otajonov 2021-yilning 20-yanvarida musiqadan ketganini eʼlon qilganidan koʻp oʻtmay oʻzining instagram sahifasida 2021-yilgi Oʻzbekiston Prezidenti saylovida oʻz nomzodini qoʻyish niyatida ekanligini maʼlum qildi[4][5]. Shu yilning mart oyida u baʼzi taqiblar sabab Turkiyaning Istanbul shahriga koʻchib oʻtdi. U yerda Otajonov nomaʼlum shaxslar tomonidan jismoniy tazyiqqa uchraganini va ular Oʻzbekiston hukumatiga aloqador shaxslar boʻishi mumkin, degan taxminini aytgan[6][7]. 12-iyun kuni u onasining noroziligi tufayli siyosatdan ketishini e’lon qilgan[8].

Diskografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Nomi Shoir Bastakor Musiqiy sayqalchi Izoh
2024 Foniy dunyo Mahtumquli[9] Eftan [10]
Kachayte Galina Barskaya

(ruscha: „Галина Барская“)

Jahongir Otajonov Behzod Aytboyev [11]
Davraga tush Bunyod Sharipov bilan duet
2023 Nimasan? Mahtumquli[9] Asl matn oʻzgartirilgan[12]
Bom-bom
Dunyodan uzoq Pinhani Suxrob Botirov
Gazini bos Mustafa Hoshogʻli Jahongir Otajonov ROCKET_A bilan duet
2022 Koʻzi qaro Xofiz Xorazmiy Jahongir Otajonov Suxrob Botirov
Oʻrtar
2021 18 yoshindadur Alisher Navoiy Jahongir Otajonov Rasulbek Hudayberganov
2020 Ya Hazrati Muhammad Ali Otajonov bilan duet
Oʻynasin
Zikr Ali Otajonov bilan duet
2019 Jingalamo
Jonim
Lola Muhammad Yusuf Jasur Badalbayev

A. Xolmurodov

2018 Qaddi baland
2014 Muhabbatim Muhammad Yusuf
  1. Daryo.uz. „“Hamma narsa qildim, lekin ayollarimni rozi qila olmadim”. Jahongir Otajonov 6 marta uylanib ajrashgani hamda 8 nafar farzandi bilan munosabatlari haqida (video)“ (3-aprel 2024-yil). Qaraldi: 4-aprel 2024-yil.
  2. Sunnatilla Abdullaev. „Jahongir Otajonovga sud hukmi o‘qildi“. Qalampir.uz (16-avgust 2021-yil). Qaraldi: 4-may 2024-yil.
  3. „Жаҳонгир Отажоновга суд ҳукми ўқилди“. Bugun.uz. 2021-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 16-avgust.
  4. Babajanov, Khurmat „Uzbekistan Clamps Down On Activists, Critics Ahead Of Presidential Election“ (en). RadioFreeEurope/RadioLiberty (2021-yil 23-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 30-oktyabr.
  5. Bobojon, Shuhrat. „Собиқ қўшиқчи президент бўлмоқчи. Тармоқни титратган трендлар“ (uz) (2021-yil 20-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 30-oktyabr.
  6. „Uzbek Activist Reveals 'Threatening' Video As He Prepares To Run For President“ (en). RadioFreeEurope/RadioLiberty (2021-yil 30-mart). Qaraldi: 2021-yil 30-oktyabr.
  7. „Видео: Жахонгир Отажонов раскритиковал политику Ислама Каримова“ (ru). Upl.uz (2021-yil 10-fevral). Qaraldi: 2021-yil 30-oktyabr.
  8. Gazeta.uz. „Jahongir Otajonov siyosatdan ketishini ma’lum qildi“ (12-iyul 2021-yil). Qaraldi: 4-may 2024-yil.
  9. 9,0 9,1 Ergash Ochilov. Umrboqiy qoʻshiqlar, 1-jild, Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2013-yil — 456-bet. ISBN 978-9943-00-878-6. 
  10. Azimbek Xushmamatov. „"Jafosi koʻp, foniy, bu yolgʻon jahon": Jahongir Otajonovning "Foniy dunyo" klipi tahlili“ Afisha.uz (2024-yil 23-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 17-oktyabr.
  11. Afisha.uz. „«Качайте»: Jahongir Otajonov yangi musiqiy klipini taqdim etdi“ (24-aprel 2024-yil). Qaraldi: 4-may 2024-yil.
  12. Afisha.uz. „“Aprelmisan, maymisan?”: Jahongir Otajonov yangi musiqiy klipini taqdim etdi“ (28-noyabr 2023-yil). Qaraldi: 4-may 2024-yil.